7. O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos xususiyatlari
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi
Download 27.85 Kb.
|
1 2
Bog'liq7
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Bu tamoyilga binoan iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish, uning siyosatdan yuqori turishi ta`kidlanadi. Lekin shuni eslatish kerakki, mafkuradan batamom xoli qilish, bu umuman mafkuradan voz kechishni anglatmaydi, chunki birorta ham jamiyat ijtimoiy ongning san`at, din, siyosat, axloq kabi turli shakllarda mujassamlashgan muayyan g`oyalar, tasavvurlar, tushunchalardan tashqari rivojlana olmaydi.
2.Davlat — bosh islohotchi. Yangi jamiyat qurish davrida, ayniqsa o`tish bosqichida davlat iqtisodiyotni boshqarish jilovini qo`ldan bermasligi zarur. Davlatning boshqaruvchilik roli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning yana bir g`oyat muhim shartidir. 3.Qonunlarning ustuvorligi. Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog`i zarur. Iqtisodiy o`zgarishlar sinalgan, amaliy kuchga ega bo`lgan qonunlarga tayangandagina muqarrar bo`lishi, sezilarli natijalar berishi mumkin. Qonun hamma narsadan ustun bo`lishi kerak. 4.Bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Respublikaning nufuzi, tarixiy-madaniy xususiyatlarini albatta hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o`tkazish, aholining kam ta`minlangan tabaqalarini, qariyalar va bolalarni himoya qilish lozim. 5.Bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o`tish. Bozor iqtisodiyotiga o`tish bu o`zini oqlamagan totalitar rejali iqtisodiy tizimdan istiqboli amalda tasdiqlangan erkin rivojlanuvchi bozor tizimiga o`tishdir. Bu tizimlarning negizlari xilma-xil, rivojlanish qonun va qoidalari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o`tishda shoshilish yaramaydi. Yangi iqtisodiy, bozor munosabatlariga puxta o`ylab, bosqichma-bosqich o`tish zarur. O'zbekistonda markazlashgan-rejali iqtisodiyot dan ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiga o'tish konsepsiyasi va prinsiplari Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Ayniqsa, u ishlab chiqqan « O‘zbek modeli»ning besh tamoyili bozor iqtisodiyotiga o'tishning zamonaviy va milliy qirralarini o'zida ifoda etdi. O‘tish davri zarurati va o‘ziga xos xusasiyatlari. O‘zbekiston o'tish davrining avval boshidanoq ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish yo'lini tutdi, shuningdek, uning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarda mujassamlashdi. Mamlakatni ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish zarurati qator obyektiv shart-sharoitlar natijasida paydo bo'ldi: Bozor iqtisodiyotiga o'tishning «O'zbek modeli»ning o'ziga xos jihatlari shundaki, o'tish davri bosqichma-bosqich, bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini va bozor infratuzilmalarini shakllantirish, yangicha sharoitlarda ishlash qobiliyatiga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash kabi vazifalarni bajarishga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. O’tishning «sakrash» yoki «inqilobiy» yo'llari O'zbekiston mamlakati uchun mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Bozor munosabatlariga o'tish uchun shart-sharoitlar yaratish va islohotlarni ijtimoiy jihatdan nochor ijtimoiy qatlamlarni himoyalab borish bu jarayonni tadrijiy tarzda kechishini taqozo etadi. O'tish davri «shok terapiyasi» yo'liga nisbatan uzoqroq kechsa-da, u milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga, milliy manfaatlariga, ittifoq davrida paydo bo'lgan muammolarni bartaraf etishni tugallash islohotlariga mos tushadi. Zarur tayyorgarliksiz davrini bosib o‘tmasdan, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarni hisobga olmasdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni jadallashtirish inqirozga olib kelishi, iqtisodiyotni xonavayron qilishi, bozor iqtisodiyoti g'oyalari obro‘sini to'kishi aniq va ravshan edi. Jahonda amal qilayotgan erkin baholarga tezlik bilan o'tish aholining asosiy qismini qashshoqlashuviga, darmodlarining keskin kamayishiga olib kelib, kuchli ijtimoiy larzalarni keltirib chiqarishi turgan gap edi. Download 27.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling