7-Seminar mashg’ulot Mavzu: Rivojlanish va o’sish. Reja


Download 30.6 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi30.6 Kb.
#1817952
1   2   3   4
Bog'liq
7-Seminar

Ijtimoiy omillar
Inson bo‘lib yetishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‘zi kifoya emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sirda shaxs bo‘lib yetishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‘la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o‘sgani yanada mustahkamlaydi. Inson bo‘lib tug‘ildi, lekin inson bo‘la olmadi.
Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor. Rim asoschilari Romul va Rem bo‘ri onasi bilan emizilgan edi (shunday deb afsonada gap yuritiladi), maugli bo‘rilar to‘dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo‘rilar bilan boqilganining 15 holi, ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10 holi, leopard – 1 holi, qo‘y – 1 holi ma’lum. 1920 yili Hindistonda doktor Sing bo‘rilar uyasida bo‘ri bolalari bilan birga ikkita qizchani (biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala, kattasini Kamala deb nomlashdi. Boshida ular o‘zini yovvoyi hayvonlardek tutdi. Tunda emaklab yurishardi va yugurishardi, kunduzi uxlashardi, qo‘ldan foydalanmay chapillatib ovqatlanishardi. Kichik qizcha tezda o‘lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi. Shu yillar ichida doktor Sing Kamalani kuzatish kundaligini batafsid olib bordi. Qiyinchilik bilan o‘qirdi. 2 yil uni tik turishga o‘rgatishga to‘g‘ri keldi. 6 yildan so‘ng yura boshladi, lekin ilgaridek emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar ichida 6 ta so‘zni o‘zlashtirdi. 7 yildan so‘ng so‘z boyligi 45 ta so‘zga, 3 yildan so‘ng esa 100 gacha yetdi. Shuni o‘zida til jarayoni to‘xtadi. Bu vaqtga kelib Kamala inson jamiyatini yaxshi ko‘rdi, yorug‘likdan qo‘rqmay qoldi, qo‘l bilan ovqatlanishga va stankandan ichishga o‘rgandi. 17 yoshga yetgach Kamala rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladek edi. Bu hol shuni ko‘rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib qolganida ham odam darajasiga yetmagan. Nima o‘zi odamni odam qiladi? Biologik individni ijtimoiy subyektga aylanishi odam sotsializatsiya jarayonida, uning jamiyatga “kirishida”, turli xil ijtimoiy gurux va tuzilmalarga qadriyatlar, ko‘rsatmalar, ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va namunalarini o‘zlashtirish orqali “kirishida” sodir bo‘ladi.

Download 30.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling