7-Seminar nazorat savollari javobi


Download 20.42 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.42 Kb.
#225101
Bog'liq
7 seminar nazorat savollari javobi


7-Seminar nazorat savollari javobi

1-Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar to’g’risida nimalarni bilasiz?

I-.tisodchilar xarajatlarga barcha to'lovlarhi — tashqi va ichki to'lovlarni, oxirgisiga normal foydani am qo'shib hisoblashadi. Ular resurslarni mo'ljallangan faoliyat doirasida to'plash, saqlash uchun zarur bo'ladi. Agar hisobchini firma yoki korxonaning moliyaviy balansi qiziqtirsa, u aktiv vapassivni nazorat qiiib borsa, korxona (firma)ning o'tgan davrlardagi faoliyati foydaliligini bahoiasa, iqtisodchilar va korxona rahbarlari esa aksincha, korxonaning kelajagi bilan qiziqishadi. Ularning oidida xarajatlarni qanday qilib kamaytirish va rentabellikni oshirish zarurligi vazifasi turadi hamda o'z navbatida iqtisodiy ;.oki faqat shu turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xarajatlar bilan qiziqishadi. Bunda shu '.ovarning o'rniga boshqa turdagi alternativ tovarni ishlab chiqarish mumkin bo'lmaydi, uning uchun ma'lum turdagi resurslar tanlanadi. Natijada, firma yoki korxonaning resurslaridan eng yaxshi darajada oyda'.anish imkoniyatlari saqlab qolinadi.

2-Foyda tushunchasi .Tannarx nima



Tannarx, mahsulot tannarxi — korxonaning maxsulot ishlab chiqarish. va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarish.da T.ning muxim elementlari — chetdan olinadigan xom ashyo, asosiy materiallar, elektr energiya resurelari chiqimlari; asosiy va kushimcha ish xaki; ijtimoiy sugʻurta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va boshqa sarfxarajatlar. T.ga yuqorida sanab oʻtilgan bevosita ishlab chiqarish. jarayonlari bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari noishlab chiqarish chiqimlari: idishlarga, mahsulotlarni oʻrashjoylash va joʻnatishga qilingan xarajatlar; mahsulotni sotish bilan bogʻliq chiqimlar; i.t. va tajribakonstruktorlik ishlari, reklama va boshqa ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Narxlar uzgarmagan hollarda mahsulot T.ini kamaytirishga erishish korxona uchun kushimcha fonda manbaiga aylanadi. Qoʻshimcha foyda esa maxsulotni sotishdan olingan tushumdan korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish. va sotish uchun sarflagan xarajatlari summasi ayirmasiga tengdir.

Miyassar Boltaboyeva.

3-Ichki va tashqi xarajatlar tog’risida nimalarni bilasiz

Hozirgi zamon sarf-xarajatlar g'oyasi bo'yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o'z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo'linadi. Tashqi xarajatlar korxona o'zi uchui zarur resurs va xizmatlarga to'lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va materiallar uchui to'lovlar, kredit uchun foiz to'lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to'lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to'lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi.

Korxonaning o'ziga tegishli bo'lgan resurslardan foydalanish bilan bog'liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to'lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o'z resurslari qiymatini shunga o'xshash resurslarning bozor baholariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.

Mazkur korxona doirasida tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo'lgan to'lov-normal (me'yoridagi) foyda ham, renta va ish haqi bilan birga xarajatlariing tarkibiy qismi hisoblanadi.

Sarf xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo'llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.

4-Real ish haqqi qanday omillar bn aniqlanadi

Real ish haqi — moddiy neʼmat va maishiy xizmatlarda ifodalangan, ish haqiga sotib olish mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori.[1] Real ish haqi isteʼmolchilar oʻzlarining haqiqiy ish haqlariga amalda qanday miqdorda isteʼmol neʼmatlari sotib olishlari va xizmatlardan foydalanishlari mumkinligini koʻrsatadi. Real ish haqi hamnominal ish haqi miqdori, ham isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxlari darajasi, shuningdek, ish haqidan toʻlanadigan soliqlar hajmi bilan belgilanadi.

Real ish haqi, inflyasiya sharoitlarida, agar inflyasiya ish haqini oshirish, indeksatsiyalash bilan qoplanmaydigan boʻlsa, pasayib ketadi. Real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil boʻlganda, nominal ish haqiga toʻgʻri mutanosib, isteʼmol buyumlari va xizmatlar narxi darajasiga teskari mutanosibdir.



5-Ish haqqini tashkil etishning qandday omillari mavjud

sh haqi — mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi.[1] Ish kuchi qiymati va narxi bevosita ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnat bozorida kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, oʻz ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi boʻlib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga maʼlum vaqt mobaynida maʼlum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun toʻlaydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy daromadi manbai hisoblanadi.

Ish haqi — yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish qobiliyatiga boʻlgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarish shakli. Shu bilan birga ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haq ishlab chiqarish harajatlarining unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid qiladi.
Download 20.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling