7-sinf adabiyot darsligi asosida savolnoma
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf adabiyot savolnoma kitobcha
“Ravshan” dostoni
@Milliy_til_1 Javohir Yo’ldoshev 10 № Savol Javob 1 “Ravshan” dostonida Go’ro’g’libek qaerda davrini surib, dushmanning dodini berib yotardi? 2 Go’ro’g’li Yunus pari bilan Misqol parini qaerdan olib kelgan edi? 3 Dostonda qaysi qahramonlar “sher haybatli, yo’lbars kelbatli, qoplon yurakli, arslon bilakli yigitlar” deb ta’riflanadi? 4 Farzandi bo’lmagan Go’ro’g’li Hasanxon bilan Avazxonni qaerdan olib kelib asrab olgan edi? 5 Avazxonni qaysi pari tarbiya qilardi? 6 Avazning laqabi nima edi? 7 Qizini berishni hohlamagan Avazxon o’zini va Hasanxonni nima o’hshatadi? 8 Go’ro’g’li Avazxonni necha yoshida saqlab olgan edi? 9 Avazxonning qizini bermasligini eshitib yig’lab ketayotgan Ravshanni “Qizi borning nozi bor” deb kim yupatadi? 10 “...yaxshi suratli, shirin so’zli, quralay ko’zli, uzun bo’yli, keng ko’krakli, xush xayol, zehni tez, serfahm qiz edi”. Bu “Ravshan” dostonidagi qaysi personajning tasviri? 11 “...to’rt oyog’i teng tushgan: biqini yoziq keng tushgan, qarchig’ayning havosi tekkan”. Bu ta’rif qaysi ot haqida? 12 Shirvonga otlangan Ravshanga kim “Yovga ajdahorim senga yo’l bo’lsin”, “Harna yo’g’-u borim, senga yo’l bo’lsin”, “E, yolg’iz shunqorim, senga yo’l bo’lsin” tarzida murojaat qiladi? 13 Zulxumor yashaydigan Shirvonning yo’li qancha edi? 14 Shirvonda Ravshan kimga o’g’il bo’lib tutinadi? 15 Ravshan dostonning qaysi o’rnida “G’amning loyiga botibman”, - deya nola qiladi? 16 Hasanxon xon Dallini qaerdan olib qochib kelgan edi? 17 Avazxon kimga uylandi? 18 Ravshanbek mast bo’lib, “qalpoq bozori qaerda” – deb baqirib borayotganda kim unga qalpoq bozorini ko’rsatib qo’yadi? 19 Changib yotgan qaysi bozor? 20 Ravshanga ko’ngil qo’yib, uning e’tiborini qozona olmagan kaniz kim edi? 21 Ravshanning Zulxumorning bog’ida yashayotganidan Qoraxon podsho qanday xabar topdi? 22 Ravshanning zindonga tushib qolganidan xabar topgan Hasanxon kimning qaysi otida Shirvonga jo’naydi? 23 Qulon yurmas yerlardan Quvib o’tib boradi misrasidagi “qulon” so’zining ma’nosi nima? 24 Bulon o’tmas yerlardan Burib o’tib boradi misrasidagi “bulon” so’zining ma’nosi nima? 25 Qarsoq yurmas yerlardan Qalqib o’tib boradi misrasidagi “qarsoq” so’zining ma’nosi nima? 26 Aynoq kalning xususiyati? 27 Jaynoq kalning xususiyati? 28 Ersak kalning xususiyati? 29 Tersak kalning xususiyati? 30 Kallarning qaysi biri Shirvonga kelgan Hasanxonning kim ekanligini hazillashib to’g’ri topadi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling