7-sinf bsb-1 2-variant Sinf: Sana: F. I


Download 34.03 Kb.
Sana16.10.2023
Hajmi34.03 Kb.
#1704744
Bog'liq
7-sinf BSB-1 orginal 2-variant



7-SINF BSB-1 2-variant
Sinf: _________ Sana: ______________ F.I. _____________________



Berilgan topshiriqlar



Ball 30



1

Moddalarning agregat holati va ularning tuzilishi.Moddalar holatini o‘zgarishiga ta’sir etuvchi jarayonlar.



5


2

Kimyoni rivojlanish bosqichlariga oid jadvalni to‘ldiring.



Kimyoni rivojlanish bosqichlari

Olimlar erishgan yutuqlar

1.




2.






3.






4.






5.






6.







10


3

Aralashmalarni ajratish usullaridan haydash va magnit yordamida ajratish usullarini asoslang.



5


4

Fizik hodisa. Misollar keltiring.Fizik va kimyoviy hodisalarni qanday ajratish mumkin.



5


5

Quyidagi hodisalarni fizik va kimyoviy hodisalarga ajrating: suvning qaynashi,tuzning suyuqlanishi,qog‘ozni yonishi,temirning zanglashi, shamni yonishi, benzinni bug‘lanishi,muzning erishi,sutning achishi,havodan kislorod olish, qo‘rg‘oshinni erishi.



5



O‘quvchining to‘plagan bali: ____________
Tekshiruvchi o‘qituvchi: ________________________ __________(imzo)

BAHOLASH MEZONI



Berilgan topshiriqlar

Ball 30

1

Savol: Moddalarning agregat holati va ularning tuzilishi.Moddalar holatini o‘zgarishiga ta’sir etuvchi jarayonlar.
Javob: Moddalar qattiq, suyuq va gaz holatda bo‘ladi. Qattiq holatda zarralar bir-biriga yaqin joylashadi va kuchli molekulalararo tortishish kuchiga ega bo‘ladi.Qattiq modda gaz va suyuq moddalardan farq qilib mexanik mustahkamlikka,aniq hajm va shaklga ega.
Gaz holatida zarralar bir-biridan juda uzoqda joylashadi, molekulalararo tortishish kuchi kuchsizroq bo‘ladi.Gaz aniq bir hajm va shaklga ega emas. U qanday iishga solinsa o‘sha idish hajmini egallaydi va shaklini oladi.
Suyuq holatda zarralar bir-biridan biroz uzoqroq joylashadi, molekulalararo kuch qattiq moddalarga qaraganda kamroq bo‘ladi. Suyuqlik o‘z shakliga ega emas, u qanday idishga solinsa, o‘sha idish shaklini oladi. Suyuqlik aniq hajmiy o‘lchamga ega emas.
Moddaning umumiy o‘zgarishida bir nechta jarayonlar ishtirok etadi. Ularga erish,muzlash,sublimatsiya,cho‘kish,kondensatsiya va bug‘lanish kiradi. Modda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tganda holat o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Holatning o‘zgarishi materiyadagi fizik o‘zgarishlardir. Bu- moddalarning kimyoviy tarkibini yoki kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan qaytariladigan o‘zgarishlar. Moddaninh holati harorat va bosimga bog‘liq.

a)Agar savolga to‘liq va to‘g‘ri javob berilsa;


b)Agar savolga berilgan javob to’liq bo‘lmasa lekin har bir so‘ralgan ma’lumotga qisman tushuncha berilgan bo‘lsa;
c)Savolga moddalar holatini o‘zgarishiga ta’sir etuvchi jarayonlar to‘liq ko‘rsatilmagan holda javob berilsa ;
d) Javob oxirigacha yoritilmasa;
e)Agar savolga umuman noto‘g‘ri javob berilsa

10ball
8ball


5ball

3ball
0ball





2

Savol: Kimyoni rivojlanish bosqichlariga oid jadvalni to‘ldiring.
Javob:



Kimyoni rivojlanish bosqichlari

Olimlar erishgan yutuqlar

1.Alkimyodan oldingi davr:eramizdan avvalgi III asrgacha.



Modda haqidagi bilimlarning nazariy va amaliy tomonlari bir-biridan mustaqil rivojlangan.

2.Alkimyo davri-miloddan avvalgi III asrdan milodiy XVII asrgacha bo‘lgan davr.



Alkimyogarlar falsafa toshini, uzoq umr ko‘rish eliksirini, alkagestni izlash, arzon metallarni oltinga aylantirish bilan
shug‘ullanganlar.

3.Ilmiy kimyoning tug‘ilish davri
XVI-XVIII asrlar.



Bu bosqichda Parasels, R.Boyl,G.Kavendish, G. Shtal,A.Lavuazyening xizmatlari katta bo‘ldi. Kimyo fan sifatida rivojlandi.



4.Kimyoning asosiy qonuniyatlarini kashf qilish davri 1789-1860yillarni o‘z ichiga oldi.

Dalton,Avogadro,Berselius ishlari kimyoning asosiy tushunchalarni shakllantirishgan.

5. Klassik kimyo davri.
1860-yil-XIX asr oxiri.

Elementlarning davriy jadvali,molekulalarning valentlik va kimyoviy tuzilish nazariyasi, stereokimyo,kimyoviy kinetika yaratildi.



6. Zamonaviy davr,
XX asr boshidan hozirgi kungacha.

Oqsillar va DNKning tuzilishini, tirik organism hujayralarining ishlash mexanizmlarini o‘rgnish.

a)Agar jadval to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilsa;
b)Agar jadvalda berilgan javob qisman to‘g‘ri bo‘lmasa;
c)Agar jadvalda berilgan javob qisman to‘liq bo‘lsa ;
d)Jadvalda berilgan savollarga javob oxirigacha yoritilmasa;
e)Jadvaldagi savollarga umuman noto‘g‘ri javob berilsa



5ball
4ball


3ball
2ball
0ball

3

Savol: Aralashmalarni ajratish usullaridan haydash va magnit yordamida ajratish usullarini asoslang.
Javob:
a)Haydash- suyuq moddalarni ular bilan aralashgan moddalardan tozalash yoki har xil qaynash temperaturasiga ega bo‘lgan suyuq moddalar aralashmalarini bir-biridan ajratish uchun ishlatiladi.Bunga havo va neftni haydash orqali toza moddalarga ajratish misol bo’ladi.
Agar aralashmaning tarkibida metall bo‘lsa, uni magnit yordamida ajratish mumkin.Bu usulda metallni qayta ishlash korxonalarida temir qoldiqlari boshqa komponentlardan ajratiladi.

a)Agar savolga to‘liq va to‘g‘ri javob berilsa;


b)Agar savolga berilgan javob qisman to’liq bo‘lmasa;
c)Agar aralashmalarni ajratish usullaridan faqat biriga tushuncha berilsa ;
d) Javob oxirigacha yoritilmasa;
e)Agar savolga umuman noto‘g‘ri javob berilsa

5 ball
4 ball


3 ball
2 ball
0ball

4

Savol: Fizik hodisa. Misollar keltiring.Fizik va kimyoviy hodisalarni qanday ajratish mumkin.
Javob:
Tabiat doimo o‘zgarishda bo‘lib,har bir o‘zgarish bu hodisadir.Muz qizdirilsa –suvga aylanadi.Suv bug‘latilsa-bug‘ga aylanadi. Bug‘ sovitilsa suvga,suv sovitilsa muzga aylanadi.Muz,suv,bug‘-bular har xil moddalar emas,balki bir modda- suvning turli agregat holatlaridir.Muzning erishi, suvning bug‘lanishi, bug‘ning suvga aylanishi, suvning muzlashi- bular fizik o‘zgarishlardir. Bu hodisalarda suvning agregat holati o‘zgaradi, lekin suv modda sifatida o‘zgarishga uchramaydi. Odatda faqat moddalarning agregat holati o‘zgarishi bilan boradigan hodisalar fizik hodisalar deyiladi.
Kimyoviy hodisalarda quyidagi o‘zgarishlar amalga oshadi: issiqlik ajraladi,yorug‘lik ajraladi, cho‘kma hosil bo‘ladi, gaz ajraladi, rang
o‘zgaradi, hid ajraladi, issiqlik yutiladi.

a)Agar savolga to‘liq va to‘g‘ri javob berilsa;


b)Agar savolga berilgan javob qisman to’liq bo‘lmasa;
c)Agar javobda fizik va kimyoviy hodisalarni qanday ajratish mumkinligiga tushuncha berilmassa ;
d) Javob oxirigacha yoritilmasa;
e)Agar savolga umuman noto‘g‘ri javob berilsa;



5ball
4 ball


3 ball
2 ball
0 ball

5

Savol: Quyidagi hodisalarni fizik va kimyoviy hodisalarga ajrating: suvning qaynashi,tuzning suyuqlanishi,qog‘ozni yonishi,temirning zanglashi, shamni yonishi, benzinni yonishii,muzning erishi,sutning achishi,havodan kislorod olish, qo‘rg‘oshinni erishi,qandni yonishi.
Javob:
Fizik hodisalar: suvning qaynashi,tuzning suyuqlanishi, shamni yonishi, muzning erishi, qo‘rg oshinni erishi, havodan kislorod olish.
Kimyoviy hodisalar: qog‘ozni yonishi,temirning zanglashi, sutning achishi,benzinni yonishi, qandni yonishi.

b)Agar fizik va kimyoviy hodisalarga to‘liq va to‘g‘ri ajratilsa;


b)Agar fizik va kimyoviy hodisalarga qisman ajratilsa;
d)Barcha javob noto‘g‘ri bo‘lsa;

5 ball
3 ball
0 ball

Download 34.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling