O’qituvchi o’quvchilarga ishqalanish kuchini qanday o’lchanishini tushuntiradi: Brusokka gorizontal yo’nalishda ikkita kuch ta’sir qiladi. Birinchisi- dinamometr prujinasining elastiklik kuchi. Ikkunchisi- harakatga teskari yo’nalgan ishqalanish kuchi. Brusok tekis harakat qilayotganidan bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga teng. Demak bu kuchlar modul jihatidan teng va qarama qarshi tomonga yo’nalgan. Dinamometr ishqalanish kuchini ko’rsatmoqda deb ayta olamiz. (O’quvchilar ishqalanish kuchini o’lchaydilar).
Savol: Aytingchi bizning avtomobil qanday harakatlangan edi? Nima deb o’ylaysiz, ishqalanish kuchi avtomobil harakatiga yordam beradimi yoki qarshilik qiladimi? (qarshilik qiladi)
2-tajriba. Stol ustiga brusok qo’yamiz brusok ustiga yuk joylashtiramiz. Dinamometrni brusokka ulab tekis harakatlantirib tortamiz. Dinamometr ma’lim kuchni ko’rsatadi.
Bolalar savollarga javob beradilar:
- Dinamometr qanday kuchni ko’rsatmoqda?
(Javob: 1,5 N)
- Brusokka kuch ta’sir qilmoqda, ammo uning tezligi o’zgarmayapdi. Demak dinamometr ko’rsatayotgan kuchga teng bo’lgan yana bir kuch bor.
-Harakatlantiruvchi kuchga teng bo’lgan bu kuch qaysi tomonga yo’nalgan?
(Javob: brusok harakatiga garama-qarshi tomonga yo’nalgan);
- Bu kuchning qo’yilish nuqtasi qayerda?
(Javob: bir biriga tegib turgan sirtlar orasida).
Xulosa: dinamometr ta’sir qilib tekis harakatlantirayotga jismda dinamometr ko’rsatayotgan kuchga teng bo’lgan ishqalanish kuchini aniqlaymiz, ishqalanish kuchi harakatga qarshi yo’nalgan bo’ladi, bu kuch bir-biriga tegib turgan sirtlar orasida paydo bo’ladi.
O’qituvchi: Ishqalanish kuchining turlari bilan tanishaylik.
Sirpanish ishqalanish kuchi. Bir jism sirtida ikkinchisi sirpanganda vujudga keladi.
Dumalanish ishqalanish kuchi. Bir jism sirtida ikkinchi jism dumalaganda vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |