7-sinf I chorak
Download 98.15 Kb.
|
Musiqa 100 ta test
Musiqa 100 ta test 1. O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini kim yozgan. A. A.Oripov. B. P.Mo'min. V. Q.Muhammadiy. 2. O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qachon tasdiqlangan. A. 1992 yil 10 dekabr B. 1991 yil 18 noyabr. V. 1992 yil 2 iyul. 3. O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi musiqasini kim yozgan. A. M.Burxonov. B. N.Norxo'jayev. V. Sh.Yormat. 4. O'zbek musiqasi necha mahalliy uslubga bo'linadi. A. 4 mah.uslubga. B. 2 mah.uslubga. V. 5 mah.uslubga. 5. « Do'mbira » sozi qaysi vohada ko'p qo'llanadi. A. Surxandaryo.Qashqadaryo. B. Xorazm. V. Buxoro-Samarqandda. 6. « Mustaqillik lolalarimiz » qo'shig'ini qaysi shoir yozgan. A. N.Narzullayev. B. P.Mo'min. V. Qambar ota. 7. Doston ijrochisini kim deb ataymiz. A. Baxshi,shoir. B. Maqomchi. V. Xonanda. 8. - qanday pauza berilgan. A. Butun. B. Yarim. V. Chorak. 9. "Boysun" folklor etnografik ansambili qaysi viloyatda tashkil qilingan. A. Surxandaryo. B. Xorazmda. V. Samarqand. 10. - qanday pauza berilgan. A. Yarim. B. Butun. V. Chorak. 11. "Ey nozanin" qo'shig'i kimning g'azali. A. Muqumiy. B. Furqat. V. Navoiy. 12. Sozandachilik san'ati kimlarga hos san'at turi. A. Ayollarga hos. B. Erkaklarga hos. V. Bolalarga hos. 13. Samarqandda ilk bor “Sharq taronalari” festivali nechanchi yil o'tdi. A. 1997 yilda. B. 1995 yilda. V. 1998 yilda. 14. Mavrigixonlik qaysi viloyatda shakllangan. A. Buxoroda B. Samarqandda. V. Xorazmda. 15. Septema intervali nechanchi interval. A. 7 chi B. 3 chi. V. 8 chi. 16. Bulungur, Qo'rg'on, Narpay, Nurota dostonchilik maktablari qaysi mahalliy uslubga kiradi. A. Buxoro-Samarqand. B. Xorazm. V. Farg'ona-Toshkent. 17. Oktava intervali nechanchi interval. A. 8 chi. B. 4 chi. V. 7 chi. 18. « Do'mbira sozi » kimlar chaladigan sozdir. A. Baxshilar B. Maqomchilar. V. Laparchilar. 19. Sibiziq nimadan yasalgan sozdir. A. Qamishdan. B. Tut daraxtidan. V. Suyakdan. 20. Changqobuz sozi nimadan yasalgan cholg'u sozi. A. Temir yoki suyakdan. B. Misdan. V. Qamishdan. 21. Qo'biz-cholg'u sozi nima vositasida chalinadi A. Kamon bilan. B. Noxun bilan. V. Mezrob bilan. 22. Yallachilik san'ati kimlarga hos san'at turi. A. Ayollarga hos. B. Erakaklarga hos. V. Bolalarga hos. 23. Xalq ashulalari ijod etishga ko'ra necha xil bo'ladi. A. 2 xil. B. 3 xil. V. 5 xil. 24. Xorazm musiqa uslubida raqs-o'yin kuylarini necha turga bo'lish mumkin. A. 3 turga. B. 2 turga. V. 4 turga. 25. Buloman cholg'u sozi qaysi vohada, qaysi mahalliy uslubda keng qo'llanadi. A. Xorazm. B. Surxandaryo-Qashqadaryo. V. Buxoro-Samarqand. 26. Maqom atamasi (so'zi)qaysi tildan olingan. A. Arabcha so'z. B. Forscha so'z. V. Lotincha so'z. 27. “Maqom” so'zining ma'nosi qaysi bandda to'g'ri ko'rsatilgan. A. O'rin, joy, daraja. B. Martaba, manzilgoh. V. Hamma javob to'g'ri. 28. Hozir O'zbekistonda maqomning necha turi mavjud. A. 3 turi mavjud. B. 5 turi. V. 6 turi. 29. Shashmaqom necha maqomdan iborat. A. 6 maqomdan. B. 3 maqomdan. V. 7 maqomdan. 30. Shashmaqom nechanchi asrda paydo bo'lgan. A. XVIII asrda. B. XII asrda. V. XV asrda. 31. Navo maqomi shashmaqomning nechanchi maqomi. A. 3 maqomi. B. 5 maqomi. V. 7 maqomi. 32. Shashmaqom nechanchi yillarda nota yozuvida bosmadan chiqarildi. A. 1950-1960-1970 yil. B. 1930-1995-1940 yil. V. 1829-1728-1650 yil. 33. Rost maqomi shashmaqomni nechanchi maqomi. A. 2 chi B. 1 chi. V. 5 chi. 34. Shashmaqom necha bo'limdan iborat. A. 2 bo'linadi. B. 3 bo'linadi. V. 6 bo'lmdan. 35. Buzruk maqomi shashmaqomning nechanchi maqomi. A. 1 chi. B. 4 chi. V. 2 chi. 36. Shashmaqomning cholg'u kuylari qanday nomlanadi. A. Mushkilot. B. Nasr. V. Buzruk. 37. Dugoh maqomi shashmaqomning nechanchi maqomi. A. 4 chi. B. 3 chi. V. 2 chi. 38. Shashmaqomning mushkilot bo'limi necha qismdan iborat. A. 5 qisimdan. B. 2 qisimdan. V. 3 qisimdan. 39. Segoh maqomi shashmaqomning nechanchi maqomi. A. 5 chi. B. 2 chi. V. 3 chi. 40. Shashmaqomning aytim yo'llari qanday nomlanadi. A. Nasr. B. Mushkilot. V. Buzruk. 41. Iroq maqomi shashmaqomning nechanchi maqomi. A. 6 chi. B. 3 chi. V. 5 chi. 42. Mushkilotning 1 qism 1 bo'limi qanday nomlanadi. A. 1 Tasnif deb nomlanadi. B. 2 Tarje. V. 3 Gurdun. 43. Shashmaqomning aytim (Nasr)yo'lidagi Nasr so'zi qaysi tildan olingan. A. Arabcha,"Ko'mak" "Zafar" B. Lotincha so'z. V. Fransuzcha so'z. 44. Mushkilotning 2 bo'lim 2 qismi qanday nomlanadi. A. 2 Tarje 2 B. 1 Tasnif. V. 3 Gurdun deb nomlanadi. 45. Shashmaqomni ustozdan shogirdlar necha yilda o'rgangan. A. 10-15 yilda. B. 5 yilda. V. 5-8 yilda. 46. Mushkilotning 3 bo'lim 3 qismi qanday nomlanadi. A. 3 Gardun B. Tasnif. V. Tarje. 47. Shashmaqom Xorazmda necha maqomdan iborat. A. 6 yarim. B. 6 maqomdan. V. 7 maqomdan. 48. Mushkilotning 4 bo'lim 4 qismi qanday nomlanadi. A. 4 Muxammas. B. Tasnif. V. Gardun. 49. Mushkilotning 5 bo'lim 5 qismi qanday nomlanadi. A. 5 Saql deyiladi. B. Tarje. V. Gardun. 50. Xorazmda 6 yarim maqom qanday nomlanadi. A. Panjgoh. B. Buzruk. V. Rost. 51. Hozirgi paytda O'zbekistonda maqomning necha turi mavjud. A. 3 turi mavjud. B. 2 turi. S. 4 turi. 52. "O'n ikki" maqom an’analari qaysi asrlarda shakllangan. A. XIII-XVII asrlarda B. XVIII-XIX asrlarda. S. XVII-XX asrlarda. 53. Har bir maqom necha bo'limdan iborat. A. Ikki yirik maqomdan. B. To'rt yirik maqomdan. S. Olti yirik maqomdan. 54. Shashmaqomning cholg'u kuylari necha qisimdan iborat. A. 4 maqomdan. B. 5 maqomdan S. 3 maqomdan. 55. Shashmaqom necha maqomdan iborat. A. 6 maqomdan. B. 4 maqomdan. V. 5 maqomdan. 56. Shashmaqom dastlab qayerda paydo bo'lgan. A. XVIII asr oxirlarida Buxoroda paydo bo'lgan. B. XIX asr Xorazmda paydo bo'lgan. S. XX asrda Toshkentda paydo bo'lgan. 57. "Buzruk" shashmaqomning nechanchi maqomi. A. 1 maqomdan. B. 6 maqomdan. S. 4 maqomdan. 58. Shashmaqomning cholg'u bo'limi qanday nomlanadi. A. Mushkilot. B. Buzruk. S. Navo deb nomlanadi. 59. Maqomlarning Mushkilot cholg'u bo'limlari qaysi kuy bilan boshlanadi. A. Tasnif. B. Gardun. S. Tarj. 60. Shashmaqomning ashula (aytim) yo'li qanday nomlanadi. A. Nasr. B. Mushkilot. S. Navo. 61. Mushkilot bo'liming ikkinchi qism kuylari qanday nomlanadi. A. Tarje. B. Buzruk. S. Gardun. 62. Shashmaqomning ikkinchi maqomi qanday nomlanadi. A. Rost. B. Navo. S. Dugoh. 63. Har bir maqomlarning aytim yo'li qaysi aytim yo'li bilan boshlanadi A. Sarahbor B. Gardun. S. Mushkilot. 64. Sarahbor qanday ma'noni anglatadi. A. Bosh xabar B. Avj. S. Takrorlash. 65. Shashmaqomning uchinchi maqomi qanday nomlanadi. A. Navo. B. Buzruk. S. Rost. 66. "Maqom" atamasi qanday ma'noni anglatadi. A. O'rin joy ,daraja,martaba. B. Ikki tovish oralig'i. S. Cholg'u,kuylar. 67. "Dugoh" maqomi shashmaqomning nechanvhi maqomi. A. 2 chi maqomi. B. 3 chi maqomi. S. 4 chi maqomi. 68. Qaysi qatorda olti maqomni ilk bor nota yozuviga tushirgan kompozitor ismi ko'stilgan. A. V.A.Uspensikiy. B. S.Yudakov. S. Yu.Rajabiy. 69. “Tasnif” so'zi qanday ma'noni anglatadi. A. Tasnif - ijod etilgan mukammal asar. B. Falak gardishi qismat. S. Vazmin. 70. “Tarje” so'zi qanday ma'noni anglatadi. A. "Takrorlash"ma'nosi. B. "Davomi" ma'nosi. C. "Tugashi" ma'nosi. 71. Shashmaqomning 5 chi maqomi qanday nomlanadi. A. Segoh. B. Navo. S. Dugoh. 72. Shashmaqomni ustozdan shogird necha yil davomida o'rganadi. A. 10-15 yilda. B. 3-5 yilda. S. 5-6 yilda. 73. Mushkilot kuylarining 4 qismi qanday nomlanadi. A. Muxammas. B. Tasnif. S. Gardun. 74. Iroq maqomi shashmaqomdagi nechanchi maqomi. A. 6-maqom. B. 2-maqom. S. 4-maqom. 75. Mushkilot kuylarining 5 qismi qanday nomlanadi. A. Saqil. B. Tarje. S. Gardun. 76. Xorazm maqomlari nechanchi asrda shaklllangan. A. 13-arda. B. 16- asrda. V. 20-asrda. 77. Xorazm maqomchiligi asos solgan shaxs kim. A. Komil Xorazmiy Pahlavon Niyoz Muhammadiy. B. Hojxon Boltayev. V. K.Otaniyozov. 78. Komil Xorazmiy nechanchi yillarda yashab ijod etgan. A. 1825-1897 yil. B. 1830-1898 yil. V. 1833-1899 yil. 79. Xorazm maqomlarining chertim yo'li qanday nomlanadi. A. "Chertim yo'li". B."Mansur". V. Mushkilot. 80. Xorazm maqomlarining aytim yo'li qanday nomlanadi. A. "Aytim yo'li" yoki Manzum. B. "Nasr" V. "Saraxbor" 81. Narsullo I-V kuyi musiqasi qaysi voha maqom cholg'u yo'llariga tegishli. A. Farg'ona-Toshkent. B. Xorazm. V. Buxoro. 82. Abduqodir Ismoilov qaysi voha maqom cholg'u yo'llariga hissa qo'shgan sozanda. A. Farg'ona-Toshkent. B. Xorazm. V. Buxoro. 83. "Faryod" va "Naqsh"nomi bilan ma'lum ashula namunalari qaysi voha aytim yo'llariga kiradi. A. Xorazm. B. Faeg'ona-Toshkent. V. Buxoro. 84. Xorazm Navo maqomining aytim yo'lidagi 1 maqsadi qanday nomlanadi. A. "Maqomi Navo" B. Suvora. V. Talqin. 85. Xorazm "Rost" maqomining chertim yo'lidagi 1 chi kuyi qanday nomlanadi. A. Ufar. B. Maqomi Rost. V. Muxammas I 86. Buxoro Navo maqomi Nasr bo'limi 1 chi maqomi qanday nomlanadi. A. Saraxbori Navo. B. Farona I-II V. Nasri bayot. 87. Buxoro "Rost" maqomi Mushkilot bo'limi 2 chi cholg'u kuyi qanday nomlanadi. A. Muxammasi Rost. B. Saqili vazmin. V. Gaduni Rost. 88. Xorazm Navo maqomi aytim yo'lidagi 2 chi maqomi qanday nomlanadi. A. Farona. B. Maqomi Navo. V. Suvoro. 89. Buxoro Navo maqomi aytim yo'lidagi 2 chi maqomi qanday nomlanadi. A. Saraxbor Navo. B. Farona I-II V. Talqin Bayot. 90. Xorazm "Bost" maqomi chertim yo'li 3 chi cholg'u kuyi qanday nomlanadi. A. Peshvari Gardun. B. Maqomi rost. V. Muxammas I 91. Buxoro "Rost" maqomi "Mushkilot" bo'limidagi 3- kuy qanday nomlanadi. A. Muxammasi Rost. B. Gardun Rost. V. Muxammasi ushshoqa. 92. Xorazm maqomlari aytim yo'li Xorazm Navo maqomi aytim yo'lidagi 3-chi maqom qanday nomlanadi. A. Suvora. B. Talqin. V. Faryod. 93. Buxoro Navo maqomi Nasr bo'limidagi 3-maqom qanday nomlanadi. A. Talqin Bayon. B. Saraxbori Navo. V. Farona. 94. Xorazm "Rost" maqom "chertim" yo'lidagi 4 cholg'u kuyi qanday nomlanadi. A. Muxammas I B. Maqomi Rost. V. Ufar. 95. Buxoro "Rost" maqomi "Mushkilot" bo'limidagi 4 kuy qanday nomlanadi. A. Saqili Vazmin. B. Muxammasi Ushshoq. V. Saqili Rak-rak. 96. Xorazm Navo maqomi aytim yo'lidagi 4 maqom qanday nomlanadi. A. Talqin. B. Farona. V. Faryod. 97. Buxoro Navo maqomi Nasr bo'limidagi 4 maqom qanday nomlanadi. A. Farona. B. Saraxbor Navo. V . Farona I-II 98. Xorazm "Rost" maqomi chertim yo'lidagi 5 cholg'u kuyi qanday nomlanadi. A. Ufar. B. Muxammas II V. Saqili Vazmin. 99. Buxoro "Rost" maqomi chertim yo'lidagi 5 cholg'u kuyi qanday nomlanadi. A. Muxammas Panjgoh. B. Muxammasi Rost. V. Saqili Vazmin. 100. "Suvora" nomi bilan ma'lum ashula namunasi qaysi voha maqom aytim yo'llariga kiradi. A. Xorazm. B. Farg'ona-Toshkent. V. Buxoro. Download 98.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling