7-sinf imtihon materiallari


Download 127.57 Kb.
Sana10.09.2023
Hajmi127.57 Kb.
#1675193
Bog'liq
7-SINF IMTIHON


7-sinf imtihon materiallari
1-BILET

  1. Issiqlik miqdori

  2. Bosim va uning birliklari.

  3. Kulrang va oq quyonlar yo‘llardagi sabzini ko‘rib qolgach, unga qarab o‘zgarmas tezlik bilan harakatlandi. Har ikki quyon 80 sekunddan so‘ng sabziga yetishdi. Qaysi quyonning tezligi kattaroq va necha marta katta?(km/h)?

2-BILET
1. Fizikadagi tadqiqot metodlarini tushuntiring.


2. Temperatura.
3. Tok kuchi 32 μA bo‘lganda 1 s vaqt ichida o‘tkazgichdan nechta elektron o‘tadi? Elektron zaryadi 1,6∙10-19 C ga teng.

3-BILET


  1. Tok kuchi va uni o‘lchash.

  2. Kuzatishlar natijasida barcha aysberglarning faqat 1/10 qismi bizga ko‘rinadi va 9/10 qismi suv bilan yashiringan bo‘ladi. Agar suvga tashlangan yog‘och xodasini ko‘rsangiz, u taxminan yarmigacha ko‘rinadi. Nima uchun suv yog‘och xodasining yarmini yashiradi, aysbergni esa deyarli butunlay? Buni qanday fizik tushuncha bilan izohlash mumkin?

  3. Optik kuchi 10 dptr ga teng bo‘lgan yig‘uvchi linzadan 12,5 cm masofada sham turibdi. Tasvir linzadan qanday masofada hosil bo‘ladi.

4-BILET


  1. Notekis harakat

  2. Yoqilg‘ining solishtirma yonish issiqligi.

  3. Laboratoriya ishi. Om qonunini o‘rganish

5-BILET
1. Metallarda elektr toki. Elektr tokining yo‘nalishi.


2. Quvvat. Energiya.
3. Obkashga osilgan sharchalar bir xil idishdagi suvda muvozanarda turibdi. Agar
o‘ng tomondagi sharchaning ipi uzunligini chap tomondagi sharchaning ipi uzunligicha qisqartirilsa, muvozanat buziladimi? (rasmdan foydalaning)
Savollarga javob bering.
a) Sharchalarning og‘irligi bir xilmi? b) Sharchalar bir xil massaga ega bo‘ladimi?
c) Sharchalarga bir xil Arximed kuchi ta’sir qiladimi? Faraz qilamiz, o‘ng tomonda turgan idishdagi suv o‘rniga simob to‘ldirildi. Obkashning muvozanati o‘zgaradimi?
6-BILET
1. Gidrovlik press va undan foydalanish.
2. Elektr qarshilik. Solishtirma qarshilik.
3. Temperaturasi 17o C va hajmi 0,5 l bo‘lgan suv isitkichdan 126 kJ issiqlik miqdori olgan bo‘lsa, suv qanday temperaturagacha isigan?
7-BILET

  1. Skalyar va vektor kattaliklar

  2. Quyosh va Oy tutilishi.

  3. Uzunligi 12 m, ko‘ndalang kesim yuzi 0,6 mm2 bo‘lgan nixrom o‘tkazgich uchlariga 4,4 V kuchlanish berilganda undan qanday tok o‘tadi.

8-BILET
1. Potensial energiya.


2. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo‘lni bosib o‘tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo‘lni bosib o‘tadi.
3. Chaqmoq chaqqanda juda katta miqdorda elektr zaryadi ajraladi. Natijada atmosferada kuchli chaqnash ro‘y beradi. Bunday chaqnash yerda “yashin urishi” hodisasi natijasida yong‘in sodir bo‘lishi mumkin. Savol: yong‘inning oldini olish maqsadida qanday choralar ko‘riladi?

9-BILET


  1. Richag va uning muvozanat shrati.

  2. Mexanik harakat

  3. Linzadan buyumgacha bo‘lgan masofa 2,5 cm va haqiqiy tasvirdan linzagacha bo‘lgan masofa 5 cm bo‘lsa, linzaning fokus masofasi qanday?

10-BILET


  1. Kinematikaning asosiy tushunchalari...

  2. Jismlarning elektrlanishi

  3. Dengizda suzib yurgan muzning suv ustidagi qismi 200 m3 hajmiga ega. Agar suv va muzning zichliklari mos ravishda 1000 va 900 kg/m3 bo‘lsa, muzning hajmi qanday (m3)?

11-BILET


  1. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda tezlik va yo‘l...

  2. Ichki energiya

  3. Elektr lampochkadan 0,4 A tok o‘tmoqda. Uning spirali ko‘ndalang kesimidan 20 minutda o‘tgan elektronlarning massasini aniqlang.

12- BILET



  1. Aylana bo‘ylab harakat.

  2. Bug‘lanish va kondensatsiya. Qaynash

  3. Laboratoriya ishi. Turli shakldagi jismlarning zichligini aniqlash..

13- BILET



  1. Massa va uning birliklari

  2. Elektroskop va elektrometr

  3. Teploxodning vater chizig‘idan hisoblangan qirqim yuzasi 4000 m2 Unga yuk ortilganda uning qalinligining 1/2 qismi suvga cho‘kdi. Ortilgan yuk massasini toping. Dengiz suvining zichligi 1030 kg/m3

14-BILET


  1. Zichlik va uning birliklari

  2. Elektr o‘tkazgichlar va dielektriklar

  3. Quvvati 21 kW bo‘lgan dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti 24 % bo‘lsa, u 2 soatda qancha yoqilg‘i sarflaydi? Yoqilg‘ining solishtirma yonish issiqligi 42 MJ/kg ga teng.

15- BILET

  1. .Jismlarning o‘zaro ta’siri. Kuch .

  2. O‘tkazgichlarda elektr zaryadlarning taqsimlanishi

  3. Massasi 200 g bo‘lgan alyuminiy qozonda 1,5 l suvni 20° C dan qaynagunicha isitishi uchun qancha issiqlik miqdori kerak?

16- BILET



  1. Suyuqlik va gazlarda bosimning uzatilishi

  2. Mexanikaning oltin qoidasi.

  3. AMALIY MASHG’ULOT: Notekis harakatning o‘rtacha tezligini aniqlash .

17-BILET

  1. Tinch holatdagi suyuqlik bosimi

  2. Qattiq jismning erishi va qotishi

  3. Laboratoriya ishi. Elektr zanjirida tok kuchi va kuchlanishni o‘lchash

18-BILET


  1. Braun harakati.

  2. Elektr toki

  3. Gidravlik press katta porshenining yuzi 375 cm2. Uning kichik porsheniga 160 N kuch bilan ta’sir qilib, og‘irligi 12 kN bo‘lgan yukni ko‘tarish uchun kichik porshenning yuzi qanday bo‘lishi kerak (cm2 )?

19-BILET


  1. Tok manbalari

  2. Yorug‘liknıng toʻg‘ri chiziq boʻylab tarqalishi.

  3. Arximed kuchi ta’sirida odamning havodagi og‘irligi nimaga teng? Odamning hajmi 50 dm3, tanasining zichligi 1036 kg/m3. Havoning zichligi 1,2 kg/m3.

20-BILET


  1. Tutash idishlar.

  2. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni

  3. Amaliy mashg‘ulot. Yorug‘likning yassi ko‘zgudan qaytishi

21-BILET

  1. Yorug‘likning qaytishi

  2. Jismlarning issiqlikdan kengayishi

  3. Elektr qarshiligi 30 Ω bo‘lgan o‘tkazgichdan 30 sekundda 15 C zaryad o‘tgan. O‘tkazgich uchlaridagi kuchlanishni toping

22- BILET

  1. Nurlanish . Issiqlik uzatishdan turmushda va texnikada foydalanish.

  2. Elektr tokining ta’sirlari.

  3. Amaliy mashg‘ulot. Turli temperaturali suvlar aralashtirilganda issiqlik almashinuvini kuzatish

23-BILET


  1. Jismlarning suzish shartlari

  2. Yassi ko’zgu

  3. Uzunligi 20 m, ko‘ndalang kesimi 0,4 mm2 bo‘lgan alyuminiy simning uchlariga 7 V kuchlanish berildi. Shu simdagi tok kuchini aniqlang.

24-BILET


  1. Fizik kattaliklar

  2. Arximed qonuni va uning formulasi

  3. Ikki parallel temir yo‘ldan uzunligi 400 m, tezligi 54 km/h bo‘lgan yuk poyezdi va uzunligi 140 m, tezligi 90 km/h bo‘lgan yo‘lovchi poyezdi bir tomonga harakatlanmoqda. Birinchi poyezd ikkinchi poyezdni qancha vaqtda quvub o’tadi?

25- BILET



  1. Modda tuzilishi

  2. Zaryadlangan jismlarning o‘zaro ta’sirlashuvi

  3. Poyezd yo‘lning birinchi yarmini ikkinchi yarmiga nisbatan 8 marta katta tezlikda bosib o‘tdi. Agar poyezdning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligi 32 km h bo‘lsa, yo‘lning ikkinchi yarmidagi tezligi qanday bo‘lgan?

26- BILET

  1. Shisha prizmada yorug’likning tarkibiy qismlarga ajralishi. Kamalak.

  2. Mexanik quvvat va uning birliklari.

  3. Xaritada mashtab 1:2 000 000 deb olingan (ya’ni xarita ichidagi 1 cm tashqaridagi 2000000 cm ga teng). Xaritada ikki shahar orasidagi masofa 4,5 cm bo‘lsa, aslida bu shaharlar orasidagi eng qisqa masofa qancha.

27-BILET

  1. Yorug’likning sinishi

  2. Kinetik energiya

  3. Gidrolokatordan yuborilgan ultratovush impulsi yuborilganidan 0,20 s o‘tgach qaytib kelgan bo‘lsa, dengizning chuqurligi qanday bo‘lgan? (Ultratovush dengiz suvida 1500 m/s tezlik bilan tarqaladi).

28-BILET


  1. Atmosfera bosimi.

  2. Yorug’lik manbalari. Yorug’lik tezligi.

  3. Hajmi 20 l bo‘lgan idishda 45 °C temperaturadagi suv, ikkinchi 30 l hajmli idishda esa 20 °C temperaturali suv bor. Har bir idishdagi suvda qanday issiqlik miqdori bor?

29-BILET


  1. Diffuzliya hodisasi. Uning kundalik turmushda ahamiyati.

  2. Sahna tutini. Solishtirma bug’lanish issiqligi.

  3. Uzunligi 20 m, ko‘ndalang kesimi 0,4 mm2 bo‘lgan alyuminiy simning uchlariga 7 V kuchlanish berildi. Shu simdagi tok kuchini aniqlang.

30- BILET

  1. Oddiy mexanizimlar va ulardan foydalanish.

  2. Tabiatda elektr hodisalari.

  3. Ko‘ndalang kesimi 0,4 mm2 mis simga 3,4 V kuchlanish berilganda, undan 2 A tok o‘tgan bo‘lsa, simning uzunligi qanday bo‘lgan?

Download 127.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling