7-sinf Jahon tarixi (201 7) darsligi asosida tuzilgan testlar to‘plami
Download 39.58 Kb.
|
7-sinf jahon tarixi
7-sinf Jahon tarixi (201 7) darsligi asosida tuzilgan testlar to‘plami
1 . Varvar qabilalari yo‘lboshchilari orasida birinchi bo‘lib Rimdan xristianlik dinini qabul qilgan hukmdorni aniqlang. A) Xlodvig B) Odoakr C) Alarix D) Buyuk Karl 2. O‘rta asrlarda Yevropada senyorning o‘z vassaliga harbiy xizmati evaziga in’om etgan yer-mulklari qanday atalgan? A) konung B) tumori C) benefetsiy D) patta 3. Ilk o‘rta asrlarda qaysi shahar Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan “Oltin ko‘prik” hisoblangan? A) Qohira B) Rim C) Damashq D) Konstantinopol 4. Quyidagilardan janubiy slavyanlar guruhiga kiruvchi xalqni belgilang. A) polyaklar B) ukrainlar C) bolgarlar D) chexlar 5. 1 41 5-yilda Azenkur jangida kimlar to‘qnashgan? A) inglizlar va vizantiyaliklar B) nemislar va fransuzlar C) inglizlar va nemislar D) inglizlar va fransuzlar 6. Qaysi Kiyev Rusi knyazi mahalliy knyazlar sulolalarini tugatib, ularning o‘rniga o‘g‘illarini noiblikka tayinlagan? A) Svyatoslav B) Igor C) Vladimir D) Yaroslav 7. So‘nggi salib yurishlarini qaysi davlat hukmdori amalga oshirgan? A) Angliya qiroli B) Germaniya imperatori C) Fransiya qiroli D) Vizantiya imperatori 8. Xitoy imperatori qo‘shinlari 640-yilda Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Gaochan davlatini mag‘lub etganidan so‘ng kimlarga qarshi uzoq yillar davom etgan urushlarni boshladi? A) uyg‘urlarga B) arablarga C) yaponlarga D) manjurlarga 9. 1 066-yilda Gastings jangida mag‘lubiyatga uchragan hukmdorni toping. A) Alp Arslon B) Vilgelm I C) Roman IV Diogen D) Garold 1 0. Germaniyada imperatorlikni boshlab bergan hukmdor qaysi suloladan bo‘lgan? (X asr) A) lyuksemburglar B) shtaufenlar C) saksoniyaliklar D) frankoniyaliklar 1 1 . Ilk o‘rta asrlarda Xitoyning Suy sulolasi hukmdorlari nima maqsadda Buyuk kanalni qurdirgan? A) Arab xalifaligi bilan savdo va diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida B) Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Gaochan davlatini bosib olish maqsadida C) Xuanxe va Yanszi daryolari oralig‘idagi hududlarni savdo-sotiqqa tortish maqsadida D) Janubiy viloyatlarda tez-tez bo‘lib turgan dehqonlar qo‘zg‘olonlarini bostirish maqsadida 1 2. Qachondan boshlab Angliya parlamenti soliqlar tayinlashdan tashqari, qonunlar ishlab chiqarish va qabul qilishda qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan? A) XV asrdan B) XIV asrdan C) XVI asrdan D) XIII asrdan 1 3. O‘zini ‘‘Iskandar Zulqarnaynning davomchisi” deb atagan Dehli sultonini toping. A) Feruzshoh Tug‘luq B) Shamsiddin Eltutmish C) Muhammad Tug‘luq D) Alouddin Xiljiy 1 4. Quyidagilardan qaysi biri Silla qirolligiga Koreya yarim orolini o‘z hokimiyati ostida birlashtirishiga imkon yaratgan? A) Ko‘chmanchi kidanlar ustidan qozonilgan g‘alaba B) Parxe qirolligining parchalanib ketishi C) Yaponiya tomonidan qirollikni qo‘llab quvvatlanishi D) Xitoydagi Tan sulolasi bilan tuzilgan ittifoq 1 5. O‘rta asrlarda qaysi davlat hukmdorlari o‘z yaqinlarining toj-u taxtga tajovuzidan cho‘chib saroy amaldorlari, lashkarboshilar va jangchilarni ko‘pincha qo‘shni qabilalar vakillaridan olishgan? A) Mali B) Aksum C) Songai D) Gana 1 6. Dehli sultonlaridan kimning hukmronligi davrida o‘tkazilgan soliq islohoti qurg‘oqchilik tufayli muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan? A) Muhammad Tug‘luq B) Feruzshoh Tug‘luq C) Shamsiddin Eltutmish D) Mahmud 1 7. VI asrda qaysi sulolaning hokimiyat tepasiga kelishi bilan to‘rt asr davom etgan Xitoydagi o‘zaro urushlarga chek qo‘yilgan? A) Sun B) Suy C) Yuan D) Sin 1 8. Qaysi davlatning yirik shaharlarida, o‘rta asrlarda (XI asrda) G‘arbiy Yevropadan farqliroq ravishda, maishiy xizmat ko‘rsatish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib aholi spool quvurlar orqali toza suv bilan ta’minlangan? A) Eron B) Yaponiya C) Xitoy D) Hindiston 1 9. Katolik cherkovida insonni gunohlardan xalos etuvchi vosita sifatida sotiladigan maxsus yorliq nima deb atalgan? A) selebat B) inkvizitsiya C) indulgensiya D) autodafe 20. Angliya qiroli Richard II qo‘zg‘olonchilar bilan uchrashuvda qabul qilgan qaysi hujjatda dehqonlarning qaramligini bekor qilishga rozilik bergan edi? A) ‘‘Buyuk ozodlik xartiyasi”da B) “Dahshatli sud kitobi”da C) “Qonunlarning buyuk to‘plami”da D) ‘‘Mayl End” dasturida 21 . XIII asr boshlarida Angliya qiroli tomonidan imzolangan qaysi hujjatda qirol baronlarni qamamaslik, ularning mol-mulkidan mahrum etmaslik shartlarini qabul qilgan edi? A) ‘‘Dahshatli sud kitobi”da B) “Qonunlarning buyuk to‘plami”da C) “Buyuk ozodlik xartiyasi”da D) ‘‘Mayl End” dasturida 22. O‘rta asrlarda Fransiyada markazlashtirish jarayoni ketayotgan paytda qaysi toifa vakillari kuchli qirol hokimiyati tarafdori bo‘lgan? A) yirik diniy va dunyoviy feodallar B) shaharliklar, mayda va o‘rta feodallar C) mayda, o‘rta va yirik feodallar D) shaharliklar, graf va gersoglar 23. X-XI asrlarda qaysi hududlarda yangi shaharlar vujudga kela boshlagan edi? A) Rus yerlarida, Italiyada B) Italiyada, Vengriyada C) Vengriyada, Boltiq bo‘yida D) Fransiyaning shimolida, Niderlandiyada 24. Arablar davrida islom dinini qabul qilmagan aholining qaysi qatlamidan 24 dirhamdan jizya solig‘i olingan? A) o‘rtahollardan B) chorvadorlardan C) hunarmandlardan D) boylardan 25. O‘rta asrlarda qaysi davlatning poytaxti Qoraqurum qal’asi bo‘lgan? A) Qoraxoniylar davlatining B) Mo‘g‘ullar davlatining C) Qarluqlar davlatining D) Koryo qirolligining 26. Afrikada XIV asr oxiridan mustaqil faoliyat yurita boshlagan davlatni toping. A) Songai B) Aksum C) Gana D) Mali 27. O‘rta asrlarda Usmoniylar davlatida faqat turklarga va harbiylarga xizmatda bo‘lgan paytida taqdim etilgan yermulk qanday nomlangan? A) iqto B) tumori C) benefitsiy D) grass 28. Oltin O‘rda xonligida devon ishlarini kim boshqargan? A) ulusbegi B) beklarbegi C) no‘yon D) vazir 29. Salib yurishlari davrida tashkil etilgan diniy-ritsarlik orden a’zolarining asosiy vazifasi nimadan iborat bo‘lgan? A) ibodat va mehnat qilish B) xristianlik dinini targ‘ib qilish C) urush olib boorish D) feodallar qasrlarini qurish 30. XI asrda vujudga kelgan quyidagi qaysi shahar nafaqat Rus, Yevropaning ham yirik hunarmandchilik va savdo markaziga aylangan? A) Novgorod B) Vladimir C) Suzdal D) Kiyev 31 . Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiydirgan Rim papasini aniqlang. A) loan XII B) Lev III C) Grigoriy IX D) Innokentiy II 32. VI asrda vizantiyaliklar tomonidan qaysi hududda poytaxti Ravenna bo‘lgan alohida noiblik tuzilgan? A) Ispaniyada B) Shimoliy Afrikada C) Italiyada D) Yunonistonda 33. Yilnomalarda yozilishicha sharqiy slavyan qabilalari o‘zlariga knyaz yuborishlarini so‘rab kimlarga elchi jo‘natgan? A) vizantiyaliklarga B) frank qabilalariga C) varyaglarga D) germanlarga 34. Sharqiy slavyanlarning taklifiga binoan rusga kelgan uch aka-ukalardan biri Sineus qayerda hukmronlik qilgan? A) Izborskda B) Kiyevda C) Novgorodda D) Beloozeroda 35. Sharqiy slavyanlarning taklifiga binoan rusga kelgan uch aka-ukalardan biri Ryurik qayerda hukmronlik qilgan? A) Izborskda B) Beloozeroda C) Kiyevda D) Novgorodda 36. Qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Vladimir B) Yaroslav C) Ryurik D) Oleg 37. 91 2-945-yillarda hukmronlik qilgan knyaz Igor o‘z knyazligini kimlarga qarshi kurashdan boshlagan? A) bijanak qabilalariga B) Vizantiyaga C) drevlyan qabilalariga D) qipchoqlarga 38. Eron shohi Xisrav I Yamanni istilo qilgach, bu hududdan o‘tgan karvon yo‘li ... . A) ikki daryo oralig‘iga siljidi B) daxlsiz qoldi C) Kichik Osiyo hududlariga siljidi D) savdo aloqalari to'xtab qoldi 39. ‘‘Barcha zodagonlarni bitta ham qoldirmay qirib tashlash” bu qaysi qo‘zg‘olon qatnashchilarining shiori bo‘lgan? A) “Jakeriya” qo‘zg‘oloni B) Sipohilar qo‘zg‘oloni C) Uot Tayler qo!zg‘oloni D) Bobek boshchiligidagi qo‘zg‘oloni 40. Oltin O‘rda xonligida tashqi siyosat masalalari bilan kimlar shug‘ullangan? A) Bosqoq, vazir, no‘yon B) Xon va ulusbegi, no‘yon C) Xon, xonning yaqin maslahatchilari, beklarbegi D) Bosqoq, no‘yon, ulusbegi 41 . Uchinchi salib yurishlarida qaysi davlatlarning hukmdorlari ishtirok etgan? A) Fransiya, Germaniya, Angliya B) Vizantiya, Angliya, Kastiliya C) Italiya, Fransiya, Germaniya D) Kastiliya, Vizantiya, Germaniya 42. Mali aholisi qachon islom dinini qabul qilgan? A) XIII asrda B) X asrda C) XI asrda D) XII asrda 43. Yaponiyaning o‘rta asr shaharlaridan qaysi biri dengiz sohilida qurilganligini aniqlang. A) Xyogo va Sapai B) Otsu va Nagoya C) Nara va Xeyyan D) Nara va Xyogo 44. Germaniya imperatori Fridrix II asos slogan universitetni aniqlang. A) Bolonya B) Kembrij C) Neapol D) Valensiya 45. Yuz yillik urush tugagach, inglizlar qo‘lida qaysi hudud saqlanib qolgan? A) Kale porti B) Provans viloyati C) Bretan hududlari D) Normandiya 46. Quyidagi qaysi hukmdor X asr o‘rtalarida o‘z davlatiga asos solib, qo‘shini bilan xristianlikni qabul qilgan? A) Boleslav Jasur B) Oleg C) Meshko I D) Asparux 47. XII asr o‘rtalarida Yevropa me’morchiligida gotika uslubi qayerda vujudga kelgan? A) Janubiy Fransiyada B) Shimoliy Vizantiyada C) Shimoliy Fransiyada D) Janubiy Vizantiyada 48. 1 445-yilda kitob bosish dastgohini ixtiro qilgan muhandisni toping. A) Rober de Sorbon B) Iogann Gutenberg C) Franchesko Petrarka D) Rojer Bekon 49. XII-XIII asrlarda Fransiyada tashkil etilgan universitetni belgilang. A) Tuluza universiteti B) Bolonya universiteti C) Neapol universiteti D) Sevilya universiteti 50. Xitoyda qaysi sulola davriga oid 500 jildlik solnomalar hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan? A) Yuan B) Suy C) Tan D) Sun 51 . X asr oxirlarida Kiyev Rusi qaysi davlatdan xristianlikning pravoslav mazhabini qabul qilgan? A) Vizantiya B) Muqaddas Rim imperiyasi C) Angliya D) Franklar davlati 52. O‘rta asrlarda Bolgariya qaysi davlatdan xristianlikning pravoslav mazhabini qabul qilgan? A) Franklar davlati B) Vizantiya C) Angliya D) Muqaddas Rim imperiyasi 53. Ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamondoshlari tomonidan ‘‘mehnatsevar chumoli‘‘ deb atalgan tarixiy shaxsni toping. A) Platon B) Piri Rais C) Eyngard D) Alkuin 54. Kirill va Mefodiy tomonidan yaratilgan slavyan alifbosiga qaysi alifbo asos bo‘lgan? A) oromiy alifbosi B) frank alifbosi C) lotin alifbosi D) yunon alifbosi 55. Ilk o‘rta asrlarda Germaniyada Maynts cherkovi me’morchilikning qaysi uslubida barpo etilgan? A) Roman B) Arab C) Vizantiya D) Gotika 56. Quyida berilganlardan qaysilari Koreyada qirol Sechjon Buyuk ishtirokida amalga oshirilgan? 1 ) taqvim tuzildi; 2) Hindistonga dengiz safari uyushtirildi; 3) shamol tezligi va yo‘nalishini belgilaydigan asbob yaratildi; 4) kemasozlikda ulkan yutuqlarda erishildi; 5) yulduzlar xaritasi yaratildi. A) 1 , 3, 5 B) 2, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1 , 4, 5 57. Qaysi ijodkorlarning ijodi bilan XV asr boshlarida Italiyadagi ilk gumanizm davri yakunlangan? A) T.Mor va K.Salyutati B) J.Bokachcho va K.Salyutati C) F.Petrarka va T.Mor D) F.Petrarka va J.Bokachcho 58. Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni kimning asarlaridan bilib olish mumkin? A) Evliya Chalabiyning B) Eyngardning C) Mavrikiyning D) Tatsitning 59. Ilk o‘rta asrlarda Germaniyada roman uslubida qurilgan eng mashhur inshoot (cherkov) larni toping. 1 ) Puate; 2) Axen; 3) Shpeyer; 4) Klyuni; 5) Maynts. A) 2, 3, 5 B) 1 , 3, 4 C) 1 , 4, 5 D) 2, 3, 4 60. Quyidagi xalqlardan qaysi biri matematikaga “nol” ni anglatuvchi belgini hindlardan ham avval kiritgan? A) asteklar B) inklar C) mayyalar D) olmeklar 61 . O‘rta asrlarda Angliyada tashkil etilgan universitetni toping. A) Valensiya B) Tuluza C) Kembridj D) Bolonya 62. O‘rta asrlarda quyidagi qaysi davlat aholisi hayotida ellinizm muhim o‘rin tutgan? A) Muqaddas Rim imepriyasi B) Franklar imperiyasi C) Vizantiya D) Lotin imperiyasi 63. Buyuk Karl davrida tashkil etilgan akademiyada maorifni rivojlantirishda katta xizmat qilgan shaxsni toping. A) Mavrikiy B) Xilperik C) Rober de Sorbon D) Alkuin 64. Arab xalifaligida qaysi sulola hukmronlik qilayotgan davrda vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos solgan? A) Ummaviylar B) Ayubiylar C) Abbosiylar D) Anushteginiylar 65. Ilk o‘rta asrlarda quyidagi qaysi hukmdor farmoniga ko‘ra, ibodatxonalar qoshida xalq maktablari tashkil etilgan? A) Genrix I B) Buyuk Alfred C) Buyuk Karl D) Xlodvig 66. IX asrda Magnavr maktabi qaysi davlatda tashkil etilgan? A) Franklar davlatida B) Vizantiya imperiyasida C) Muqaddas Rim imperiyasida D) Arab xalifaligida 67. Kimning hukmronligi davrida Konstantinopolda Avliyo Sofiya ibodaxonasi barpo etilgan? A) Buyuk Karl B) Aleksey I C) Yustinian I D) Isaak II Angel 68. O‘rta asrlarda arab me’morchilik uslubining durdonasi bo‘lgan Al-Qasar qasri qaysi shaharda qurilgan? A) Granadada B) Qohirada C) Sevilyada D) Damashqda 69. Rivojlangan o‘rta asrlarda insonni o‘rganishni o‘zlarining asosiy vazifalari deb bilganligi uchun yangi madaniyat arboblarini nima deb atashgan? A) gumanistlar B) utopik sotsialistlar C) puritanlar D) ma’rifatparvarlar 70. Asteklar poytaxti bo‘lgan qaysi shaharda har yili madhiya, qissalar yozadigan shoir-qo‘shiqchilar ko‘rikmusobaqalari o‘tkazilib, g‘oliblar mukofotlangan? A) Chichen-Itsa B) Kusko C) Tenochtitlan D) Niara 71 . Aksumda IV asrdayoq mahalliy yozuv islohoti o‘tkaziladi. Bu alifbo qaysi davlatda hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan? A) Beninda B) Efiopiyada C) Ganada D) Malida 72. O‘rta asrlarda G‘arbiy Sudan xalqlari madaniyatining yuksak taraqqiyotida kimlarning ta’siri katta bo‘lgan? A) vizantiyaliklarning B) angl-sakslarning C) slavyanlarning D) arablarning 73. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan hududda o‘rta asrlarda tashkil topgan davlatni aniqlang. A) Gana davlati B) Inklar davlati C) Aksum davlati D) Asteklar davlati 74. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan hududda tashkil topgan, IV-V asrlarda o‘zining yuksalish davrini boshidan kechirgan davlatni aniqlang. A) Aksum B) Mali C) Gana D) Songai 75. Ilk o‘rta asrlarda xaritada yulduzcha bilan ko‘rsatilgan hududda tashkil topgan davlatni belgilang. A) Muqaddas Rim imperiyasi B) Vizantiya imperiyasi C) Kiyev Rusi D) Uesseks qirolligi 76. Xaritada yulduzcha bilan ko‘rsatilgan hududda vujudga kelgan davlatni toping. A) Sin davlati B) Koshala davlati C) Parxe davlati D) Shan davlati 77. X asrda qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan hududda, lashkarboshi Van Gon o‘z sulolasiga asos solgan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 78. O‘rta asrlarda xaritada yulduzcha bilan belgilangan hudud(davlat)da bunyod etilgan me’moriy inshootni aniqlang. A) Avliyo Mark ibodatxonasi B) Bibi Maryam ibodatxonasi C) al-Hamro saroyi D) Hasan masjidi 79. O‘rta asrlarda xaritada yulduzcha bilan belgilangan hudud(davlat)da bunyod etilgan me’moriy inshootni aniqlang. A) Avliyo Mark ibodatxonasi B) Hasan masjidi C) al-Hamro saroyi D) Bibi Maryam ibodatxonasi 80. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan davlat(hudud)da XV asrda hokimiyat tepasiga chiqqan sulolani toping. A) Sayyidlar B) Tyudorlar C) Valualar D) Gabsburglar 81 . Xaritada yulduzcha bilan ko‘rsatilgan hudud (davlat)da hukmronlik qilgan hukmdorni toping. (O‘rta asrlarda) A) Buyuk Karl B) Otton I C) Yustinian I D) Buyuk Alfred 82. O‘rta asrlarda xaritada yulduzcha bilan belgilangan hudud(davlat)da bunyod etilgan me’moriy inshootni aniqlang. A) Xori monastiri B) Laax monastiri C) Dojlar saroyi D) Kordovadagi masjid Download 39.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling