7-sinf mavzusida bir soatlik dars mavzusi: Bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalarni yechish. Darsning maqsadi


Download 116 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2020
Hajmi116 Kb.
#102297
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bir nomalumli birinchi darajali tengl

Bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalarni yechish” (7-sinf) mavzusida bir soatlik





DARS MAVZUSI: Bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalarni yechish.

Darsning maqsadi:

ta’limiy: O`quvchilarni bir noma’lumli chiziqli tenglamalarni yechish usuli ( Al – Xorazmiy usuli ) bilan tanishtirish.

tarbiyaviy: O`quvchilarda bir noma’lumli chiziqli tenglamalarni yechishning Al – Xorazmiy usuli bilan tanishtirib, ularda vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish, ota-bobolarimizning jahon fani taraqqiyotiga qo`shgan hissasi haqida tasavvur hosil qilishdan iborat.
Rivojlantiruvchi maqsad: Muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali o`quvchilarni to`liq darsga jalb qilish,qiziqtirish, ulardan olingan fikrni xulosalab, ixcham tushuntirish, muammoning yechimini birga topish.
Dars jihozi: Darslik, dars ishlanmasi, testlar, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar .
Darsning uslubi: Interfaol usul, guruhlarda ishlash, rag`batlantirish orqali o`quvchilar bilimini baholash.

Darsning blok chizmasi


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism

3 minut

“TENGLIK” guruhining taqdimoti

2 minut

“TENGLAMA” guruhining taqdimoti

2 minut

O`quvchilarga “Bir noma’lumli birinchi
darajali tenglamalarni yechish” to`g`risida tushuncha berish

6 minut

Bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalarga doir misollar yechish

12 minut

“AL – JABR”guruhining taqdimoti

3 minut

“VAL – MUQOBALA” guruhining taqdimoti

3 minut

Mavzuga doir sinov misollari

5 minut

Mavzuga doir test sinovi

5 minut

Yakunlar chiqarish

3 minut

Uyga topshiriqlar berish

1 minut


Darsning borishi
Tashkiliy qism: O`quvchilar tug`ilgan yil, oy, kunlari bo`yicha kattadan kichikka qarab yozuv taxtasi yonida saflanadilar va ketma – ket “Tenglik”, “Tenglama”, “Al -jabr”, “Val-muqabala” nomlarini aytadilar. “Tenglik” nomini aytganlar “Tenglik” guruhini, “Tenglama” nomini aytganlar “Tenglama” guruhini, “Al-jabr” nomini aytganlar “Al-jabr” guruhini, “Val-muqobala” nomini aytganlar “Val-muqabala” guruhini tashkil qiladilar. O`quvchilardan mavzu o`tilayotgan sana to`grisida ma’lumotlar so`raladi. Masalan ushbu mavzu 9.10.2010 yilda o`tkazilayotgan bo`lsin.

1. 2010 yil vatanimizda qanday nomlandi? 2.2009 yil yurtimizda qanday nomlangan edi. 3.Oktabr oyida yurtimizda qanday sanalar nishonlanadi.4. Al – Xorazmiy haqida nimalar bilamiz. 5. 9 soni qanday son ?

. Yozuv taxtasining o`ng tomoniga “Tenglik”, “Tenglama”, “Al-jabr” va “Val-muqabala” so`zlari yozilib, har bir guruh darsda ishtirokiga qarab ballar bilan baholanadilar.

TENGLIK” guruhining taqdimoti: Bunda “Tenglik” guruhi Tenglik to`g`risida tushuncha beradilar. Jumladan Sonli ifoda sonlardan tuzilib, arifmetik amallar belgilari bilan birlashtirilgan yozuv ekanligi, “=” belgisi bilan birlashtirilgan ikkita sonli ifoda sonli tenglikni tashkil qiladi. Sonlardan tuzilib, “=” belgisi bilan birlashtirilgan ikkita ifoda tenglik deb ataladi (5 sinf). Agar tenglikning chap va o`ng qismlarining qiymatlari bir xil son bo`lsa, u holda bunday tenglik to`g`ri tenglik deyiladi. Algebraik ifoda sonlar va harflardan tuzilib, amallar belgilari bilan birlashtirilgan ifodadir. Agar algebraik ifodaniga kirgan harflar o`rniga biror sonni qo`yilsa va ko`rsatilgan amallar bajarilsa, u holda natijada hosil qilingan sonni berilgan algebraik ifodaning son qiymati deyiladi. “=” belgisi bilan birlashtirilgan ikkita algebraik ifoda algebraik tenglik deb ataladi.


TENGLAMA” guruhining taqdimoti: Bunda “Tenglama” guruhi Tenglama haqida tushuncha beradilar. Jumladan, Harf bilan belgilangan noma’lum son qatnashgan tenglik tenglama deyiladi. Tenglik belgisidan chap yoki o`ng qismidagi har bir qo`shiluvchi tenglamaning hadi deyiladi. Tenglamaning ildizi deb , noma’lumning shu tenglamani to`g`ri tenglikka aylantiradigan qiymatiga aytiladi. Tenglamani yechish -uning barcha ildizlarini topish yoki ularning yo`qligini ko`rsatish demakdir. ax=b ko`rinishdagi tenglama chiziqli tenglama deyiladi. Bunda a va b – berilgan sonlar, x – noma’lum son. Agar a≠0 bo`lsa, bu tenglama yagona ildizga ega: x = yoki x = b : a; agar a=0, b=0 bo`lsa, chiziqli tenglama cheksiz ko`p ildizga ega bo`ladi. Bu holda 0 ∙ X = 0 ifodada x ning o`rniga istalgan son qo`yilsa, tenglamaning chap va o`ng qismlari o`zaro teng bo`laveradi; agar a=0, ammo b≠0 bo`lsa tenglama yechimga ega bo`lmaydi.
Yangi mavzu bayoni: O`quvchilarga quyida tayyorlangan materiallar asosida tushuncha beriladi: Al – Xorazmiyning “ Kitob al – muxtasar fi hisob al – jabr val – muqabala” asaridagi al –jabr musbat hadlarni tiklash, ya’ni manfiy hadlarni tenglamaning bir qismidan ikkinchi qismiga musbat qilib o`tkazishni , val-muqabala esa tenglamaning ikkala qismidan teng hadlarni tashlab yuborishni bildirgan.Bu bir noma’lumli tenglamalarni yechish to`g`ri tengliklarning xossalariga asoslanganini ko`rsatadi:

1. Agar to`g`ri tenglikning ikkala qismiga bir xil son qo`shilsa yoki ikkala qismidan bir xil son ayirilsa, u holda yana to`g`ri tenglik hosil bo`ladi.

2. agar to`g`ri tenglikning ikkala qismini nolga teng bo`lmagan ayni bir songa ko`paytirilsa yoki bo`linsa, u holda yana to`g`ri tenglik hosil bo`ladi.

Tenglamaning asosiy xossalari:

1-xossa. Tenglamaning istalgan hadi ishorasini qarama – qarshisiga o`zgartirib, uning bir qismidan ikkinchi qismiga o`tkazish mumkin.

2-xossa. Tenglamaning ikkala qismini nolga teng bo`lmagan bir xil songa ko`paytirish yoki bo`lish mumkin.

Bu xossalar bir noma’lumli istalgan tenglamani yechish imkonini beradi:


  1. noma’lum qatnashgan hadlarni tenglikning chap qismiga, noma’lum qatnashmagan hadlarni esa o`ng qismiga o`tkazish lozim;

  2. o`xshash hadlarni ixchamlash kerak;

  3. tenglamaning ikkala qismini noma’lum oldida turgan koeffitsiyentga ( agar u nolga teng bo`lmasa) bo`lish kerak.


Bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalarga doir misollar yechish:

№ 85 – 87 – misollar yechiladi.

85-misol. Tenglamani yeching.

1) 11x = 50 2) -9x = 243 3) 4x = 0,24 4) 7x = 7,063



x = x = 243: (-9) x = 0,24 : 4 x = 7,063:7

Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling