7-sinf monitoring uchun test I -variant


Download 107.72 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi107.72 Kb.
#1313505
  1   2
Bog'liq
7-sinf yangi darslikdan monitoring uchun test 1-variant


7-sinf monitoring uchun test I -variant
1. O'simliklar tomonidan bakteriyalarga qarshi ishlab chiqariladigan moddani belgilang?
A)gerbitsid B)fitonsid C)auksin D)toksin
2.Qaysi element o'simlikka yetishmasa barg markazida yashil dog'lar , chetlarida esa sariq dog'lar paydo bo'ladi?
A) Mis B) Magniy C) Marganes D) Molibden
3.Geterotrof organizmlarning qanday guruhlari mavjud?
A)avtotrof,saprofit, miksotrof B)parazit,saprofit C)golozoy,saprofit,parazit D)miksotrof,parazit
4.Stvol tipidagi nerv sistemaga ega bo'lgan organizmni aniqlang?
A)yomg'ir chuvalchangi B)gidra C)yashil bronza qo'ng'izi D)oq planariya
5.Refleks yoyidagi nerv markazining vazifasini to'g'ri belgilang?
A)to'qima va organlarda joylashgan bo'lib, tashqi va ichki ta'sirlar orqali qo'zg'aladi
B)retseptorning qo'zg'alishidan hosil bo'lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi
C)oraliq neyronlardagi qabul qilingan nerv impulslari tahlil qilinadi
D)qo'zg'alishni ishchi organga yetkazadi
6. So'rg'ich ildizlarga ega o'simliklarni ajrating: 1)fikus; 2)lavlagi; 3)yantoq; 4)shumg'iya; 5)banyan daraxti; 6)evkalipt; 7)zarpechak; 8)nepentes.
A)1,4,5 B)2,7,8 C)4,7 D)3,6
7.Qaysi javobda odamning ingichka ichakda parazitlik qiladigan chuvalchang berilgan?
A)nematoda B)askarida C)jigar qurti D)zuluk
8.Qaysi o'simlikda ildizlarning umumiy uzunligi 600 km ni tashkil etgan?
A)yantoq B)makkajo'xori C)javdar D)bug'doy
9. O'simlik organlarining ta'sir etuvchi omil tomon yo'nalgan holda o'sishi nima deyiladi?
A)taksis B)nastiya C)tropizm D)tigmotropizm
10. Metanefridiy nima?
A)o'rgimchaksimonlar va hasharotlar sinfi vakillarining ayirish sistemasi
B)o'simliklar tomonidan bakteriyalarga qarshi ishlab chiqarilgan modda
C)halqali chuvalchanglar tipi vakillarining ayirish sistemasi
D)buyrakning ish bajaruvchi asosiy tuzilmasi
11.Qaysi organizmda qon gazlar almashinuvida ishtirok etmaydi?
A)qisqichbaqa B)yomg'ir chuvalchangi C)chigirtka D)suv shillig'i
12.Qaysi hayvonda tomoq pastga tortilganda havo burun teshigi va og'iz bo'shlig'i orqali o'pkaga o'tadi?
A)zog'ora baliqda B)ildam kaltakesakda C)baqada D)toshbaqada
13.Bolalarda qaysi yoshdan boshlab sut tishlari doimiy tishlar bilan almashina boshlaydi?
A)10-12 yoshdan B)6-9 yoshdan C)7-8 yoshdan D)9-11 yoshdan
14.Passiv oziqlanish xos bo'lgan organizmni aniqlang?
A)sher B)burgut C)meduza D)kiyik
15.Bargni rangsizlantirish uchun qaysi moddadan foydalansak bo'ladi?
A)yod B)kraxmal C)spirt D)glukoza
16.Qaysi neyronlar nerv impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga va muskullarga o'tkazadi?
A)sezuvchi neyronlar B)oraliq neyronlar C)harakatlantiruvchi neyronlar D)aralash neyronlar
17.Protonefridiy qanday hayvonlarga xos?
A)halqali chuvalchanglar B)yassi chuvalchanglar C)molluskalar D)umurtqalilar
18.Rafleziya,devpechak,zarpechak,shumg'iya ...............................o'simliklar hisoblanadi?
19.Odamlar doimiy tishlar soni 32 ta. Shundan kurak tishlar- , qoziq- , kichik oziq tishlar - , katta oziq tishlar tashkil etadi?
20.Membrana orqali suvning o'tishi nima deyiladi?
21. Quyidagi rasmda qanday tipga kiruvchi hayvonlar tasvirlangan?

22.Ilonlar ba'zan o'z tanasidan bir necha barobar katta oziqni yutib yuboradi. Bu qanday sodir bo'lishini tushuntiring?
23.Refleks yoyi qismlarini(5 ta) ketma -ketlikda to'g'ri yozing?
24.Tirik organizmlar tomonidan modda va energiyaning o'zlashtirilishi nima deyiladi?
25.Immun sistemasini nima tashkil etadi?



Download 107.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling