7-sinf nazorat ishi №2


Download 42.36 Kb.
bet1/9
Sana29.01.2023
Hajmi42.36 Kb.
#1140314
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NAZORAT ISHI - 2 fizika


7-sinf NAZORAT ISHI №2__________________
Nazorat shakli:Test o’tkazish
1. Mexanik harakat deb qanday harakatga aytiladi?
A) Jismlarning harakatiga B) Jismning boshlang‘ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziqqa C) Jismlarning fazodagi vaziyati boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga D) Jismning harakatiga qaysi jismga nisbatan qaralayotgan bo‘lsa
2.“Neksiya” yengil avtomashinasi Qarshidan Buxorogasha bo‘lgan 150 km yo‘lni 2,5 soatda bosib o‘tdi. Avtomobilning o‘rtacha tezligini toping.
A) 1 B) 60 C) 2,5 D) 2
3. Harakat davomida jism tezligi o’zgaruvchan bo’lsa, bunday harakat ________ _______ deyiladi.
A)…notekis harakat B)…tekis harakatC)…aylana harakat D) …ilgarilanma harakat
4. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan “Neksiya” avtomobili 25 s davomida tezligini 36 km/soatdan 72 km/soatga oshirdi. “Neksiya” avtomobilining tezlanishini toping (m/s2).A) 10 B) 0,4 C) 25 D) 36
5. 40 m/s tezlik necha km/soat bo‘ladi?
A) 144 B) 54 C) 36 D) 72
6. “Tiko” avtomobili o‘rnidan qo‘zg‘alib 12 sekund ichida o‘z tezligini 108 k/soatga yetkazdi. Uning tezlanishi nimaga teng (m/s2)?
A) 12 B) 2,5 C) 9 D) 36
7. 3 m/s tezlik bilan tekis harakat qilayotgan jism 20 sekundda qancha masofani bosib o’tadi? A) 50 m B) 60 m C) 70 m D) 80 m
8 Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/soat, qaytishda esa 30 km/soat tezlik bilan harakatlandi. Reys davomida o‘rtacha tezlikni toping (km/soat).
A) 34,3 B) 34 C) 33,5 D) 35
9. Joyidan qo’zg’alib, 0,3 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism 10 s da qancha yo’lni bosib o’tadi (m)? A) 25 B) 5 C) 10 D) 15
10. Gapni to‘ldiring. “Jism trayektoriyasining ma’lum bir nuqtasidagi yoki vaqtning aynan bir lahzasidagi ... deyiladi”.
A) …tezligi, o‘rtacha tezlik… B) …tezligi, oniy tezlik… C) …tezlanish, o‘rtacha tezlanish… D) …tezlik yo‘nalishi, tezlanish yo‘nalishi….
11. Agar raketa 50 m/s2 tezlanish bilan harakat boshlagan bo‘lsa, 2 s dan so‘ng uning tezligi qanday bo‘ladi (m/s)? A) 12,5 B) 25 C) 50 D) 100
12. Tezlikni o’lchovchi asbobni toping.
A) Dinamometr B) Spidometr C) Radar D) B va S javoblar to’g’ri
13. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakat qilib, tepalikka chiqmoqda. Uning o‘rtacha tezligi 10 m/s, oxirgi tezligi 2 m/s bo‘lsa, boshlang‘ich tezligi qanday (m/s) bo‘lgan? A) 18 B) 20 C) 15 D) 10
14. Sportchi yugura boshladi va ma’lum vaqtdan keyin sekinlashib to‘xtadi. Bunda u qanday holatda tezlanuvchan, qanday holatda sekinlanuvchan harakat qiladi.
Javob: _______________________________________.
15. Tekis o’zgaruvchan harakatda bosib o’tgan yo’l formulasini yozing.
Javob: _______________________________________.



Download 42.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling