7-sinf ona tili. I chorak. 1-bsb topshiriqli diktant
-sinf ona tili. I chorak 1- BSB Matn ustida ishlash (25 ball)
Download 37.28 Kb.
|
BSB-1. ONA TILI
8-sinf ona tili. I chorak 1- BSB Matn ustida ishlash (25 ball)
Nurota tumani Navoiy viloyatida joylashgan bo‘lib, bu yerda Nur qal’asi, qal’aning mudofaa devori, Chilustun yodgorliklari saqlanib qolgan. Bu yodgorliklar haqida Nurotaga borganingizda, albatta, bilib oling. Men esa sizga bugun Nurota chashmasi hamda baliqlari haqida gapirib bermoqchiman. Chashma o‘zining sirliligi hamda tez oqishi bilan ancha mashhur. Chashma suvi ko‘zni qamashtiradigan darajada yaltirab turadi. Bunga sabab suv tarkibidagi fosfor moddasidir. Chashma suvi minglab kilometr yer ostidan otilib chiqadi. Suv qishin-yozin bir xil haroratda — 19,5 darajada iliq bo‘ladi. Shuning uchun hech ham muzlamaydi. Aytishlaricha, tarkibida oltin moddasi bo‘lgani uchun bu suv turli kasalliklarga davo ekan. Bugungi kunda ko‘plab ziyoratchilar va xorijdan kelgan mehmonlar shu muqaddas chashmadan suv olib ketadilar. Chashmadagi baliqlar esa ko‘zni quvontiradi. Ular o‘rtacha o‘n yetti yil yashaydi. Baliqlar umri davomida chashma suvi sizib chiqadigan ariqchalarni qumlardan tozalaydi. Suvning bir me’yorda oqishini ta’minlab, hatto uni filtrlab beradi. Shu sabab bo‘lsa kerak, odamlar bu baliqlarni “avliyo baliq” deb ham atashadi. Qizig‘i shundaki, baliqlarga hech kim yemish tashlamaydi. Ular suv tarkibidagi ozuqalar bilan oziqlanadi. Bu baliqlarni iste’mol qilib bo‘lmaydi. Chunki ularning ichidagi uvuldirig‘i zararli hisoblanadi. Uni tozalamasdan iste’mol qilgan odamning terisida har xil dog‘lar paydo bo‘ladi. Agar ko‘proq iste’mol qilinsa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Aytishlaricha, o‘tgan asr boshlarida yurtimizga bostirib kirgan askarlar mahalliy xalqning ogohlantirishiga qaramay “avliyo baliq”larni ovlab yeyishgan va anchagina ko‘ngilsizliklarga uchrashgan. Bugungi kunda ushbu ziyoratgoh obod qilingan. Yon-atroflariga xiyobonlar, favvoralar va gulzorlar barpo etilgan. Sir-sinoatlarga to‘la Nurota chashmasi va ziyoratgohidan xorijlik sayyohlar hamda yurtdoshlarimizning qadami uzilmaydi. Siz ham oila a’zolaringiz bilan yurtimizdagi bu ajoyib ziyoratgohga, albatta, tashrif buyuring. Bularning barchasini o‘z ko‘zing bilan ko‘rganga nima yetsin! Download 37.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling