7-sinf ona tili Tutilmay gapiraman
Download 24.73 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5375561276464310287
7-sinf ona tili Tutilmay gapiraman Darslikka ushbu mavzuning kiritilishi o’quvchilar uchun juda ham yaxshi. Chunki ona tili fanimizning bosh asoslaridan biri nutq malakasi hisoblanadi. Ushbu mavzu orqali o’quvchilarni erkin fikrlashga hamda nutqining ravon va izchil bo’lishiga erishish mumkin. Darslikning menga yoqgan yana bir tarafi shundaki, o’quvchilarga nutq shakllanish malakalarini tushuntirish bilan birga, ularga grammatik jihatda e’tibor bermasdan qolinmagan. Matn berilishi orqali topshiriqlar yaratilgan va gap urg’usi, egalik shakllari borasida o’quvchilarga nazariy bilimlar berilgan. Mavzudagi topshiriqlar mavzu bilan mos kelgan. Lekin men ayrim narsalarni qo’shimcha tarzda kiritardim. Misol uchun, eshitib tushunish uchun mashqlar. Audiomatnlar berilmagan ekan. Agarda audiomatnlar yordamida o’quvchilarga mashhur diktorlar, teleboshlovchilarning nutqlari qo’yib berilsa a’lo natijaga erishish mumkin. Mavzu yuzasidan tuzilgan savol va topshiriqlar oʻquvchining yoshiga toʻla mos keladi, DTS talablariga toʻlaqonli mos. Oʻqituvchi kitobida mavzuning maqsadi, topshiriqlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar hamda ayrim topshiriqlar javobi berilgan. Har bitta topshiriq qaysi koʻnikmani rivojlantirishga qaratilgani va ularni bajarish uchun qaydlar berib oʻtilgan. Download 24.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling