7-sinf o`zbekiston tarixi mukammal qo`llanma


Download 0.82 Mb.
bet1/2
Sana07.08.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1665703
  1   2
Bog'liq
7-class uz without keys


7-sinf o`zbekiston tarixi mukammal qo`llanma


@tarixfanitestlari ikrom otahonov

I bob. O`RTA ASRLARDA YERGA EGALIK QILISH MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI


1-MAVZU : IJTIMOIY-IQTISODIY O`ZGARISHLAR


1. Qadimgi Turon diyori qaysi davlatlar davridan yuksala boshlagan edi ?


A) Qang` va Davan B) Davan va Xorazm
C) Kushon va Parfiya D) Kushon va Qang`

2. Qaysi omil tufayli aholi aholi dehqonchilikdan mo`l hosil olgan ?


A) yerning unumdorligi tufayli
B) ekin maydonlarini sug`orish va ishlov berishning takomillashuvi
C) ko`plab sug`orish tizimlarining qurilishi
D) dehqonchilik an`analari rivojlangani

3. Nima uchun qishloq xo`jalik mahsulotlariga talab ortib borgan ?


1) shaharlarda aholining ko`payib borishi
2) hunarmandchilikning rivoj topishi
3) ichki va tashqi savdoning rivoj topishi
4) shaharlarda hosildorlikning kamayib borishi va ekin yerlarini qurilish maydoniga aylanganligi
A) 1,3,4 B) 2,4 C) 1,2,3 D) 1,4

4. Mamlakatda qanday hududlarda yashovchi aholining o`troq hayot tarziga o`tishi kuchaygan ?


A) tog` va tog`oldi B) dasht va tog`oldi
C) cho`l D) qo`riq va bo`z

5. Kattagina yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi qanday shakllangan ?


A) kadivar va kashovarzlarni yerini tortib olish hisobiga
B) yerlarda yuqori hosil olish va tadbirkorlik hisobiga
C) hukmdor tomonidan umrbod foydalanishga berilishi natijasida
D) yangi yerlarni o`zlashtirishda ishtirok etgan yuqori tabaqa vakillari yerlarning ma`lum qismiga mrosiy egalik qilishgan hisobiga

6. Yangi yerlarni o`zlashtirishda kimlar ishboshi sifatida faol qatnashdilar ?


1) mulkdor tabaqa vakillari 2) harbiylar
3) davlat vazirlari 4) qishloq oqsoqollari
5) qabila boshliqlari
A) 1,4,5 B) 2,3,4 C) 1,2,3 D) 2,4,5

7. Ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaganlar o`sha davrda qanday atalgan ?


A) chandal B) plebey C) dehqon D) ilot

8. Qabila boshliqlari , ishboshilar o`zlariga yer maydonlarini qayerdan ajratib olganlar ?


A) sug`orish tarmoqlarining yuqori qismidan, to`g`on boshi atrofidan
B) sug`orish tarmoqlarining quyi qismidan, to`g`on ortidan
C) o`zlashtirilgan yerlar ,asosan, balandlik joylardan tanlab olingan
D) nisbatan yuqori hududlardan olingan bo`lib, keyinchalik bu yerlarga istehkom ham qurilgan

9. No`to`g`ri ma`lumotni aniqlang


A) Dehqonlar qishloqlarda hashamatli qasr va saroylarga,savdo va hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina xo‘jalikka ham ega bo‘lganlar
B) Shahar ilk o`rta asrlardan boshlab hunarmandchilik,savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylangan
C) Vohalarda yirik sug‘orish tarmoqlari qazilib, sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaygan
D) Suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalak kabi suv inshootlari kashf etilgan

10. Har bir katta yer egasining qancha maxsus askarlari bo`lgan ?


A) 5 tadan 10 tagacha
B) 30-40,50-100 va ba`zan undan ortiq
C) 1000 dan o`n minggacha va ba`zan undan ko`p
D) 300 nafardan 500 nafargacha bo`lishi belgilab qo`yilgan

11. V asr o`rtalariga kelib….?


A) ekin yerlarining ko`pchilik qismi dehqonlar qo`lida edi
B) ziroatkor vohalardagi sug`oriladigan yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qo`lida edi
C) kadivarlar butkul kashovarzlarga aylanishdi
D) kashovarzlar bora-bora dehqonga qaram qatlam-chokarga aylanib qolishdi

12. Moslashtiring


1) dehqon 2) kashovarz 3) kadivar
a) yersiz va erksiz qaram aholi
b) erkin ziroatchi c) yerli mulkdor
A) 1-c,2-a,3-b B) 1-c,2-b,3-a
C) 1-b,2-c,3-a D) 1-a,2-b,3-c

13. Dehqon qo`lidagi maxsus askarlar guruhi .?


A) kadivar B) chokar C) chanoh D) borgoh

14. Dehqonning maxsus askariy guruhiga oid bo`lmaganini aniqlang


A) baquvvat va abjir hamda xojasiga sadoqatli o`spirinlardan tanlab olingan
B) bunday guruh bilan dehqonlar yov hujumi vaqtida dushmanga qarshi yurishlarda qatnashgan
C) yurishlardan bo`sh patlarda harbiy guruh dehqon xo`jaligidagi tartibga qarab turgan
D) yaxshi xizmat qilgan askarlarni keyinchalik kashovarzga aylantirilgan

15. Quyidagi qaysi atama o`z viloyatida hatto mustaqil hokim bo`lib olganligi to`g`risida ma`lumot bor ?


A) dehqon B) chokar C) kashovarz D) oqsoqol

2-MAVZU : ilk o`rta asrlarda xorazm,xioniylar, kidariylar davlatlari


1. Zaiflashib borayotgan qaysi davlatdan birinchi bo`lib Xorazm ajralib chiqdi ?


A) Davan B) Kushon C) Qang` D) Parfiya

2. III asr o`rtalarida ?


A) Xorazm davlatining poytaxti Tuproqqal`a shahar xarobasining o`rnida bo`lgan
B) Xorazmni mahalliy afrig`iylar boshqara boshlaydilar
C) Xorazm davlati parchalanib ketadi
D) Xorazmga eftallar bostirib kiradilar

3. Xorazm quyidagi qaysi davlatlar davrida o`zining siyosiy mustaqiliigini saqlab qolgan ?


1) xioniylar 2) kidariylar 3) eftallar
4) Turk xoqonligi 5) Qang` davlati
A) 1,3,5 B) 3,4,5 C) 1,2,5 D) 1,2,3,4

4. Tuproqqal`a qayerda joylashgan edi ?


A) Qashqadaryo hududida
B) Qoraqalpog`istonning Ellikqal`a tumanida
C) Surxondaryoda, Sheroboddan uncha uzoq bo`lmagan hududda
D) Xorazmning Kat shahri atroflarida

5. Xorazm quyidagi qaysilar bilan diplomatik aloqalar olib borgan edi ?


A) Venetsiya va bulg`orlar
B) Vizantiya va farg`onaliklar
C) Vizantiya va turklar
D) Turk xoqonligi va Eftallar

6. Xioniylar davlati qaysi hududlarni o'z ichiga olgan edi ?


1) Shimoliy Hindiston 2) Afg`oniston
3) Sharqiy Turkiston 4) Xurosonning bir qismi
5) Shimoliy Xitoy
A) 2,3,4 B) 1,2,5 C) 1,2,4 D) 1,2,3,4

7. Xorazmning hukmronlik ramzlarini aniqlang


A) burgut va lochin B) bars va tog` sheri
C) arslon va bo`ri D) ayiq va yo`lbars

8. Noto`g`ri ma`lumotni aniqlang


A) Xorazmni ajralib chiqqanidan son`g, dastlab afrig`iy sulolasi boshqaradi

B) Tuproqqal`a Ellikqal`a tumanida joylashgan


C) Afrig`iylar siulolasi asoschisi Afrig`
D) Xorazmdagi tangalar old qismiga suvoriy,ortiga shoh surati tushirilgan

9. Xorazmda qaysi sohalar yuqori darajada rivoj topgan ?


1) sug`orma dehqonchilik 2) hunarmandchilik
3) chorvachilik 4) savdo-sotiq
5) ilm-fan,san`at 6) haykaltaroshlik
7) og`ir sanoat 8) metallurgiya
A) 1,3,5,6,7,8 B) 1,2,3,4,5,6
C) 2,3,4,6,8 D) 4,5,6,7,8

10. Afrig`iylar Xorazmda qaysi asrlarda hukmronlik qilishgan ?


A) IV-X asrlar B) V-IX asrlar
C) III-VII asrlar D) X-XI asrlar

11. O`rta Osiyoda xioniylar qaysi davrda hukmronlik qilishgan ?


A) V asr boshlaridan VIII asr o`rtalarigacha
B) IV asrning 70-yillaridan V asrning ikkinchi yarmigacha
C) III asr boshlaridan IX asrga qadar
D) IV asr 60-yillaridan XII asr 30-yillarigacha

12. Xioniylar davlatiga mansub voqealarni to`g`ri ketma-ketlikda joylashtiring


1) Janubga harakat qilishgan
2) Zarafshon vohasini egallashgan
3) Kushon podsholigi o`rnini egallashgan
A) 1,2,3 B) 2,1,3 C) 3,2,1 D) 3,2,1

13. Quyidagi qaysi hududdan qo`lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanga topilgan ?


A) Amudaryo yuqori oqimi B) Zarafshon vodiysi
C) Shimoliy Hindiston D) Anqaqal`a

14. Xioniylar davlati haqidagi to`g`ri hukmni toping


A) Turk xoqonligi tomonidan tugatildi
B) Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalarga ega edi
C) 120 yildan oshiqroq faoliyat yuritgan
D) Sosoniylar bilan 456-yili to`qnashgan

15. V asrning 20-yillarida ?


A) sharqdan Sirdaryo va Orol bo`yi orqali Xorazm va Amudaryo havzasiga toxarlar kirib kelgan
B) Kidariylar va Sosoniylar o`rtasida to`qnashuv bo`lgan
C) shimoldan Sirdaryo va Orol bo`yi orqali Xorazm va Amudaryo havzasiga toxarlar kirib kelgan
D) Kiariylar davlati tanazzulga yuz tutadi

Mustahkamlash uchun savollar


1. Milodiy 305-yili…..? __________________________


______________________________________________
2.Afrig`iy shohlar qaysi yildan kumush tangalar zarb etganlar ? ______________________________________
3. Xorazmda hukmdorlar qanday unvonga sazovor bo`lishgan ? ______________________________

4. Qaysi asrda Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo`lgan ?


_________________________________________

5. Qo`lida burgut qo`ndirilgan tojdor hukmdor tasvirli tanga qayerdan topilgan ?


_________________________________________

6. Xioniylar qaysi qabilalarga mansub edi ?


_________________________________________

7. Xioniylar davlati markazi qayerda bo`lgan ?


_________________________________________

8. Shimoliy Hindiston markazi qayerda edi ?


_________________________________________

9. Toxariylar kimlarning avlodlari edi ?


_________________________________________

10. Toxarlarga kim boshchilik qilgan va ular suning uchun qanday atalgan ? ____________________________


11. Toxarlar qaysi davlatning janubida o`z hukmronliklarini o`rnatganlar ?


_________________________________________

12. Kidariylar davlatining poytaxti qayer edi ?


________________________________________

13. 456-yili ? ___________________________


14. Kidariylar qayerda 75 yil hukmronlik qilganlar ?


_______________________________________

15. " Xorazmshoh" unvonini dastlab qaysi sulola qabul qilgan ? __________________________________


3-Mavzu : Eftallar davlati.Eftallar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot


1. Eftaliylar davlatining datlabki poytaxti qaysi shaharlar bo`lgan ?


A) Poykand va Romiton B) Varaxsha va Navkat
C) Varaxsha va Qiziltepa D) Poykant va Varaxsha

2. O`rta Osiyoda Eftaliylar davlati qaysi asrlarda faoliyat ko`rsatgan ?


A) IV asr 70-yillaridan V asrning ikkinchi yarmigacha
B) V asrning 20-yillaridan VI asr boshlarigacha
C) V asr 20-yillaridan VI asr 70-yillarigacha
D) V asr 40-yillaridan VI asr 50-yillarigacha

3. Eftaliylar davlati V asr ikkinchi yarmi va V asr boshlarida qaysi hududlarni o`z ichiga olgan edi ?


1) O`rta Osiyo 2) Yaqin Sharq 3) Janubiy Mo`g`uliston
4) Afg`oniston 5) Shimoliy Hindiston

6) Sharqiy Turkiston


A) 1,2,5,6 B) 1,4,5,6 C) 2,3,5,6 D) 2,3,4,6

4. Eftallarga qarshi yurish natijasida qaysi sosoniy hukmdor halok bo`ladi ?


A) Pero`z B) Xisrav I C) Kubod D) Vaxshunvar

5. Eftallar tomonidan o`zaro aloqa o`rnatish maqsadida Xitoyga elchi yuborilgan yili qaysi davlatlar o`rtasida urush sodir bo`lgan ?


A) Kidariylar va Sosoniylar B) Toxariylar va Xioniylar
C) Xioniylar va Sosoniylar D) Eftallar va Xioniylar

6. Eftaliylar davlati boshqaruviga xos bo`lgan javobni aniqlang


1) saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan
2) taxt otadan bolaga qolish an`anasi bo`lmagan
3) viloyatlarda boshqaruv mahalliy xonadonlar tomonidan olib borilgan
4) hukmdor Sho deb atalgan
5) davlatni faqat Kengash boshqargan , hukmdor harbiy yurishlargagina boshchilik qilgan
A) 1,3,5 B) 2,3,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4

7. Qaysi yillar davomida Eftallar davlati Turk xoqonligi va Eron sosiylarining zarbasiga uchragan va tamomila barbod bo`lgan ?


A) 555-557-yillarda B) 456-459-yillarda
C) 563-567-yillarda D) 523-525-yillarda

8. Quyidagi qaysi eftallar davrida qurilgan suv manbalari Toshkent vohasi va Janubiy Qozog`iston yerlarining bir qismini hozir ham suv bilan ta`minlab turadi ?


A) Zog`ariq va Bo`zsuv , Darg`om
B) Zarafshon , Darg`om
C) Xonobod, Xonbandi va Bo`zsuv
D) Quvondaryo, Darg`om va Zovariq

9. Eftaliylar davlatida dehqonchilik, sun`iy sug`orish, chorvachilik, bog`dorchilik va hunarmandchilik ravnaq topishiga qaysi omil asos bo`lgan ?


A) davlatni oqilona boshqaruvi va hukmdorlarning salohiyati
B) harbiy yurishlarda talangan davlatlardan olib kelingan mablag`lar
C) iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo`lga qo`yilishi
D) etnik aholining shundoq ham bu sohada erishgan yututqlariga sharqdan kelgan eftallar madaniyatining qo`shilishi va uning boyishi

10. O‘rta Osiyo aholisining madaniy an’analari qo‘shni mamlakatlar,xususan, qaysi davlatlar tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashib, ilk o‘rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan ?


A) Hindiston va Afg`oniston B) Hindiston va Eron
C) Koreya va Eron D) Afg`oniston va Eron

11. V-VI asrlarda yurtimizda qanday yozuvlar tarqalgan ?


A) so`g`d, xorazm,eftal B) so`g`d, baqtriya,fetal
C) xorazm,eroniy,so`g`d D) xorazm,baqtriya

12. V asr oxiri va VI asr boshlarida qaysi viloyatlarda hashamatli binolari bo`lgan alohida-alohida qo`rg`onlar yuzaga keldi ?


1) Xorazm 2) Sug`d 3) Choch 4) Zarafshon
5) Toxariston 6) Farg`ona
A) 1,2,3,4 B) 2,3,5,6 C) 1,3,5,6 D) 1,2,3,5

13. Qaysi asrda O`rta Osiyoda shishasozlik rivojlangan ?


A) IV asr B) V asr C) VI asr D) VII asr

14. Eftallar qaysi davlatlar bilan bo`lgan xalqaro savdoda faol qatnashgalar ?


A) Hindiston, Koreya va Eron
B) Xitoy, Mo`g`uliston, Turkiya va Genuya
C) Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya
D) Xitoy, Hindiston, Eron va Venetsiya

15. Eftaliylar davlatida taxtni egallashi lozim bo`lgan nomzodni aniqlab beradigan kengash tarkibi kimlardan iborat bo`lgan ?


1) sulolaning mo`tabar namoyondalari
2) barcha qabila boshliqlari
3) saltanatning obro`li a`yonlari
4) harbiy ishda jasorat ko`rsatgan sarkardalar
A) 1,2,3,4 B) 1,2 C) 2,3,4 D) 1,3

Mustahkamlash uchun savollar


1. Yozma manbalarda eftaliylar qanday nomlar bilan atalganlar ? _________________________________


2. Eftallar shohi " Eftalon " , ba`zi manbalarda qanday atalgan ? ____________________________________


3. 456-yilda Eftallar .? _______________________


____________________________________________

4. 484-yilda .? ______________________________


____________________________________________

5. Viloyat boshqaruvida qanday tangalar zarb etilgan ?


___________________________________________

6. Iapk yo`li savdosida eftallarga kimlar raqobatda bo`lganlar ? __________________________________


7. Raqobat tufayli eftallarga kimlar asosan vositachi bo`lganlar ? ___________________________________


8. Tashqi savdoda qanday mahsulotlar bozori chaqqon hisoblangan ? __________________________________


______________________________________________

9. Eftallar davlatida qaysi sabab tu mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga soladi ? ________________________


_______________________________________________

10. Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastavval qaysi sulolaning tangalaridan foydalanganlar ?


______________________________________________

11. Qaysi hudud hokimlarining tangalari ichki savdoda keng muomalada bo`lgan ? ________________________


______________________________________________

12. O`rta Osiyo aholisi qaysi tillarda so`zlashgan ?


______________________________________________

13. Sug`d tili xalqaro til sifatida qayerlarga kirib borgan ?


_____________________________________________

14. Eftallar alifbosi qancha harfdan iborat bo`lgan va qaysi tarafga qaratib yozilgan ? ____________________


15. Eftallar va Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar qaysi dinlarga e`tiqod qilganlar ? ________________________


_______________________________________________

4-mavzu : O`rta Osiyo Turk xoqonligi davrida


1. VI asr o`rtalarida qaysi hududda yashagan turkiy xalqlarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi ?


A) Oltoy va Janubiy Sibir B) Oltoy va Manchjuriya
C) Oloy va G`arbiy Mo`g`uliston
D) Sharqiy Turkiston va Shimoliy Xitoy

2. Eftallar davlatiga turklar yaqinlashganidan foydalangan sosoniylar qaysi hududlarni tortib oldilar ?


A) Balx va Badaxshon B) Toxariston va Chag`oniyon
C) Toxariston va Balx D) Marv va So`g`d

3. Turklar tomonidan eftallar davlati hududlarini egallanishini tartiblang


1) Kesh 2) Choch 3) Buxoro
A) 1,2,3 B) 3,1,2 C) 2,3,1 D) 2,1,3

4. Dastlab qaysi hudud xoqonlikning markazi qilib belgilanadi ?


A) Balx B) Marv C) Oltoy D) Sibir

5. Turk xoqonligi eftallar bilan to`qnashish muqarrar vaqtda qaysi davlatlar bilan yaqinlashadi ?


A) Hindiston va Kidariylar B) Eron va Vizantiya
C) Vizantiya va Hind D) Eron va Iroq

6. Nisbatan keyinroq sodir bo`lganini aniqlang


A) Xusrav I Anushervon hukmronligi yakunlandi
B) turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo`ylarigacha cho`zilgan o`lkalarni egallaydilar
C) Bumin " xoqon " deb e`lon qilinadi
D) turklar eftallar yerlariga bostirib kiradilar

7. Eron shohi qaysi turk hukmdoriga kuyov bo`lib ittifoq mustahkamlangan ?


A) Xusrav I B) Bumin C) Usmon D) Istami
8. 555-yili .?
A) turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo`ylarigacha cho`zilgan o`lkalarni egallaydilar
B) Turk xoqonligiga asos solinadi
C) Eftallar yeriga sosoniylar bostirib kiradilar
D) Xusrav I hokimyatni egallaydi

9. Eftallar davlati zabt etilgach, qaysi hududlar Eron(a) va qaysi hududlar turklar (b ) tomonidan boshqariladi ?


A) Amudaryo o`ng sohillari bo`ylab Kaspiy dengizigacha yerlar ( a), Amudaryoning janubiy qirg`oqlarigacha (b)
B) O`rta Osiyo (a ) , Shimoliy Xitoy va Sharqiy Turkiston(b)
C) Amudaryoning janubiy qirg`oqlarigacha (a) , Amudaryo o`ng sohillari bo`ylab Kaspiy dengizigacha yerlar ( b)
D) Afg`oniston shimoli (a) , Hindiston shimoli ( b)

10. Turk xoqonligi asoschisi ?


A) Bumin B) Istami C) Xusrav I D) Usmon I

11. Noto`g`ri ma`lumotni aniqlang


A) Mamlakat ko‘chmanchi chorvador va
o‘troq dehqon aholiga bo‘lingan
B) Ko‘chmanchi chorvador aholi“budun” yoki “qora budun” nomlari bilan yuritilgan
C) O‘n o‘q budun yoki elning hokimi “yabg‘u” yoki “jabg‘u” nomi bilan atalardi
D) O‘n o‘q el sardori bir tuman (ya’ni ming) suvoriyni safga tortar edi

12. Sharqiy turk xoqonligi tarkibiga kirgan o`lkalarni aniqlang


1) Shimoliy Xitoy 2) Yettisuv 3) Urxun havzasi
4) Janubiy Sibir 5) Sharqiy Turkiston
6) Sirdaryo va Amudaryo havzalari
A) 1,3,4 B) 2,4,6 C) 1,3,5 D) 2,5,6

13. Qachon Turk xoqonligi ikkiga bo`linib ketadi?


A) VI asr 80-yillari oxirida
B) V asrning ikkinchi yarmida
C) VII asrning birinchi choragida
D) VII asr 20-yillarida

14. Qaysi davlatlar bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og`irlashtirgan ?


A) Vizantiya, Xitoy va Hindiston
B) G`arbiy Rim , Hindiston va Eron
C) Vizantiya, Xitoy va Eron
D) Kushon, Xitoy va Eron

15. G`arbiy turk xoqonligi tarkibiga kirgan o`lkalarni aniqlang


1) Shimoliy Xitoy 2) Yettisuv 3) Urxun havzasi
4) Janubiy Sibir 5) Sharqiy Turkiston
6) Sirdaryo va Amudaryo havzalari
A) 1,3,4 B) 2,4,6 C) 1,3,5 D) 2,5,6

Mustahkamlash uchun savollar


1. G`arbiy Turk xoqonligi markazi qasi hudud edi ?


__________________________________________

2. Turklarning g`arbga yurishlariga kim boshchilik


qilgan ? ____________________________________

3. Dastlabki yurishlar natijasida Eftallar davlatining qaysi tarafi xavf ostida qoladi ? ______________________


4. Eron askarlarining qaysi shaharga hujumi ko`magida turklar Eftallar yerlariga bostirib kiradilar ?


___________________________________________

5. Eftallar qo`shini necha kunlik shiddatli janglardan so`ng mag`lub etiladi ? __________________________


6. Qaysi yillar davomida qilingan hujumlar natijasida Eftallar davlati barbod bo`ladi ? ____________________


7. Eron qaysi hududlardagi Ipak yo`li nazoratini


o`rnatadi ? ____________________________________

8. Turk xoqonligi qaysi hududlarda savdo karvonlari xavfsizligini o`z nazoratiga oladi ?


______________________________________________

9. Turk xoqonligi qaysi davlt vositachiligida Vizantiya bilan savdo qiladi ? ______________________________


10. VI asrda qaysi hududlarda o`ndan ortiq voha hokimliklari mavjud edi ?


______________________________________________

11. Voha hokimliklarining iqtisodiy va siyosiy boshqaruvini kim amalga oshirar edi ?


_____________________________________________

12. Yasoq bu ? _______________________________


13. Qaysi omilar xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan ? _____________


_____________________________________________

14. G`arbiy Turk xoqonligi markazi qayer edi ?


___________________________________________

15. Shod bu ? _________________________________


5-Mavzu : G`arbiy Turk xoqonligi


1.G`arbiy turk xoqonligi aholisining kattagina qismi bilan mashg`ul edi ?


A) chorvachilik B) sarroflik va dehqonchilik
C) o`troq dehqonchilik,hunarmandchilik va savdo-sotiq
D) memorchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq

2. Qaysi asrga kelib G`arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan ?


A) VI asrning ikkinchi choragida
B) V asrning birinchi yarmida
C) VII asrning birinchi choragida
D) VII asrning ikkinchi yarmida

3. G`arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan davrda uning chegarasini aniqlang


A) sharqda Oltoy, janubda Sind
B) shimolda Xitoy, janubda Urxun
C) sharqda Vizantiya ,g`arbda Shimoliy Xitoy
D) shimolda Hindiston , janubda Rus knyazliklari

4. Xoqonlik noiblari qanday atalgan ?


A) tudun B) shod C) yabg`u D) xoqon

5. Xoqon To`ng yabg`u davrida boshqaruv tartiblari isloh qilingan . Islohotga ko`ra ?


A) mahalliy hokimlar boshqaruv ishidan chetlatilib, xoqonlik noiblari joylardagi amallarni egallaydilar
B) hokimliklar boshqaruvda mustaqil ekanliklari va ular xazinaga boj va yasoq to`lashi belgilab qo`yiladi
C) mahalliy hukmdorga xoqonlikning "yabg`u" unvoni berilib,ular xoqonning noibiga aylanadilar
D) mahalliy aholidan xoqonlik harbiy ishlariga safarbarlik va soliqlar miqdori oshirildi

6. G`arbiy xoqonlikda qaysi hududlar ustidan siyosiy nazorat kuchaytirildi ?


1) O`rta Osiyo 2) Sharqiy Turkiston 3) Toxariston
4) Shimoliy Xitoy 5) Shimoliy Hindiston
A) 1,3,4 B) 2,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3

7. Xoqon To`ng yabg`u qaysi yillarda hukmronlik qilgan ?


A) 610-630-yillar B) 621-638-yillar
C) 618-630-yillar D) 600-617-yillar

8. Turk xoqonligida hunarmandlar yasagan zeb-ziynatlar va qurol-yarog`lar .?


A) Buyuk Ipak yo`lidagi eng serxaridor tovarlar edi
B) o`zining xilma-xilligi va nafisligi bilan ajralib turgan
C) xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajralib turardi
D) Xitoy hududiga jo`natilgan va ip-gazlamaga ayriboshlangan

9. Savdo sohasida ayniqsa qaysi hudud savdogarlarining mavqeyi baland edi ?


A) So`g`d B) Farg`ona C) Buxoro D) Toxariston

10. Qaysi omillar aholini bosh ko`tarishga majbur etadi ?


A) qashshoqlik va soliqlar miqdori oshishi
B) kadivarlarning toboro ko`proq mustaqil bo`lib, kashovarzga aylanayotganlari
C) jabr-zulm va harbiy safarbarlik miqdorining yuqoriligi
D) qashshoqlik,jabr-zulm va dehqonlar asorati

11. Abruy qo`zg`aloni qachon va qayerda bo`lib o`tadi ?


A) 583-585-yillarda, Choch B) 585-586-yillarda, Buxoro
C) 476-478-yillarda , Farg`ona
D) 594-595-yillarda, Samarqand
12. Qo`zg`alondan vahimaga tushgan mulkdor dehqon va zodagonlar qayerlarga borib o`rnashadilar ?
A) Farg`ona va Choch B) Toxariston va Buxoro
C) So`g`d va Xorazm D) Turkiston va Taroz

13. Abruy qo`zg`aloni kim tomonidan bostiriladi ?


A) Elarslon B) To`ng yabg`u
C) Qoracho`rin D) El Arslon

14. Abruy qo`zg`aloni qanday natija bilan tugaydi ?


1) Abruy hibsga olinadi 2) qo`zg`alon bostiriladi
3) kadivar va xizmatkorlar o`z xo`jayinlari-dehqonlarga qaytariladi
4) Abruy o`ldiriladi
5) Abruy g`alaba qilib , o`z davlatiga asos soladi
A) 1,2,3 B) 3,5 C) 2,3,4 D) 5

15. G`arbiy Turk xoqonligi va Xitoy o`rtasida qachon iqtisodiy aloqalar faollashdi ?


A) VII asrning birinchi yarmi B) VI asr oxiri
C) VII asr birinchi yarmi D) VIII asr boshlari

Mustahkamlash uchun savollar


1. G`arbiy Turk xoqonligida Sheri Kishvar ismli shaxs haqida qanday ma`lumot bor ?


_____________________________________________

2. Abruy qo`zg`aloni qaysi yillarda bo`lib o`tadi ?


_____________________________________________

3. G`arbiy Turk xoqonligi qaysi sabab bilan kuchsizlanib boradi ? ______________________________________


4. Qaram hududdagi qanday hududlarni boshqarishga xoqon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan ?


____________________________________________

5. Xoqonlik aholisi qanday turlarga bo`lingan ?


____________________________________________

6. Tudun qanday vazifa bajargan ? __________________


7. Aholining qaysi qismi xoqonlikning ijtimoiy va iqtisodiy turmushida yetakchi ahamiyat kasb etgan ?


_____________________________________________

8. Xitoyga ma`lum davrda qancha marta savdo karvoni jo`natilgan ? ___________________________________


9. Turk xoqonligi davrida O`rta Osiyoda dehqonlarning yerni egallash jarayoni qanday ahvolda edi ?


______________________________________________

10. Abruy qo`zg`alonidan vahimaga tushganlar kimdan yordam so`raganlar ? _____________________________


11. Sharqiy xoqonlik aholisi asosan kimlardan iborat edi ?


______________________________________________
12. G`arbiy Turk xoqonligi kuchaygan davrda qaysi hududlargacha nazorat qilgan ?
________________________________________

13. To`ng yabg`u islohotiga ko`ra ? _____________


____________________________________________

14. Abruy qo`zg`aloni qaysi sabab tufayli sodir bo`ladi ?


____________________________________________

15. Xoqonlik mahalliy sulolalar bilan qanday munosabatda bo`lgan ? _________________________


____________________________________________

6-mavzu : Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi


1. Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi qaysi edi ?


A) Choch B) Eloq C) Farg`ona D) So`g`d

2. Ilk o`rta asrlarda O`rta Osiyohokimliklarida boshqaruv ma`muriyatining asosiy vazifasi nima edi ?


A) fuqarolardan boj, yasoq va soliqlarni o`z vaqtida yig`ib olish , jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan iborat bo`lgan
B) fuqarolar totuvligini saqlash, dushman hujumidan himoyalash
C) aholidan soliqlarni yig`ib olish va uni markazga yetkazish
D) hasharlarga jalb etish, ijtimoiy ta`minotni nazoratda tutish, ish o`rinlari yaratish, savdo karvonlari xavfsizligini ta`minlash

3. Eloqning markazi qayer edi ?


A) Qurama B) Tunkat C) Choch D) Quva

4. So`g`d tarkibida qaysi hududlarning o`n bitta yirik mulklari birlashgan edi ?


A) Zarafshon va Xorazm
B) Samarqand,Buxoro va Kesh
C) Farg`ona va Samarqand, Choch
D) Toxariston, Choch va Eloq

5. Qaysi yili Samarqanddan jo`natilgan dubulg`adan nusxa olib Xitoy qurolsozlariqo`shinni temir qalpoq bilan ta`minlaganlar ?


A) 717-yil B) 718-yil C) 720-yil D) 832-yil

6. Toxariston hududini to`g`ri tartibda moslashtiring


1) Hindikush 2) Hisor 3) Pomir
4) Murg`ob va Xerirud
a) shimol b) sharq c) g`arb d) janub
A) 1-d,2-b,3-a,4-c B) 1-b,2-d,3-a,4-c
C) 1-d,2-a,3-b,4-c D) 1-a,2-c,3-d,4-b

7. Qaysi asrga kelib G`arbiy Turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko`chiradi ?


A) VII asrning dastlabki choragi
B) VI asr oxiri C) VII asrning so`nggi choragi
D) VIII asrning ikkinchi yarmi

8. Qaysi omil Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko`payishiga imkon beradi ?


A) G`abiy turk xoqonligi qarorgohini Chochga ko`chishi
B) qulay strategik joylashuv va oytaxtning ko`chishi
C) karvon yo`lining o`lka orqali o`tishi
D) dehqonchilik, hunarmandchilik rivoji va o`lka mahsulotlariga , chorvasiga talabning katta ekanligi

9. Toxariston qaysi hududlar bilan savdo-madaniy aloqalar o`rnatgan, o`z chaqa-tangalari ichki savdo muomalasida yurgan ?


1) Hindiston 2) Vizantiya 3) Rus knyazliklari
4) Yaqin Sharq 5) Uzoq Sharq
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,4,5

10. Farg`ona vodiysidagi qaysi hududlar tog`lari yonbag`irlarida qadimdan yilqichilik bilan


shug`ullanilgan ?
A) Balx va Qunduz B) Qurama va Qoramozor
C) Termiz va Chag`oniyon D) Xuttal va Termiz

11. Toxariston qaysi hududlarni o`z ichiga olgan ?


1) Shimoliy Hindiston 2) Janubiy O`zbekiston
3) Shimoliy Afg`oniston 4) Janubiy Qozog`iston
5) Janubiy Tojikison
A) 2,3,5 B) 1,3,5 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4

12. Toxariston hukmdorlari kyinchalik qanday nom bilan atalgan ?


A) malikshoh B) tudun C) eloq D) yabg`u

13. Noto`g`ri ma`lumotni aniqlang


A) Choch tangalarining old betida hukmdor surati, teskari tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg‘a tushirilgan
B) Ayrim Choch tangalarida esa, hatto hukmdorga
yonma-yon malika tasviri ham chekilgan
C) Choch va Eloq sertarmoq xo‘jalikka ega bo‘lib, sug‘orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik va savdo yuksak darajada bo‘lgan
D) Choch tangasi V asrga tegishli
14. O`rt asr shaharlari qanday qismlardan iborat bo`lgan ?
A) ko`handiz, shahriston, rabot
B) ko`shk, qasr, qo`rg`on, qo`rg`oncha
C) shahriston ko`shk, rabot, qo`rg`on
D) qasr va qo`rg`oncha

15. Toxaristonda hunarmandchilikning qaysi sohalari yuksalgan ?


1) kulolchilik 2) qurolsozlik 3) temirchilik
4) shishasozlik 5) to`qimachilik
A) 2,4,5 B) 1,3,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4,5

Mustahkamlash uchun savollar


1. V-VII asrlarda mamlakat qanchadan ortiq hokimliklarga bo`linib ketdi ? ______________________


2.So`g`d hokimlari qanday pul birligiga ega edi ?


____________________________________________

3. Toxaristonda qancha tog` va tog`oldi hududlari mavjud edi ? _________________________________________


4. Toxariston axolisining asosiy qismi nima ish bilan shug`ullangan ? ________________________________


5. Farg`ona qo`shni mamlakatlarga qanday mahsulotlar chiqargan ? ____________________________________


6. Chirchiq va Ohangaron vodiylarida qanday hokimliklar mavjud edi ?___________________________________


7. Choch saroyida xoqondan keying o`rinni kim


egallagan ? ____________________________________

8. V-VII asrlarda O`rta Osiyoda shahar va qishloqlarning qiyofasi hamda aholisining turmush tarsi va ijtimoiy ahvoliga qaysi sabablar ta`sir etdi ? ________________


_____________________________________________

9. Qishloqlarda qanday istehkomli turarjoylar qad


ko`tardi ? _____________________________________

10. O`rta asrlda yashab o`tgan qaysi tarixchilar Binkat haqida ma`lumot berganlar ? _______________________


11. Binkat arab tarixchilarining ma`lumotiga ko`ra qancha darvozaga ega shahar edi ? ________________________

12. Ixshid ? ________________________________


13. Ko`handiz bu ..? ____________________________


14. Rabot bu . ? _______________________________


15. Istehkomli qasr, qo`rg`on va ko`shklar qanday vazifalarni bajargan ? _____________________________


_______________________________________________

7-Mavzu : VI-VII asrlarda madaniy hayot


1. Qaysi yozuv baqtriya yozuvi asosida shakllangan va 25 harfli edi ?


A) Toxar B) Sug`d C) Xorazm D) Oromiy

2. Bizning zamonaizgacha so`g`d yozuvlari qayerda qayd etib o`rganilgan ?


1) Farg`ona va Zarafshon
2) Panjikent yaqinidagi Mug`

3) Sharqiy Turkistondagi Turfan


4) Samarqanda qadimiy xarobasi Afrosiyob


5) Sharqiy Turkistondagi Kultegin
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 1,3,5 D) 2,4,5

3.Turkiy run yozuvi qancha harfdan iborat edi ?


A) 25 B) 30 C) 38-40 D) 35-38

4. Xat , hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan nimalarga bitilardi ?


A) qog`oz B) podsho saroylari va ibodatxonalar
C) charm, yog`och va sopolga
D) qog`oz va ibodatxona devorlariga

5. Moslashtiring


1) O`rta Osiyoda nasroniylik markazlaridan biri
2) Markaziy Osiyoda budda va moniylik tarqalishi va rivojida muhim ahamiyat kasb etgan
a) Choch b) Toxariston c) Yettisuv d) Urgut
A) 1-a,2-b B) 1-d,2-c C) 1-a,2-c D) 1-d,2-b

6. Dindagi eng muhim vazifa, suyanchiq, ma`muriyat kabi ma`nolarga ega so`z bu ?


A) Qam B) Rabot C) Arqon D) Arkon

7. Yurtimizda shahriston qurilishi qaysi shaharlardagi arxeologik tadqiqotlar orqali o`rganilgan ?


1) Afrosiyob 2) Varaxsha 3) Panjikent 4) Mug`
5) Turfan
A) 1,3,5 B) 1,2,4,5 C) 1,2,3 D) 3,4,5

8. Shahriston maydoni dastlab qancha miqdordan oshmagan ?


A) 5 gektar B) 10 gektar C) 12 gektar D) 15 gektar

9. Rasmga oid to`liq ma`lumotni aniqlang



A) Varaxsha. VI-VII asrlar B) Afrosiyob.V-VI asrlar
C) Panjikent . V-VI asrlar D) Quva . VII-VIII asrlar

10. VI-VII asrlarda O`rta Osiyoda aholining ko`pchiligi qaysi dinga e`tiqod qilgan ?


A) buddaviylik B) zardushtiylik C) qam D) moniylik

11. Qadimgi Ko`kturk bitiklari qayerlardan topib o`rganilgan ?


1) Oltoy 2) Sharqiy Turkiston 3) Yettisuv
4) Farg`ona 6) Zarafshon vodiylari
7) Shimoliy Xitoy 8) Shimoliy Hindiston
A) 1,3,5,7 B) 2,3,4,8 C) 1,2,3,5 D) 1,2,3,4,5,6

12. Quyidagi qaysi dinda xudo sharafiga qora qashqa ot so`yib qurbonlik keltirilgan ?


A) qam B) moniy C) zardusht D) nasroniy

13. Quyidagi rasm qaysi hududga tegishli ?



A) Afrosiyob B) Turfan C) Mug` D) Varaxsha

14. Moniy dini arkoni qaysilar ?


A) yorug`lik va ezgulik
B) zulmat va yovuzlik
C) ibodat , ro`za, sadaqa
D) qurbonlik , yaxshilik , ibodat

15.Noto`g`ri ma`lumotni aniqlang


A) Buxoro qiziqchilari, Samarqand naychilari,Toshkent raqqos yigit va qizlari bilan shuhrat topgan edi
B) " Doira raqsi " hind a`yonlarini maftun etgani to`g`risida ma`lumotlar saqlanib qolgan
C) Haykaltaroshlik rivojiga ayniqsa buddavviylik katta ta`sir ko`rsatgan
D) Ajinatepa buddasi haykalining balandligi 12 metrga boradi

Mustahkamlash uchun savollar


1. Bu davrda qaysi hududlar aholisining alohida-alohida yozuvlari bo`lgan ? _____________________________


2. Yurtimizdagi qaysi yozuvlar oromiy yozuvi asosida shakllangan ? __________________________________


3. Nima uchun yozuvda qog`oz kamdan-kam hollarda ishlatilgan ? ____________________________________


4. So`g`dda o`g`il bolalar 5 va 20 yoshga kirganlarida ?


______________________________________________

5. Turkiy run yozuvi nimalarga yozilgan yoki bitilgan ?


______________________________________________

6. Moniy dini ta`limotiga ko`ra olam ibtidosi nimalardan iborat ? ______________________________________


7. Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan qaysi dinga e`tiqod qilgan ? _____________________________


8. Qaysi asrlarda dehqonchilik manziloghlari kengayib, mahsulotlar ortib bordi ? __________________________


9. V-VII asrlarda shahrlar ravnaqiga qanday omillar ta`sir ko`rsatdi ? _____________________________________


_______________________________________________

10. 20 gektardan oshmagan shahristonga ega shaharlar qaysilar edi ? ___________________________________


11. Shahar devorlari nimadan qurilgan va burchaklarga baland qilib nimala ishlangan ? ___________________


12. Devoriy suratlar nimalardan hikoya qiluvchi manba hisoblanadi ? ___________________________________

13. Qaysi hududlarda buddaning bahaybat haykallari topib o`rganilgan ?____________________________________


14. Ilk o`rta asrlar ganchkorlik san`atining nodir yodgorliklari qaysi topilmalar orqali tadqiq etilgan ?


______________________________________________

15. Choch raqqoslari qanday nomdagi raqslarni ijro etganlar ? ______________________________________


II Bob

Arab xalifaligi davrida Movarounnahr

8-mavzu: Movarounnahrda arab xalifaligining o`rnatilishi


1. Qaysi asrga kelib Arabistonda yagona e`toqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlandi ?


A) VI asr oxir B) VI asr boshlari
C) VII asr boshlari D) VII asr oxiri

2. Noto`g`ri ma`lumotni aniqlang


A) Allohning rasuli (elchisi) Makka shahrida dunyoga kelgan Muhammad (s.a.v. – sollallohu alayhi vasallam) ibn Abdulloh (570–632) bu harakatga rahnamolik qiladi B) Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari “muslim” (musulmonlar) deb atalgan
C) Islom bayrog‘i ostida Makka shahrida boshlangan targ‘ibot Madinaga ko‘chadi.Muhammad (s.a.v.) 630-yilda arablarni yagona davlatga birlashtiradi
D) Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, dastlab uning eng yaqin safdoshi Umar xalifa (o‘rinbosar) deb e’lon qilinadi

3.Qaysi yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar ?


A) 647-yili B) 648-yil C) 651-yili D) 655-yili

4. Qaysi mamlakatlar bo`ysundirilgach Arab xalifaligi harbiy yurishlarni o`lkamizga qaratadi ?


1) Misr 2) Hindiston 3) Xitoy 4) Falastin 5) Liviya
6) Suriya 7) Iroq 8) Eron
A) 1,3,4,5,6,7,8 B) 1,4,6,7,8 C) 1,3,5,7,8 D) 2,3,6,7,8

5.Movarounnahrga ilk bor hujumlar qayerlardan boshlanadi ?


A) 654-yili Maymurg` va 664-yili Balx
B) 664-yili Chag`oniyon va 673-yili Marv
C) 651-yili Marv va 655-yili Balx
D) 654-yili Maymurg` va 667-yili Chag`oniyon

6. Arablar tomonidan Xuroson deb nomlangan hudud qayerlarni o`z ichiga olgan edi ?


A) Afg`oniston shimoli, Eron shimoli sharqi, Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha

B) Afg`oniston shimoli, Janubiy O`zbekkiston, Janubiy Turkmanistondan


C) Janubiy Tojikiston, Janubiy O`zbekiston va Afg`oniston shimoli
D) Afg`oniston shimoli, Eron shimoli sharqi, Janubiy Tojikistondan to Sirdaryogacha

7. Manbalarda qayd etilishicha qaysi hudud arablar tomonidan ikki marta talon-taroj etilgan ?


A) Xorazm B) Marv C) Balx D) Farg`ona

8. Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida…?


A) xalifa Muoviya I (661–680) farmoni bilan Ziyod ibn Solih Amudaryodan kechib o‘tib, So`g`d hududiga bostirib kiradi
B) xalifa Muoviya I (661–680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kiradi
C) xalifa Marvon I farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kiradi
D) arablar toonida Sog`d va uning atroflari jangsiz qo`lga kiritiladi

9. Qaysi asr mobaynida yirik dehqonlar qo`li ostidagi yer-mulklari arab harbiy mulkdorlarga o`tishi ro`y


berdi ?
A) VI asr B) VII asr C) VIII asr D) IX asr

10. Arablar tomonidan Movarounnahrni istilo qilish yil va hududlarini moslashtiring


1) 705-yil 2) 709-yil 3) 710-yil 4) 712-yil
a) Samarqand b) Buxoro c) Balx d) Kesh
A) 1-b,2-c,3-d,4-a B) 1-c,2-b,3-d,4-a
C) 1-d,2-b,3-c,4-a D) 1-c,2-a,3-d,4-b

11. Ubaydulloh ibn Ziyod va Buxoro o`rtasidagi sulh shartlari qaysi javobda keltirilgan ?


A) bir lak hajmida tovon, to`rt ming asir
B) ellik ming dirham, o`n ming kishilik qo`shin tuzilib arablar ixtiyoriga beriladi
C) Poykand va Romiton arablar ixtiyoriga o`tkazildi
D) u yerga Qutayba noib etib belgilandi va unga mahalliy ahlidan to`rt ming kishilik qo`shin to`plab berildi

12. VIII asr boshlarida arablar Movarounnahrni to`liq egallab olishga kirishishdi. Shu maqsadda Xurosonga kim noib etib tayinlandi ?


A) Qutayba ibn Muslim B) Ziyod ibn Solih
C) Ubaydulloh ibn Ziyod D) Marvon II

13. Quyida berilgan shaharlarni arablar tomonidan egallanish ketma-ketligida joylashtiring


A) Naxshab,Xorazm,Kesh,Choch,Farg`ona
B) Kesh,Samarqand, Xorazm,Choch,Farg`ona
C) Naxshab,Xorazm,Samarqand,Choch,Farg`ona
D) Xorazm,Farg`ona,Choch, Naxshab,Kesh

14. Xorazmda qaysi shaxs Qutaybadan ukasiga qarshi


urushda yordam so`raydi ?
A) Hurzod B) G`urak C) Talxa D) Chag`on

15. Qutayba qaysi sabab bilan hokimyatdan ketdi ?


A) Xalifa tomonidan boshqa o`lkalarni egallashga safarbar etildi
B) Xalifa Sulaymonga qarshi isyon ko`targanligi oqibatida Farg`onada arab askarlari tomonidan o`ldirildi
C) Mahaliy hokimlar Chag`on va G`urak boshchiligidagi qo`shin tomonidan mag`lubiyatga uchrab , qatl etildi
D) Mahalliy aholining arablarga nisbatan noroziligi ortishi oqibatida xalifa tomonidan chaqirtirib olindi

Mustahkamlash uchun savollar


1. Kimlar soliqning xalifa xazinasiga tushishida vositachilik qilishgan ? __________________________


2. Ushr qanday soliq va qancha miqdorda olingan ?


_____________________________________________

3. Iqto nima ? _________________________________


4. Fath qanday ma`noni anglatadi ? _________________


5. Amir qanday ma`noni anglatadi va u qanday vazifani bajaradi ? ____________________________________


_____________________________________________

6. Muhammad Narshaxiy qaysi yillarda yashab o`tgan va qaysi asar muallifi hisoblanadi ?


_____________________________________________

7. Narshaxiy ma`lumotiga ko`ra, ayrim dehqonlar Buxoro amiri va buxorxudotlar ularning o`z yerlarini tortib olganlik shikoyatini kimga yetkazganlar ?


_____________________________________________

8. Yirik yer egalari - dehqonlar arab xalifaligi davrida qanday xo`jalik o`zgarishlariga uchradilar ? _____________________________________________


9. Xalifa davlat yerlarini qanday shaklda in`om etgan ?


____________________________________________

10. Farg`ona vodiysi arablar tomonidan qaysi yili uzil-kesil egallandi ? _______________________________


11. G`urak qaysi hudud hukmdori edi va qaysi yillarda boshqaruvda bo`lgan ? _________________________


12. Chag`on qaysi yili Qutaybadan yordam so`rab murojaat qiladi ? _______________________________


13. Qaysi shahar aholisi xalifalikka boj to`lashga , uylarning yarmini arablarga bo`shatib berishga majbur bo`ladilar ? ____________________________________


14.Qutayba harbiy yurishlarni qaysi yili va qayerni zabt etishdan boshlaydi ? ____________________________


15. Arab xalifaligida qanday sulolalar mavjud bo`lgan va ular qaysi yillarda davlatni boshqarganlar ?


____________________________________________

9-Mavzu : Movarounnahrda islom dinining yoyilishi


1. Istilochilar nimaga tayanib aholidan turli soliqlar undirib, aholini xilma-xil jamoat ishlariga safarbar etadilar ?


A) harbiy kuch B) mahalliy dehqon
C) mahalliy zodagon va amaldorlar
D) arablar ichki mustaqillik berganlar, xazinaga bo`ysundirilgan xalqlar soliq jo`natishi kerak edi xolos

2. Sulh tuzishga majbur bo`lgan qaysi hudud hukmdorlaridan katta miqdorda boj-u tovonlar undirib olingan ?


1) Buxoro 2) Poykand 3) Sug`d 4) Farg`ona
5) Balx 6) Marv
A) 1,2,3 B) 2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 3,4,5

3. Ajam deb qayerlik xalqqa nisbat beriladi ?


A) Xitoy B) Hind C) Eron D) Turk

4.Qayerlarda shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan kelgan ajamlarga bo`shatib berildi ?


1) Balx 2) Marv 3) Poykand 4) Choch
5) Samarqand 6) Toxariston 7) Buxoro
A) 2,4,6,7 B) 2,3,4,5,6 C) 1,2,4,5,6,7 D) 2,3,5,7

5. Zakot solig`i mol-mulkning qancha miqdorida olingan?


A) 1/3 B) 1/2 C) 1/3 D) 1/40

6. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini


ta’minlash uchun nimalarga alohida ahamiyat berdilar ?
1) Islom dinini da’vat etish
2) dehqonlar bilan yaqin bo`lish
3) Aholi o‘rtasida islomni yoyish
4) Soliq va yer tizimida islohot qilish
5) Mahalliy aholi bilan qarindoshlik aloqalarini bog`lash
A) 1,3 B) 2,3,4,5 C) 1,2,3 D) 2,4,5

7. Qutayba tomonidan qaysi shaharda joylashgan zardushtiylar ibodatxonasi jome masjidiga aylantirildi ?


A) Samarqand B) Buxoro C) Choch D) Farg`ona

8.Islomni qabul qilmagan zodagonlar ?


A) o`z yerlaridan mahrum etilgan yoki tovon to`lagan
B) o`zg ayurtlarga quvg`in qilingan
C) mol-mulkidan mahrum qilib, kadivarga aylantirilgan
D) arablar tomonidan muttasil hasharga va qo`shin tarkibidagi eng xavfli joylarga yuborilgan
9.Islom dinini qabul qilgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda qaysi soliqlardan ozod etilgan edi ?
A) zakot va ushr B) ushr va jizya
C) xiroj va jizya D) xiroj va zakot

10. Mahalliy davlat boshliqlarining


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling