7-sinf o’zbekiston tarixi
Download 212.64 Kb.
|
7-sinf O\'zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to\'plami
006-Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi (34)
Savollar va javobi1. V-VII asrlarda O’rta Osiyoda qancha mahalliy mustaqil hokimliklar mavjud edi? 15 tadan ortiq 2. Najjorlik nima? duradgorlik 3. So'g'dagi qaysi shaharda ajdodlar ruhi xotirasi ibodatxonasi barpo etilgan edi? Samarqand 4. Sug’diylar bog’dorchilikning qaysi sohasida ayniqsa omilkor bo’lganlar? uzumchilik 5. Mustaqil hokimliklardan bo'lgan Sug'd hokimligi nechta mustaqil mulklardan iborat edi? 11 ta 6. 718 yilda Sug'ddan Xitoyga olib borilgan qaysi narsa keyinchalik butun xitoy armiyasidan qo'llaniladigan bo'ldi? dubulg'a 7. Quyidagi qaysi O'rta Osiyo davlatida 27ta tog' va tog'oldi viloyatlar mavjud bo'lgan? Toxariston 8. Qadimdan Toxariston poytaxti qaysi shahar bo'lgan? Balx 9. Ilk o’rta asrlarda Toxariston ahli qanday dinga e’tiqod etgan? buddaviylik 10. Toxaristonning alifbosi necha harfdan iborat bo’lgan? 25 ta 11. Toxariston aholisining asosiy qismi nima bilan shug’ullangan? dehqonchilik 12. Toxaristonda hunarmandchilikning qaysi sohasi ayniqsa juda rivoj topgan edi? qurolsozlik 13. Qadimda Toxariston davlatining chegaralari shimolda qayerdan o'tgan? Hisor to'glari 14. Qadimda Toxariston davlatining chegaralari janubda qayerdan o'tgan? Hindikush 15. Qadimda Toxariston davlatining chegaralari g'arbda qayerdan o'tgan? Murg'ob va Xerirud 16. Qadimda Toxariston davlatining chegaralari sharqda qayerdan o'tgan? Pomir 17. Mil.avv II asrda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila qanday nomlangan edi? yue-chjilar 18. Markaziy Osiyoda buddaviylik va moniylik dinlarini tarqalishida qaysi hudud asosiy rol o'ynagan? Toxariston 19. Ilk o’rta asrlarda Farg’ona hukmdorlari qanday nomlangan? ixshid 20. Koson, Axsikat va Quva ilk o’rta asrlarda qaysi mahalliy davlatning rivojlangan shaharlaridan bo’lgan? Farg’ona 21. Ilk o'rta asrlarda Farg’ona qo'shni davlatlarga nimalar chiqargan? bo'yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmon 22. Qadimdan mashhur bo'lgan Farg’ona tulpor otlari qaysi hududlarda yetishtirilgan? Qurama va Qoramozor tog' yonbag'irlarida 23. Ilk o’rta asrlarda Iloqning markazini aniqlang. Tunkat 24. Ilk o'rta asrlarda Choch hukmdori qanday atalgan? tudun 25. Ilk o'rta asrlarda Eloq davlati boshlig'i qanday atalgan? dehqon 26. VII asrning dastlabki choragida G'arbiy Turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini qayerga ko'chiradi? Choch viloyati 27. Quyidagi qaysi davlatda ayollar (malika) vazirlik darajasiga ega bo'lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etgan? Choch 28. Ilk o'rta asrlarda boshqaruv ma'muriyatining asosiy vazifasi nimadan iborat bo'lgan? ikkita javob to'g'ri 29. Istehkomli turar joylarga misol keltiring. hamma javob to'g'ri 30. Ilk o’rta asrlarda shaharlar necha qismdan iborat bo’lgan? 3 ta 31. Ilk o’rta asrlarda shaharning tashqi mavzesi nima deb atalgan? rabod 32. Ilk o'rta asrlarda shaharning aholi yashaydigan asosiy qismi qanday nomlangan? shahriston 33. Ilk o'rta asrlarda shaharning qaysi qismi kuhandiz ham deb atalgan? ark 34. Arab tarixchilarining ma'lumotiga ko'ra O'rta Osiyodagi qaysi shaharning jami 22 ta darvozasi bo'lgan? Binkat Download 212.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling