7-sinf o’zbekiston tarixi


Download 212.64 Kb.
bet57/69
Sana17.06.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1541922
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69
Bog'liq
7-sinf O\'zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to\'plami

026-Xorazmshohlar davlatining halokati (18)

Savollar va javobi


1. Chingizxon qo'shinlari qachon Urganch shahriga yurish boshladi?
 1221 yilning boshida
2. Jaloliddin Manguberdiga qarshi Urganchda fitna uyushtirgan shaxs kim edi?
 Qutlug'xon
3. Mo'g’ullar Xorazmshohlar davlatining qaysi shahrini egallashda juda ko’p talofat beradilar?
Urganch
4. Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Oqshoh, O'zloqshoh va boshqalar Urganchni tark etganlaridan keyin shahar mudofaasi kimning qo'lida qolgan edi?
 Xumortegin
5. Shayx Najmiddin Kubroning asl ismi qanday bo'lgan?
Ahmad ibn Umar Xivaqiy
6. Mo'g'ullar va Urganch shahri himoyachilari o'rtasidagi kurash qancha davom etgan edi?
 yetti oy
7. Jaloliddin Manguberdi mo'g'ullar bosqinidan ancha oldin qaysi hududlarga hokim etib tayinlangan edi?
 G'azna, Bomiyon va Hindiston hududlariga
8. Jaloliddinning mo'g'ul qo'shinlariga qarshi janglarda dastlabki yirik g'alabasi qaysi jang bo'lgan edi?
 Valiyon qal'asi yaqinidagi
9. Jaloliddin Manguberdi qaysi jangda Shiki Xutuxu boshchiligidagi 45minglik qo'shinni yenggan edi?
Parvon dashtidagi jangda
10. Jaloliddin Manguberdi Parvon dashtidagi jangda jang tarixida birinchi bo'lib qanday jangavor usul qo'llagan edi?
 dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini
11. Sind (Hind) daryosi bo'yida Chingizxon va Jaloliddin qo'shinlari o'rtasida hal qiluvchi jang qachon bo'lib o'tadi?
 1221 yil 25 noyabrda
12. Sulton Jaloliddin qaysi lashkarboshilari qo'shindan ajralib ketgandilar?
 Sayfuddin Ag'roq, A'zam Malik, Muzaffar Maliklar
13. 1231 yilda....
 eng so'nggi Xorazmshohning hukmronligi tugadi
14. Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi yurtimizda qaysi yil keng nishonlandi?
 1999 yilda
15. “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis qilingan sanani aniqlang.
 2000 yil 30 avgustda
16. Mashhur Sultonband qaysi vohaning bosh to'g'oni edi?
 Marv
17. Mo'g'ullar bosqinidan keyin qaysi shahar aholisini o'z ona shaharlarini tashlab chiqib ketgandilar?
Samarqand
18. Mo'g'ullar bosqini davrida qaysi shahar suvga bostirilib, batamom vayron qilingan edi?
 Urganch



Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling