7-Tаjribа ishi. Turli tehnokogik jarayonlarni mikrokontrollerli boshqarish sistemasini tadqiqi. Ishning maqsadi


Download 25.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi25.96 Kb.
#1529050
  1   2
Bog'liq
7-Laboratoriya ishi



7-Tаjribа ishi. Turli tehnokogik jarayonlarni mikrokontrollerli boshqarish 
sistemasini tadqiqi. 
Ishning maqsadi: Simulink paketini ishga tushurish usullari va model 
yaratish tartibi bilan tanishish. 
Boshlang‘ich ma’lumotlar 
Turli tehnokogik jarayonlarni mikrokontrollerli boshqarish sistemasini tadqiqi, 
imitatsiya va tahlil qilish uchun interaktiv vositadir. Diagrammalarni qurish, 
dinamik tizimlarni imitatsiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va loyihalarni 
mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink MATLAB bilan to‘la 
integrallashgan. 
Ishni bajarish tartibi. 
1. Simulinkni ishga tushirish 
MATLAB dasturining asosiy oynasi ochilgandan keyin Simulink dasturini 
quyidagi usullar bilan ishga tushuring:
Simulink tugmasini bosish; 
MATLABning bosh oynasidagi buyruq satrida Simulink so‘zini terib 
klaviaturadagi  klavishasini bosish;
File menyusida Open... buyrug‘ini bajarish va modelning faylini (mdl-fayl) 
ochish. 
 
7.1-rasm. MATLAB dasturining asosiy oynasi 



Birinchi va ikkinchi usullardan foydalanilganda Simulink bibliotekasi 
bo‘limlarining Browse oynasi ochiladi. 
 
7.2-rasm. Simulink bibliotekasi bo‘limlarining oynasi 
 
2. Model yaratish. 
SIMULINK muhitida model yaratish uchun quyidagi ishlarni bajaring: 
File/New/Model, buyrug‘i yoki asboblar panelidagi
tugma yordamida 
modelning yangi fayli yarating. Modelning yangi yaratilgan oynasi 1-rasmda 
ko‘rsatilgan;


 Model oynasida bloklarni joylashtiring. Buning uchun bibliotekaning 
kerakli bo‘limi ochiladi (masalan, Sources— manbalar). So‘ngra kerakli 
blokni kursor bilan ko‘rsatiladi va sichqonchaning chap tugmasini bosib
yaratilgan oynaga suriladi. Bloklarga ega bo‘lgan model oynasi 2-ramda 
ko‘rsatilgan. Agar blokni yo‘qotish zarur bo‘lsa uning ustida 
sichqonchaning chap tugmasi bosiladi, keyin esa klaviaturadagi Delete 
klavishasi bosiladi. 
 
 
7.3-rasm. Modelning bo‘sh oynasi 

7.4-rasm. Bloklarga ega bo‘lgan blok oynasi 


Blokning parametrlari o‘zgartiring. Buning uchun blok tasvirining ustida 
sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosing. Blokning parametrlarini tahrirlash 
oynasi ochiladi. Kerakli o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin OK tugmasini bosish yo‘li 
bilan oyna yoping. Misol sifatida Sygnal Generator bloki parametrlarini rostlash 
oynasi ko‘rsatilgan.
  
 
7.5-rasm. Sygnal Generator bloki parametrlarini rostlash oynasi 
Hamma zarur bloklar sxemaga joylashtirilgandan keyin sxema elementlarini 
o‘zaro ulang. Bloklarni o‘zaro bir-biriga ulash uchun blokning chiqishiga kursor 
olib boriladi va sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda boshqa blokning 
kirishigacha liniya chiziladi. Bog‘lanish liniyasida tarqalish nuqtasini hosil qilish 
uchun tugun joylashishi zarur bo‘lgan nuqtada sichqonchaning o‘ng tugmasi 
bosing kerakli liniyani chizing. CHizilgan liniyani yo‘qotish uchun uni tanlang va 
klaviaturadagi Delete klavishasi bosing.
Hisoblash sxemasi tuzilgandan keyin uni diskda fayl sifatida saqlang. 
Buning uchun sxema oynasidagi menyudan File/Save punkti tanlang, papka va 
fayl nomi ko‘rsating.

Download 25.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling