7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
1-
rasm
Dorivor shifobaxsh o'simliklar insonlarni davolash bilan birga to'ydiradi, kiyintiradi va oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Kasallikni davolash hamda uni oldini olish maqsadida dorivor o'simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor preparatlar va sof holdagi dorivor moddalar ajratib olinadi. Buning uchun shu o'simlikning kasalliklarni davolash xususiyatiga ega biologik faol moddalarga boy bo'lgan 64
qismlaridan, yani bazi o'simliklarni yer osti o'rganlaridan (ildiz, ildizpoya, tugunak yoki piyoz), bazilarining esa yer ustki orginlaridan (barg, gul, meva urug', po'stloq yoki o't o'simliklarning butunlay yerustki qismi – o'ti) foydalaniladi. Dorivor o'simliklar turlari nabotot olamida tabiiy va madaniy holda uchraydi. Tabiiy dorivor o'simliklardan insonlar shifobaxsh vositalar sifatida foydalanib kelishgan va hozirgi kunda ham ko'pchilik dori- darmonlar tabiiy o’simlik turalidan ishlab chiqarilmoqda. Tabiiy holda o'suvchi dorivor o'simliklardan nafaqat insonlar balki hayvonlar ham o'z kasalliklarini davolashda foydalanadilar ular bilan oziqlanib o'zlarini o`zlari davolaydi. Dorivor o'simliklarning madaniy turlari ham turli maqsadlarda oziq – ovqat, sanoat, meditsina, texnika, xullas xalq xo'jaligining turli sohalarida kishilar ehtiyojini qondirish uchun ekib ko’paytiriladi. Xalq xo'jaligidagi barcha madaniy o'simliklar turlari yovvoyi o'simliklardan kelib chiqqan. Dorivor o'simliklarning inson hayotidagi ahamiyati juda katta bo'lib, mahalliy sharoitda dori-darmon topilmay qolganda dorivor o'simlikdan foydalanish ancha qulay, samarali va foydalidir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling