7-variant 1-Topshiriq 1


Download 69.78 Kb.
bet1/3
Sana11.12.2020
Hajmi69.78 Kb.
#164961
  1   2   3
Bog'liq
7 ишланмаси


7-VARIANT

1-Topshiriq

1. Savod o‘rgatish jarayoni oxirida o‘quvchilar qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur? Sinfda o’qish darslarida ta’lim-tarbiyaviy vazifalar kom­pleks ravishda hal qilinadi, bolalarning atrofini o’rab olgan muhit haqidagi, shuningdek, o’quvchilarning ijobiy axloqiy sifatlari shakllanadi, ular aqliy va estetik jihatdan kamol topadilar, mustaqil. ravishda bilim olish asoslarini egallaydilar. “O’qish kitobi”ni tahlil qilish fikrimizni tasdiqlaydi. Bu kitoblarning mazmuni va metodik materiallari (matnni tahlil qilish uchun topshiriq va savollar, mustaqil ishlar tizimi va hokazo) o’zaro bog’liq holda boriladi. Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni birgalikda amalga oshirish uchun o’qish darslarida matnni o’qishgina emas, balki matn ustida qanday ishlash kerakligi ham muhimdir.

O’qish kitoblariga kiritilgan asarlar mavzuida Vatanimiz xalqi haqidagi bilimlar o’quvchilar sinfdan sinfga o’tishi bilan tobora chuqurlashtira boriladi. Vatan, uning sharafli o’tmishi va qahramonona hozirgi kuni o’qish kitoblarida. O’qituvchi o’quvchilarning Vatan— bu, yer, suv, o’rmon, paxta-dalasi, tog’largina emas, balki, avvalo, o’z mehnati bilan el boyligiga boylik qo’shuvchi, xushchaqchaq, erkin hayot yaratuvchi, o’z-kuchi va hayotini ayamasdan dushmanlardan ona yerini himoya qiluvchi kishilar xalq ekanini tushunishlariga erishadi. Sinfda o’qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy funksiyasini bir jarayonga birlashtirishning sharti badiiy asar yoki ilmiy-ommabop maqolani idrok etish va tahlil qilish davomida o’quvchilarni asarning ijtimoiy mohiyatini baholay olishga o’rgatish yuzasidan o’qituvchining ko’rsatma berishi hisoblanadi. "Psixolog olim A.N.Leontyev:“So’zni yodlash va tushunishgina emas, hatto undagi g’oya-fikr va hisni bilish ham yetmaydi; bu g’oya-fikr, bu his shaxsning ichki dunyosini belgilashga yordam berishi kerak. Demak, asosiy narsa shundan iboratki, biz bergan fikr va bilim, biz bolada tarbiyalagan his-tuyg’u, biz unda uyg’otgan orzu-umid o’sha kishiniki bo’lsin”,- deb ta’kidlaydi.

O’qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola o’zi oladigan bilim, unda shakllanadigan his-tuyg’u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. Bu o’rinda o’qish darslari alohida o’rin tutadi.

Sinfda o’qish darslarining vazifasi:

1.O’qish malakasini takomillashtirish. O’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlari: to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish.

2.Bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga o’rgatish, ya’ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni biladigan chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.

3.O’quvchilarda atrof-muhit haqidagi bnlimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.

4.O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

5.O’quvchilar nutqini va tafakkurini o’stirish.

6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.

Har bir- vazifani bajarishning aniq yo’li mavjud, ammo bir vazifa boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda o’qish darslari va sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida hal qilinadi. Yaxshi o’qish malakasining sifatlari deganda malakasining to’g’ri, ongli, ifodali o’qish; o’qish sifatlari va ularning malakasini takomillashtirish deganda esa takomillashtirish o’quvchilarda yaxshi o’qish malakasini shakllantirish tushuniladi. O’qish sifatlari bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, ongli o’qish asosiy hisoblanadi; o’quvchi tez o’qisa-yu, anglab o’qimasa, o’zi ham, boshqalar ham matn mazmunini tushunmaydi; to’g’ri o’qish ham ongli o’qishga xizmat qiladi; to’g’ri, tez va ongli o’qish ifodali o’qishning asosi hisoblanadi.

Yaxshi o’qish malakasini egallash maktabda o’qitiladigan barcha predmetlardan muvaffaqiyatli o’qishning muhim sharti hisoblanadi. O’qish faoliyatning asosiy turi bo’lib, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutq; jihatidan rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Bular o’qish malakasini o’stirish va takomillashtirish ustida muntazam va maqsadga muvofiq ishlash zarurligini ta’kidlaydi.

To’g’ri o’qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush-harakat tarkibini,. grammatik shakllarini bo’zmasdan, so’zdagi biror tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, ortiqcha tovush yo bo’g’in qo’shmay, harflar o’rnini almashtirmay aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qishdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida so’zni talaffuz qilish va matnni tushunish o’rsatida puxta sintez bo’lmagani uchun ular o’qishda xatoga yo’l qo’yadilar.


2. Analitik-sintetik tovush metodi va uning tamoyillari haqida ma’lumot bering. Savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi hinskiydan to shu davrga qadar rivojlanishning murakkab yo’lini bosib o’tdi. Hozirda u anchagina takomillashdi. Shuning uchun avval analitik-sintetik tovush metodining traditsion xususiyatlari haqida, so’ngra keyinroq shakllangan yoki shakllanish, tekshirilish, tashkil topish jarayonida bo’lgan xususiyatlari haqida to’xtalamiz. Metodning traditsion prinsiplari quyidagilardan iborat:

1. Savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko’ra, ta’limiy va o’stiruvchi xarakterda bo’ladi, u analitik-sintetik mashqlar tizimi orqali, nutqiy mashqlar orqali aqlning o’sishini ta’minlaydi, o’quvchilarning o’z tajribalariga tayanadi, o’qishning yuksak ongli bo’lishini va o’quvchilarning o’quv mehnatlarining boshqa turlarini talab qiladi.

2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan birinchidan, alifbegacha bo’lgan (tayyorlov) davr, alifbe da va alifbedan so’nggi davrga bo’linadi; ikkinchidan, yozuvga yo’rgatish o’qishga o’rgatish bilan bir vaqtda — parallel holda boradi.

3. Analitik-sintetik tovush metodi psixologo-lingvistik nuqtai nazardan: birinchidan, savod o’rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; ikkinchidan, savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi, bunda tovushni ajratishga, uni analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi, uchinchidan, o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi; bunda bo’g’in ustida ishlash (bo’g’in, bo’g’inlar jadvalini o’qish)ga katta e’tibor beriladi.

Metodning nisbatan yaqinda shakllangan yoki tashkil topish jarayonida bo’lgan xususiyatlari va prinsiplari:

1.Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda o’qish va yozishga tayyorligiga bog’liq).

2. O’qitishning istiqboli nuqtai nazaridan: grammatika, so’z yasalishi, orfografiya, leksikologiyaga oid propedevtik elementlarni nazariy tushunchasiz — amaliy asosda muntazam berib borish.

3. Psixologo-lingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni o’rgatishning qulay tartibini izlash, unda tovush va harfning mosligi va osonligi, ikkinchidan, ta’limning tarbiyaviy va o’stiruvchan xarakteri hisobga olinadi.

Ta’lim jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash didaktikaning muhim prinsipidir. Maktabda axloqiy xatti-harakat ko’nikmalari shakllantiriladi. Alifbe davrining boshlanishidayoq o’qishning to’liq ongli bo’lishi juda ham muhimdir. O’qilgan matnni o’quvchilar tushungan- tushunmagani savollar yordamida, shuningdek, suhbat o’qitishdan oldin o’tkaziladigan tayyorlov suhbati yoki o’qilganlar yuzasidan o’tkaziladigan suhbat) orqali ham tekshiriladi. Mumkin bo’lgan o’rinda “muammoli vaziyat”ni hosil qilish mashqi; Bunday vaziyatni hosil qilishda alifbedan, yo harakat terish kartonidan, yoki sirli matodan o’qib, javobini topish talab etiladigan topishmoqdan foydalaniladi, yoki taxminiy suhbat o’tkaziladi. Buning uchun “qaysi qush yoqimli sayraydi? O’qib bilamiz!” kabi savol-topishiriqdan foydalaniladi. (Bolalar harf terish kartonidan “bulbul” so’zini o’qiydilar.) Bunday vaziyat o’qishning ongli bo’lishini ta’minlaydi, o’quvchilar tushunib o’qiydilar, o’qishga qiziqadilar.

Ongli o’qishni ifodali o’qishdan ajratib bo’lmaydi. Analitik o’qishning birinchi bosqichida ifodali o’qish mumkin emas, chunki bolalar hali tugallangan ohangni, so’roq, ohangini ifodalay olmaydilar, ko’pincha orfoepik jihatdan ham to’g’ri o’qiy olmaydylar. Shuning uchun bunday analitik o’qish bosiqichida takroriy, yaxlit, shuningdek, orfoepik o’qish tavsiya etiladi. Bunday takroriy o’qish to’g’ri ohangga, ifodali o’qishga o’rgatishi bilan birga, o’qishning ongli bo’lishini ham ta’minlaydi. Ikkinchi b o c q i ch d a yuqoridagi vazifalarning o’zi qoladi, ammo sifati o’zgaradi. Tovush va harakatning analiz va sintezida: birinchi bosqichdagilarga nisbatan artikulyatsiyasi qiyin bo’lgan q, p, v kabi tovush-lar, tong, so’ng, rang, si-ngil singari so’zlarda keladigan ikki harakat bilan ifodalanadigan jarangli ng tovushi o’rganiladi, shuning uchun tovushlarning artikulyatsiyasi ustidagi ishlar qiyinlashadi.

undoshdan undosh  unli O’rganiladigan tovushlarning xususiyatiga qarab, bu bosqichda bo’g’inlab o’qish vazifasi murakkablashadi; undosh  (do’st, rasm, yo’l-bars, qo’rq),  unli undosh undosh undoshdan (stol, stul, kran, trak-tor) ibopat yangi tip bo’g’inlar o’qitiladi.

Bu bosqichda ham ongli o’qish ustida ishlash davom ettiriladi, differensial yondashish amalga oshiriladi, yozuv malakasi o’stiriladi.

U ch i n ch i b o s q i ch d a o’zbek tilidagi qiyin tovush va harflar (bir bir harf bilan ifodalanadigan juda, jura kabi so’zlardagi portlovchi tovushi va jurnal, jirafa kabi so’zlardagi sirg’aluvchi tovushi, yo, ya, yu harakatlari, ayirish (‘) va yumshatish ()belgilari o’rganiladi. qiyinligi shundan iboratki, bolalarga bunday tovush va harflar haqidagi bilim nazariyasiz, amaliy ravishda tushuntiriladi.

Alifbe davrining uchinchi bosqichi oxirida o’quvchilar quyidagi muhim ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur: 1) hamma tovushlarni so’zdan tashqari ham, so’z ichida ham erkin va to’g’ri talaffuz qilish; 2) so’zning tovush tarkibini, undagi tovushlarning izchil tartibini aniqlash, so’zni bo’g’inga ajratish, urg’uli bo’g’inni ko’rsatish; 3) kesma harakatlardan so’z tuzish va uni yozish; 4) jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash; 5) hamma harakatlarni bilish; 6) bo’g’inlab (harflab emas) o’qish, ya’ni o’quvchilar ma’nosini tushunadigan ikki, uch, to’rt bo’g’inli so’zlarni, bo’g’inlar tarkibidagi harakatlar qanday bo’lishidan qat’iy nazar, bo’g’inlab yoki pozitsion o’qishni bilishi zarur; 7) so’zni va matnni qayta o’qiganda, asosiy orfoepik normani saqlash, oddiy holatlarda pauza qilish, logik urg’uni qo’ya bilish, oddiy ohangga rioya qilish; 8) o’qilgan matnning mazmunini tushunish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish, soddalashtirib qayta hikoyalash.


3. “Alifbе” darsligi qurilishining ilmiy-pеdagogik tamoyillarini tushuntirib bеring. Ma’lumki, o‘quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi.O‘quv materiallari 1-sinf o‘quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. Shunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o‘quvchilarning o‘zlashtirishi turlicha bo‘ladi. Bu savod o‘rgatish jarayonida o‘quchilarga differensial va individual yondashuvni taqozo etadi. Bunday yondashish ta’limning barcha bosqichlarida ham yaxshi natija beradi.

1-sinf o‘qituvchisi 6-7 yoshli bolalarning ruhiy va fiziologik xususiyatlarini yaxshi bilishi lozim. Yetti yoshli bolalar bir turdagi mashg‘ulot uzoq davom etsa, tez charchaydilar. O‘qituvchi buni hisobga olib mashgʻulotlarning turi va usullarini o‘zgartirib turishi zarur.

Ayniqsa, tayyorgarlik davridagi ishlar beriladigan materiallarning emotsional jihatdan yuksak darajada bo‘lishiga bog‘liqdir, chunki kechagina ularning fikri o‘yin edi. Binobarin, ular o‘qish-yozishdek aqliy faoliyatga birdaniga kirisha olmaydilar; maktabdagi o‘quv ishlarini o‘z xohishlariga bo‘ysundirmoqchi bo‘ladilar.

Bu davrda og‘zaki mashqlar harakat va sezgi a’zolari qatnashadigan faoliyat bilan almashishi lozim: gap tuzish va uni uzun chiziqcha bilan belgilash, gapni so‘zlarga bo‘lish, qisqa chiziqchalar bilan belgilash kabi.

Tayyorgarlik davrida o‘qituvchi bilan o‘quvchi orasida mustahkam aloqa, do‘stlik paydo bo‘lishi zarur. Bunday do‘stlik o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, albatta. yoqimli muomala, bola ko‘nglini topa bilish, uning nima demoqchi ekanligini xatti-harakati, imo-ishoralaridan, o‘qib olish, yutug‘i uchun rag‘batlantirib borish, xatosi uchun koyimasdan, yotig‘i bilan tushuntirish orqaligina do‘stlik uyg‘onib, mustahkamlanib boradi. Bola o‘qituvchini o‘zining eng yaqin kishisi deb bilishi lozim.

O‘qituvchi 6-7 yoshli bolaning yosh xususiyatini to‘la hisobga olishi, tushunarsiz suhbatlar, tanbehlar bilan ularning ko‘nglini qoldirmaslik zarurligini yodda tutishi kerak.

Bolalarning oilalari haqida, o‘yini, sayr va mehnatlari, ko‘rgan-bilganlari haqida suhbatlar o‘tkazish o‘qituvchining ularni yaxshi bilib olishiga imkon beradi,bola o‘zini o‘qituvchiga yaqin tuta boshlaydi.

Xat-savod o‘rganish ta’limning muhim bosqichi bo‘lib bu davrda o‘quvchilarga to‘g‘ri o‘qish, chiroyli yozish hamda o‘qiganlarini so‘zlab berish o‘rgatiladi. Nutqni gaplarga, gapni so‘zlarga, so‘zni bo‘g‘inlarga ajratish tovushlarni eshitib, talaffuz qilib bir-biridan farqlash, so‘zda tovushlarning birin-ketinligiga e’tibor berishni ham bilib olishlarini ta’minlaydi.

Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga bog‘lab aniqlanadi. Bog‘lanishli nutqni o‘stirish ham o‘qish va yozuv darslariga uzviy bog‘lanib kеtadi.O‘qishga o‘rganish bilan parallеl ravishda yozuvdan ham elеmеntar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o‘quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:
Partada to‘g‘ri o‘tirish, daftarni to‘g‘ri qo‘yish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan to‘g‘ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish;
Ish daftari yoki alifbе darsligi asosida o‘zbеk alifbosidagi barcha katta va kichik harflarni yozish, shuningdеk, harflarni so‘zda bir-biriga bog‘lab yoza olish, bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish;
Tahlil qilingan so‘z va ikki-uch so‘zli gaplarni o‘qituvchi yordamida yozish;
Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarni ko‘chirib yozish va bilan yozish, yozganlarini matnga qarab, shuningdеk, izohlab o‘qish bilan tеkshirish;
Og‘zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.
Analitik-sintеtik tovush mеtodi tamoyiliga muvofiq, o‘qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o‘qishga o‘rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya’ni o‘qish darsida o‘quvchilar harfni o‘zlashtiradilar, matnni o‘qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so‘zni yozadilar.

Yozuvga o‘rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta’lim bеrish, ko‘nikmani shaskllantirish va shu asosda qator mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi.

Grafik malaka, birinchidan, qo‘l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o‘zlashtirilgan birligi bo‘lgan tovush grafik bеlgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi.

Bu yozuvga ongli faoliyat tusini bеradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to‘g‘ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va orfografik qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o‘z fikrini, taassurotini ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanishni talab qiladi.

Yozishga o‘rganishdan asosiy maqsad, fikrni yozma ifodalash bo‘lib, bu maqsadni bolalar tеz anglab yеtsalar, ularda yozma nutq malakasi shunchalik muvaffaqiyatli va to‘g‘ri shakllanadi. Savod o‘rgatish jarayonida bolalar juda sеkin yozadilar, o‘z fikrini, xatto bir yozuv bilan yozma ifodalash uchun ham yarim oylar o‘tadi.

Yozuv malakasi o‘qish malakasi bilan uzviy bog‘liqdir. Bola yomon o‘qisa, yozuvni egallashi ham qiyin bo‘ladi, chunki bo‘g‘inlab o‘qish malakasidan so‘ng, bo‘g‘inlab yozish malakasi shakllanadi.

Yozish va o‘qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Kеyinroq bolalarda o‘z fikrini yozma ifodalash malakasi bir oz barqarorlashganda, bu malaka nutqqa, fikrni ifodalash jarayoniga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Kichik yoshdagi o‘quvchilarda grafik malakani shakllantirish jarayoni quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi:

1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv qurollarini to‘g‘ri tutish, turli qiya еlеmеntlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani chamalash va hokazo.

2. Harf elеmеntlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elеmеntlar, osti va usti ilmoqli elеmеntlar chizish.

3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish.

4. Harf birikmalarini, bo‘g‘inni yozish, harflarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilish uchun so‘z yozish.

To‘g‘ri yozuv malakasini hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmasdan bir tеkisda, elеmеntlarga ajratmay bog‘lab, tеz, bir maromda yozish, so‘zlarni qatorga tog‘ri joylashtirishdir. Shuni ta’kidlash kеrakki, savod o‘rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko‘z oldiga kеltirib, fikrlab oladi, ba’zan harf shaklini havoda «chizadi», harf namunasini ko‘chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozishni o‘zicha sеkin gapiradi. O‘qituvchi o‘quvchi yoniga o‘tirib, ruchkani to‘g‘ri ushlatadi va uning qo‘li bilan harfni yozishni ko‘rsatadi yoki o‘zi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning tеxnik tomoniga katta jismoniy kuch sarflaydi. Savod o‘rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so‘zni yozishi mumkin.

Sizga ma’lum, maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka, xattaxtada, yozish uchun bo‘rdan foydalaniladi.

Savod o‘rgatish davrida bolalarni yozuvga o‘rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog‘oz ishlatilgan bo‘lsa, kеyin quyuq yopiq chiziqlar bilan kеsilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan.

Hozirgi vaqtda yozuvga o‘rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo‘lishi talab qilinadi. 2-sinfdan, ba’zan birinchi sinfda o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga o‘tiladi.

Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to‘gri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o‘rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o‘quvchilar «Yozuv daftari» bilan ishlaydilar. Sinfda o‘rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo‘lgani ma’qul. O‘qituvchi yozish vaqtida 65 daraja qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta ustiga 25 daraja qiyalikda qo‘yilishini ta’kidlab turadi.

Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Savod o‘rgatish darslari xilma-xil bo‘lishiga qaramay o‘qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo‘lgan asosiy talablar mavjud. Bu o‘rinda umumdidaktik talablardan kelib chiqib, ona tili darslariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

- o‘quvchilar nutqi uchun qayg‘urish;

- darsda adabiy til nuqtayi nazaridan to‘g‘ri ifodali, obrazli, aniq, ongli nutq eshittirish;

- darsda nutq madaniyatiga rioya qilish.

Har bir o‘qish va yozuv darsida „Alifbе“dagi matnlar bilan bir qatorda Q.Muxammadiy, P.Mo‘min, A.Obidjon kabi sеvimli bolalar shoiri va yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlab foydalaniladi. Shunday qilib, o‘qish, sinfdan tashqari o‘qish, o‘qib bеrilgan matnni eshitish bilan bog‘lanadi.

4. Hozirgi kunda amalda qo‘llanilayotgan “Alifbе” darsligini tahlil qiling va unga taqriz yozing. Amaldagi „Alifbе“ darsliklari va ularga yozilgan qoʻllanmalarda asosan savod o‘rgatishda tayyorgarlik davri uchun 5 dars, alifbеdan so‘nggi davrga ham 5 dars ajratiladi. Oraliq davr alifbе davri hisoblanadi.

Ta’limning har bir bosqichidagi darsning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Darslar siklini qurilishida ichki mantiqiylik bo‘lib, har bir siklda yangi tovush va harf o‘rganiladigan dars bilan yangi mavzu o‘rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, orfografiya va so‘zning bo‘gin tuzilishi haqida ma`lumot bеrish, o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar sikli takrorlash-umumlashtirish darsi bilan yakunlanadi.

Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish dastur bo‘yicha 128 soat, u 2 davrga bo‘linadi a) tayyorgarlik davri; b) asosiy davr.

Ta’limning davr va bosqichlariga ko‘ra: 


  1. Tayyorgarlik (alifbogacha bo‘lgan) davrdagi darslar


  2. Asosiy (alifbo) davr darslari. 


Tayyorgarlik davridagi darslar o‘rganiladigan materialiga ko‘ra ikki bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqich darslarida o‘quvchilar muayyan tovush va harfni o‘rganishga tayyorlanadi. Ma’lumki, bolalar tilni bir butun birlik sifatida tasavvur qiladilar. Ana shu tasavvurlari asosida nutqning bo‘laklardan tuzilishi o‘rgatiladi. Bola nutqning bo‘laklardan tuzilishini bilib borishi natijasida uning eng kichik bo‘lagi tovush ekanini anglay boshlaydi va savod chiqarishga tayyor bo‘ladi. Shundan so‘ng bolaga muayyan tovush va uni ifodalovchi shakl-harf tanishtiriladi. Tayyorgarlik (alifbogacha bo‘lgan) davrining yuqoridagi vazifalaridan kelib chiqib 1-bosqich darslari nutqning fonetik bo‘laklarini o‘rganish darslari deb nomlanadi. Bo‘g‘in va so‘zdan unli tovushni ajratib olishning qulayligini hisobga olib, 2-bosqich darslari “Unli tovush va harflar o‘rganiladigan darslar” deb nomlanadi.

Asosiy davr o‘qish darslari yangi bilim berish bermasligiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:

1. Yangi tovush va harf bilan tanishtiriladigan o‘qish darsi.

2. O‘rgatilgan tovush va harflarni mustahkamlovchi o‘qish darsi.

3. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish darsi.

Asosiy davr yozuv darslari esa quyidagi turlarga ajratiladi :

1. Kichik harf va bosh harf yoziladigan yozuv darsi.

2. Kichik harf1ar yoziladigan yozuv darslari.

3. Bosh harf1ar yoziladigan yozuv darslari. .

4. O‘rganilgan bo‘g‘in, so‘z, gaplarni yozishni mashq qilish darslari. Xat-savod o‘rgatish jarayonida hafta oxiridagi o‘qish darslarning 15-20 daqiqasi sinfdan tashqari o‘qishga ajratiladi.

Alifbe darslarida o‘qishga o‘rgatishgacha bo‘lgan 3 davrni o‘tish lozim.

1. Xat-savod o‘rgatish davri.

2. Bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.

3. So‘zlarni o‘qishga o‘rgatish.

Alifbe davrining asosiy vazifasi bo1alarning og‘zaki nutqini o‘stirish, tovush talafuzini yaxshilash, o‘zbek tili alifbosidagi barcha harf1ar va imloviy belgilarini o‘rgatishdan iboratdir. Hozirgi o‘zbek alifbosida bir harf bilan (a, b,d kabi) va ikki birikmasi bilan (sh,ch, ng) ifodalanadigan tovushlar bor. Bu davrda tovush-harflarni o‘rgatishda alifbo tartibi emas, balki tovushlar talaffuzining oson-qiyinligi hamda bo‘g‘in va so‘zlarning soddaligi, harf shaklining qulayligi, hisobga olinadi. 

Aqliy faoliyat bolalarni toliqtirib qo‘ymasligi uchun darsni ko‘pincha o‘yin-mashg‘ulot tarzida tashkil etish foydali. Bolalarda sezish, eshitish, ko‘rish qobiliyatlarini rivojlantirishda, ayniqsa, didaktik o‘yinlarning ahamiyati katta. Didaktik o‘yinlarning qariyb hammasida (“Bo‘g‘inlarga ajrat”, “Qaysi harfdan”, “Jimjitlik”, “Kim nima oladi” kabi o‘yinlarda) harakat elementlari bolalarning jismoniy, aqliy o‘sishiga katta ta’sir etadi.

“Alifbе” sahifalarida do‘stlik, baynalminal munosabat, bolalar mеhnati, tabiat, kattalar mеhnati, bolalar o‘yinlari, oila, maktab hayoti kabi rasmlar bеrilgan. Turli mavzularda matn bеrilgan bo‘lib, bular bolalarda o‘zaro do‘stlik, mеhnatsеvarlik, mehnatni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sеvish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o‘qishni sеvish kabi xususiyatlar orqali estеtik tarbiyani shakllantiradi. Bunday tarbiyalar bolalarni xalqning qaynoq hayotiga, uning baxtiga, orzulariga, muvaffaqiyatlariga ruhlantiradi. Dеmak, bolalarga axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy, mеhnat va estеtik tarbiya bеrish ham savod o‘rgatish vazifasiga kiradi.

Birinchi sinfga ilk qadam qo‘ygan kichik yoshdagi bolalarning savodini chiqarish jarayoni analitik - sintеtik tovush mеtodi yordamida 4 oy davom etadi. Bu jarayon 2 davrga bo‘linadi:

1. Alifbеgacha tayyorgarlik davri. Bu davrda o‘quvchilar ikki bosqichda ta’lim-tarbiya oladilar ya’ni, boshida rasmlar orqali maktab bilan tanishtiruv bosqichi va keyingisi tovushlar bilan ishlash bosqichi.

2. Alifbo (asosiy) davr 3,5 oy davom etadi.

Savod o‘rgatish jarayonidagi darslar prеdmеtiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi:

1. “Alifbе” darsligi asosidagi o‘qish darslari

2. “Yozuv daftari” asosidagi yozuv darslari

1- bosqich uchun 10 soat dars ajratilib, uning asosiy vazifasi o‘quvchilarni maktab, sinf bilan, tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, nutqning gaplardan tuzilishi, so‘z, gaplarning so‘zlardan tuzilishi; bo‘g‘in, so‘zlarning bo‘g‘inlardan tuzilishi, so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi; tovush, bo‘g‘inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o‘rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus mashqlar asosida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. O‘quvchilarga «Alifbе» da bеrilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o‘zlari bilgan shе’r, ertak, hikoya, tеz aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo‘shiqlar, latifalardan ayttirib og‘zaki nutqi, ularda bor malakalar mustahkamlanib, yangilari singdiriladi. 


Download 69.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling