7-variant aksilinflatsıya siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uni amalga oshirish hususiyatlari


Download 107.81 Kb.
bet1/2
Sana10.12.2020
Hajmi107.81 Kb.
#164208
  1   2
Bog'liq
Sbi 50 Bolbekova Dılaso makroiqtisod


Sbi-50 guruh talabasi

BOLBEKOVA DİLASO

- 7


7-VARIANT

1.Aksilinflatsıya siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uni amalga oshirish hususiyatlari.

2.Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif.Yalpi talab tushunchasi va grafigi.

3.Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari.



Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.

Ammo bunday aksilinflyatsiya davlat byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.

Aksilinflyatsiyanıng monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi.

Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog’liq hodisa bo’lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining o’sish sur’atlarini keskin qisqartiradi va inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.

Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko’rinishlaridan biri bo’lib daromadlarning va narxlarning nominal darajalarini o’zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.

Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli, u qisqa muddatda samara berishi zarur.

Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan inflyatsiyaga qarshi siyosatining yana bir ko’rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish ( graduallash ) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko’p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.

Graduallash usulini qo’llash pul massasi va narxlar darajasining yillik o’sish sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi.

Inflyatsiyaga qarshi siyosatining monetar usullarga muqobil bo’lgan variantlaridan biri narxlar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o’sishi va narxlarning o’sishi ni muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) ko’zda tutadi.

Daromadlar va narxlarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat tomonidan narxlar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo’yish, pul ko’rinishidagi ish haqining o’sishini o’rtacha mehnat unumdorligining o’sishiga bog’lab qo’yish orqali amalga oshiriladi.

Soliqlar tarkibini o’zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to’g’ridan-to’g’ri soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning rag’batlantirish funktsiyalarini kuchaytirish, davlat byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi.

Aksilinflyatsiyanıng u yoki bu turini tanlash inflyatsiya jarayonlarining xususiyatiga bog’liq.

Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta’minlashi kerak:

samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini;

pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini;

“inflyatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik.

Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar

Makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz.

Bu modelda yalpi talabvataklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.

Yalpi talab — uy xo’jaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik xaridorlarning narxlarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.

Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig’indisidir. Formula ko’rinishida umumiy talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:



AD =С+I+G+Xn

Narxlar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq jami talab egri chizig’i deb ataladi. Buni chizma ko’rinishida tasvirlash mumkin (6.1- chizma). 6.1- chizmadan ko’rinib turibdiki, talab egri chizig’i doimo pastga va o’ngga suriladi. Nima uchun?



Yalpi talab egri chizig’i

Bunday surilishning sababi har xil. Ya’ni, alohida olingan tovarlarda talab egri chizig’ining surilishiga asosan daromad samarasi va o’rinbosar tovarlar sabab bo’lar edi. Ayrim tovarlarning narxi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko’proq maxsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, narx pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko’proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo’ladi (o’rnini bosadigan tovarlar).

Milliy bozorda AD-egri chizig’ining traektoriyasini avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin.

M*V=Y*R

Bu erda: M — muomaladagi pul miqdori;

V— pulning aylanish tezligi;

R — iqtisodiyotdagi narxlar darajasi (narx indeksi);

Y — talab qilinayotgan real ishlab chiqarish xajmi.

Bu tenglamadan P =; Y= tenglamalarni keltirib chiqaramiz.

Bu tenglamalardan ko’rinadiki, narxlar darajasi qancha oshsa, real milliy mahsulot xajmiga talab hajmi shuncha past bo’ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi(V) o’zgarmas bo’lsa, narxlar darajasi va umumiy talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud bo’ladi.

Buiday bogliqlik, shuningdek quyidagi narx omillari bilan izohlanadi:

  1. Foiz stavkasi samarasi;

  2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;

  3. Import xaridlar samarasi.

Foiz stavkasi samarasi yoki Keyns samarasi shuni bildiradiki, jami talabning egri chiziq bo’yicha surilishi narxlar darajasi o’zgarishining foiz stavkasiga bo’lgan ta’siriga bog’liq.

Demak, tovarlarning narx darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo’ladi. Ish-bilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni to’lashga katta miqdorda pul zarur bo’ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar narxsi darajalarining yuqoriligi pulga bo’lgan talabni oshiradi.

Pul taklifi hajmi o’zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini ko’tarilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo’lgan sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo’lgan talabi pasayadi.

Investitsiya harajatlari umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli bu umumiy talab hajmining pasayishiga olib keladi.

P ↑→ Md↑ (Ms sonst) → R↑→ I ↓→ AD ↓

Boylik samarasi yoki real kassa koldiqlari samarasi (Pigu samarasi) shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, nominal narxsi oldindan belgilangan moliyaviy aktivlar (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi joriy daromadidan iste’mol xarajatlari miqdorini qisqartiradi, ya’ni iste’molga chegaraviy moyillik pasayib boradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so’m bo’lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi mumkin bo’ladi, agarda inflyatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. so’mga ko’tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so’m jamg’arish uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq qismini jamg’aradi.

Download 107.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling