7”A” – sinf Darsning texnologik modeli


Download 17.04 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi17.04 Kb.
#1631666
Bog'liq
texnologik xarita


7”A” – sinf Darsning texnologik modeli



O’quv soati-45 min.

O’quvchilar soni: 25

O’quv mashg’uloti shakli

BMK larni umumlashtirish va sistemalashtirish darsi

Dars rejasi:

1. III (Matnli masalalarni yechish) bobida o’tilgan mavzularni eslash;
2. Matnli masalalar yechish;
3. Mantiqiy masalalar yechish;

O’quv mashg’ulotining maqsadi:

a) ta’limiy: Ilg’or pedagogik texnologiyalar hamda mantiqiy masalalar yordamida yordamida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari va refleksiv harakatlarini rivojlantirish;
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, vatanga muhabbat hissini singdirish, kelajak egalari aynan ular ekanligini va buyuk ajdodlarimizga munosib farzand bo’lish lozimligi tuyg’usini shakllantirish;
c) rivojlantiruvchi: o’quvchilarni tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikrlashga undash, mustaqil ishlashga o’rgatish.

Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyati natijalari:

- . III (Matnli masalalarni yechish) bobida o’tilgan mavzularni eslatish;
- . III (Matnli masalalarni yechish) bobida o’tilgan mavzularga oid masalalar berish;
- Mantiqiy masalalar berish;

- O’quvchilar III (Matnli masalalarni yechish) bobida o’rgangan BMK larini yodga oladi;
- O’quvchilarning masalalar yechishga oid BMK lari umumlashtiriladi va sistemalashtiriladi;
- O’quvchilarning refleksiv harakatlari va mantiqiy fikrlashi rivojlanadi;

O’qitish vositalari:

Darslik, kompyuter, slayd, tarqatma materiallar, doska, bor (marker), ko’rgazmali qurollar.

O’qitish usullari:

“Insert jadvali”, “Bumerang” metodi

O’qitish shakli:

Frontal, jamoaviy, kichik guruhlar.

O’qitish sharoiti:

Texnik vositalar bilan ta’minlangan, guruhlarda ishlash usulini qo’llash mumkin bo’lgan xona va jihozlari.

Monitoring va baholash:

“Insert jadvali”, “Bumerang” metodi



Darsning texnologik xaritasi

Bosqichlar,
Vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchining

O’quvchining

1-bosqich.
Tashkiliy qism
(3 min.)

    1. Salomlashiladi

    2. Davomat aniqlanadi

    3. Dars mavzusi va rejasi e’lon qilinadi.

1.1.Eshitadilar, yozib oladilar.

2-bosqich.
Bilimlarni faollashtirish
(8 min.)

2.1. Bilimlar “Insert jadvali” metodi yordamida faollashtiriladi. (1-ilova);



2.1.Eshitadi, o’ylaydi, tarqatma varoqlarga javoblarni belgilaydi.`````

3-bosqich.
Asosiy
(30 min.)

3.1. O’quvchilar 5 tadan bo’lib beshta kichik guruhlarga bo’linadilar. “Bumerang” metodidan foydalanish qoidalari tushuntiradi;
3.2. Har bir guruhga mos topshiriqlar to’plami beradi; O’quvchilar vazifani bajarguncha insert jadvali tekshiriladi. (2-ilova);
3.3. Bajarilgan vazifalar yig’ib oladi. Kichik guruhlarni qaytadan tuzadi.
3.4. Yangi kichik guruhlarga topshiriqlar to’plami beradi; O’quvchilar berilgan vazifani bajarguncha 1- vazifalarni tekshiradi, har bir guruhga ball qo’yadi. (3-ilova)
3.5. Kichik guruh a’zolari o’zlarining dastlabki guruhlariga qaytishini aytadi. Barcha guruhlar uchun umumiy masala e’lon qiladi;(4-ilova)
3.6. Topshiriqni tekshiradi, ballarni hisoblaydi va masalalar yechimlariga izoh beradi;

3.1. O’zlariga belgilangan joyga o’tiradilar, tinglaydilar;
3.2. Topshiriqni bajaradi, guruh bilan muhokama qiladi.
3.3. Yangi joylarini egallaydi.
3.4. Har bir yangi a’zo o’ziga tegishli misolni ishlaydi va guruhning boshqa a’zolariga tushuntirib beradi.
3.5.O’z guruhlariga qaytishadi, guruh bilan vazifani bajarishadi.

4-bosqich.
Yakuniy
(4 min.)

4.1. O’quv jarayonida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi
4.2. Uyga vazifa beradi.(5-ilova)

4.1. jadvalni to’ldiradilar. 4.2.Topshiriqni yozib oladilar.

Download 17.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling