Настройка
анимации
-
Taqdimotni
ichidagi
slayd
obyektlarning animatsiya va audio imkoniyatlarini sozlash va ular
tartibini ko‘rsatish
Просмотр анимации - Slaydning animatsiyasini ko‘rish
Смена слайдов - Slaydlarning bir-biri bilan almashish holatini
va vaqtini tanlash
Скрыть слайд - Slaydni ko‘rinmas
qilish
Произвольный показ - Slaydni ixtiyoriy tartibda ko‘rsatish
4. Slayd foni qanday o‘zgartiriladi, unga rasmlar o‘rnatishni
tushuntiring?
«Формат» menyusidan “Фон” bandi tanlanadi va kerakli
rangli ko‘rinishlardan slaydga fon beriladi. Rasm o‘rnatish uchun
«Вставка» menyusidan “Рисунок” bandi tanlanadi va kerakli
rasmlar qo‘yiladi.
5. Power Pointda «Конструктор» rejimi, undagi «Разметка
слайда», «Дизайн слайда» bo‘limlarini tushuntiring? Dasturning o‘ng qismidagi panel
«Конструктор» rejimi hisoblanadi, uni Форматирование panelidagi «Конструктор» belgisi
orqali chiqariladi. Bundagi «Разметка слайда» bo‘limi slaydning ma’lumotlari qanday
joylashishini ko‘rsatib beradi. «Дизайн слайда» bo‘limi slaydning foni, dizayni qanday
ko‘rinishda bo‘lishini rasmiylashtirish qolipi asosida ta’minlab beradi.
6. «Дизайн слайда – эффекты анимации» bo‘limini tushuntiring?
«Дизайн слайда – эффекты анимации» bo‘limi slaydlarga tayyor effektlar qo‘shish
imkonini beradi. Ya’ni slayddagi ma’lumotlar qanday holat chiqishini tayyor effektlarni tanlagan
holda animatsion, harakatli ko‘rinish hosil qilamiz.
7-8. «Настройка анимация» bo‘limi, undagi
«ДОБАВИТЬ ЭФФЕКТ» bandida effekt qo‘shish
turlarini sanang va izoh bering?
«Настройка анимация» bo‘limi slayddagi
effektlarni tartiblash, ya’ni o‘zimiz ssenariy asosida
ma’lumot (element)larga maxsus effekt qo‘shish va
qaysi biri qachon, qay holatda chiqishini, tezligini
belgilash imkonini beradi.
Undagi «Добавить эффект» bandi orqali
maxsus (Вход – elementning ekranga chiqish holati,
Выделение – elementga urg‘u berish holati,
Выход
– elementning ekrandan yo‘qolish holati, Пути
перемещения
–
elementning
harakatlanish
yo‘nalishi kabi) effektlar qo‘shiladi.
9. Har bir effekt imkoniyatlarini sanang (effekt
holati, parametlari, vaqti)?
Slayd elementiga maxsus effekt qo‘shilgach, har bir effektning imkoniyatlari mavjud
bo‘ladi, ya’ni effekt holati – effektning sichqoncha yordamida, oldingisi bilan birga, oldingisidan
keyin avtomatik chiqishini ta’minlaydi; effekt parametlari – effektning ovoz bilan, animatsion
matn birgalikda, so‘zma-so‘z, harfma-harf chiqishini ta’minlaydi; effekt vaqti – effektning
oldingisidan necha soniyadan so‘ng chiqishini, tezligini, takrorlanishini ta’minlaydi.
10. «Смена слайдов» bo‘limi imkoniyatlari haqida?
«Смена слайдов» bo‘limi slaydlar almashinuvini tartiblash, slaydlarning effekt
yordamida chiqishi, chiqish tezligi, ovozi, chiqish holati, vaqti va boshqalarni belgilash
imkoniyatini beradi.