Rutinning chinligini va tozaligini qog‘oz xromatografiya usulida aniqlash
Rutin, Rutinium, 3-ramnoglikozid-3,5,7,3,4 - pentaksiflavon
0,01 g rutin (aniq tortma) 10 ml 95% li etil spirtida suvli hammom ustida eritiladi, so‘ngra sovitiladi, hosil
bo‘lgan eritmadan kapillyar yordamida olib xromatografik qog‘ozning start chizig‘iga nuqtasimon
ko‘rinishida tomiziladi. Xromatografik qog‘oz yaxshilab havoda quritiladi va n-butanol, sirka kislota va
suvdan (4:1:5) tayyorlangan erituvchilar aralashmasi bilan to‘yingan xromatografik kolonkadan olinadi
va havoda erituvchilarning hidi ketguncha quritiladi.
Quritilgan xromatografik ―UB-254‖ nuri oqimida ko‘riladi. Bunda rutin moddsining to‘q jigarrangdagi
faqat bitta dori ko‘rinadi.
Keyinchalik xromatogramma natriy gidroksidning 10% eritmasi bilan purkaladi, natijada dog‘ rangga
bo‘yaladi. Rutin dog‘ning Rf qiymati hisoblanadi.
Rf=a/b
Bu yerda, a - xromatogrammadagi dog‘ning bosib o‘tgan masofasi, sm; b -
erituvchilar aralashmasining bosib o‘tgan masofasi, sm;
Digitoksin tarkibida aralashma holdagi turli glyukozidlarni qog‗oz xromatografiyasi yordamida
aniqlash
2 x 50 sm o‗lchamda qirqib olingan hamda 20% formamidni metil spirtidagi eritmasi bilan 5 daqiqa
davomida shimdirilgan «tez» xromatografik qog‗ozga 0,02 ml digitoksinni 0,01% spirt-xloroform (1:1)
nisbatdagi aralashmasidagi eritmasidan start chizig‗iga o‗tkaziladi.
Xromatogramma ksilol: metil-etil keton (1:1 ) nisbatdagi aralashmasi va formamid bilan to‗yintirilgach,
yuqoridan pastga harakatlanuvchi fazada olib boriladi. Qo‗zg‗aluvchi faza 30 sm masofa bosib
o‗tgach uni kameradan olinib, 1200 C haroratda 1 soat davomida quritgich shkafidaquritiladi.
So‗ngra xromatografik qog‗oz 15 hajm 25% uchxlor sirka kislotasining spirtdagi eritmasi va 1 hajm
yangi tayyorlangan 3% xloramin B eritmasi aralashmasi bilan purkaladi. Xromatogramma 800C
haroratda 5 daqiqa quritilib, ulrabinafsha nurida ko‗riladi. Bunda digitoksinga xos sariq rangli bitta dog‗
ko‗rinishi lozim. Boshqa aralashmalar bo‗lishi taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |