8 – sinf Davlat va huquq asoslari fanidan Oylik nazorat


Download 34.13 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi34.13 Kb.
#1791811
Bog'liq
8-sinf huquq Oylik nazorat


8 – sinf Davlat va huquq asoslari fanidan Oylik nazorat

1. Jumlani to’ldiring? Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, ……….. putur yetkazmasliklari shart.


A) erkin va farovon yashashlariga B) huquqlari va erkinliklariga


C) ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishlariga D) to’g’ri javob A va C

2. O‘ziga xos xususiyatlar, xohish-istaklar, orzu va intilishlar, bilim, ko‘nikma, malakalarga ega, ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan inson bu – …


A) Individ B) Shaxs C) Inson D) Barcha javoblar to’g’ri


3. Odamlarning muayyan murakkab tuzilmasi bu-…


A) Jamiyat B) Ibtidoiy to’da C) Davlat D) Urug’

4. Jamiyat so’zining lug’aviy ma’nosini toping?


A) yunoncha - jamoa, birlashma B) arabcha – jamlangan, birlashgan


C) forscha - jamoa, birlashma D) lotincha - jamoa, birlashma

5. Jahonga “Shayx-ur-rais” (“Olimlar rahbari”) nomi bilan tanilgan Sharq mutaffakirini to’g’ri toping?


A) Farobiy B) Ibn Sino C) Beruniy D) Marg’inoniy


6. Jamiyatning asosiy bo’g’ini nima?


A) davlat B) oila C) turli xil jamoalar D) to’g’ri javob A va C


7. Davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlarini ro‘yobga chiqaradigan omil qaysi qatorda to’g’ri berilgan.


A) Davlat boshqaruv shakllari B) Siyisoy rejim


C) Davlat tuzilish shakllari D) Davlat funksiyalari

8. Davlat funksiyarning faoliyat ko’rsatish makoni bo’yicha amalga oshiradigan mezonni toping?


A) asosiy va asosiy bo’lmagan B) doimiy va vaqtinchalik


C) ichki va tashqi D) ijod qilish va ijro qilish

9. “Respublika” so’zining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?


A) yunoncha-umumiy ish B) lotincha-xalq ishi


C) lotincha-xalq hokimiyati D) to’g’ri javob yo’q

10. Ushbu rasmdagi davlatlarda boshqaruv shakli va tuzilishi jihatdan qanday usul o`rnatilgan?



A)Federativ respublika B)Parlamentar respublika


C) Monarxiya D) Unitar respublika

11. Davlat shakllari qanday turlarga bo’linadi?


A) boshqaruv, tuzilish, siyosiy tartibot B) boshqaruv, etatik, huquqiy


C) tuzilish , monarxiya, respublika D) demokratik, nodemokratik, oraliq

12. Prezident saylanuvchi mansabdor shaxs bo‘lib, asosan, parlament tomonidan saylanadigan boshqaruv shaklini toping?


A) etatik davlat B) konstitutsiyon monarxiya


C) prezidentlik respublika D) parlamentar respublika

13. Qaysi atama “oddiy, yagona” degan ma’nolarni anglatadi?


A) federativ B) unitar C) konfederativ D) respublika


14. Federativ davlatlar berilgan qatorni toping?


A) Germaniya, Yaponiya B) O’zbekiston, Rossiya


C) AQSH, Fransiya D) Germaniya, Rossiya

15. Parlament dastlab qaysi davlatda paydo bo’lgan?


A) Fransiya B) Germaniya


C) Angliya D) Italiya
Download 34.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling