8- sinf o’zbek tili 1-chorak to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini toping


Download 20.9 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi20.9 Kb.
#1778519
Bog'liq
8-sinf o\'zbek tili 1-chorak 20 talik


8- SINF O’ZBEK TILI 1-CHORAK
1.To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini toping.
A)O’zbekiston Respublikasi, mustaqillik bayrami, ezgulik arkasi
B)Ozodlik timsollari,Jahon xaritasi,poytaxtimizning bosh maydoni
C) O’zbekiston Respublikasi, Mustaqillik bayrami, Ezgulik arkasi
D) “Mustaqillik va ezgulik manumenti”,O’zbekiston xaritasi, O’zbekiston respublikasi
2. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari jahonning … shaharlari hisoblanadi. Bu shaharlarni ko’rgani har yili turli mamlakatlardan … sayyohlar kelishadi. Farg’ona vodiysi esa O’zbekistonning … deb ataladi.Andijon shahri sanoat, Namangan esa … shahri hisoblanadi.
Nuqtalar o’rniga mos so’z va so’z birikmalarini qo’ying.
A)Markaziy Osiyo, eng qadimiy, minglab, yashil vodiy
B)eng qadimiy, minglab, yashil vodiysi, gullar
C) o’n ikkita, Toshkent, gullar, minglab
D)yashil vodiylari, minglab, eng qadimiy, Markaziy Osiyo
3.Qaysi qatorda o’zlik nisbat qo’shimchalari berilgan.
A)-n, -in, -l, - il
B)-ni, -ning, -da, -dan
C) -dir, -tir, -ir,-ar
D)-lar, -in,-il, ar
4.Qaysi qatorda faqat birgalik nisbatdagi fe’llar berilgan?
A)faxrlandik, ta’tib ko’rishdi, borishdi
B)yetishtirilgan,aytishib, ko’rishdi
C)borishdi, ishtirok etishdi, ko’rishdi
D)taralayotga, uriladi, hayratlanishdi
5.Qaysi qatorda orttirma nisbat qo’shimchalari fe’l asoslarga to’g’ri qo’shilgan?
A)o’tkazmoq, yurg’izmoq,ketqizmoq, kirg’izmoq
B)o’tgazmoq, yurgizmoq, yotqizmoq,turg’azmoq
C)yutdi, turdi,yurdi,turg’zadi
D)yurg’azdi, korg’azdi,tutqazdi,yutqazdi
6.Maktabimiz hovlisida xilma-xil gullar o’s…iladi. Ukam dadamga futbol koptogi ol…di. Nuqtalar o’rniga mos qo’shimchalarni qo’ying.
A) - dir,-tir B) -tir, -dir C) - ar, -giz D) -tir, giz

7.Toshkent patirlari, Samarqand nonlari, Namanganning qatlama nonlari, obinon, kulchanon, shirmoy nonlar hatto chet ellik mehmonlar tomonidan ham sevib … . Non faqat taom emas, insonlar tomonidan … mo’jiza hamdir. Nuqtalar o’rniga mos fe’llarni belgilang.


A)e’zozlanadi, barpo qilingan
B) iste’mol qilinadi, tushirilgan
C)keltirishadi, yopilgan
D) xarid qilishadi, yaratilgan
8. Nurga to’ldi dara, to’ldi soy,
Nur yog’ … di qorong’u jarga. Nisbat qo’shimchasini tanlang.
A)-n B)-in C)-il D)-l
9.Qaysi nisbatdagi fe’llarda fe’l nisbatlarini ko’rsatuvchi qo’shimcha bo’lmaydi?
A) birgalik nisbatida B)aniq nisbatda C)o’zlik nisbatda D)majhul nisbatda
10. 1991- yil 31-avgust kuni Vatanimiz tarixida… boshlandi. Mustaqillikka erishgach, mamlakatimizning … rivojlandi, … … tiklandi. … ham juda katta yangiliklar ro’y berdi.
Nuqtalar o’rniga zaruriy so’z va so’z birikmalarni ketma-ketlikda joylashtiring.
A) iqtisodi, yangi davr, sport sohasi, hamkorlik aloqalari
B)yangi davr, iqtisodi, ma’naviy qadriyatlari, sport sohasi
C) ilm-fan, madaniyat markazi, sport sohasi, iqtisodi
D)hamkorlik aloqalari,ulkan qurilishlarm ma’naviy qadriyatlar, adabiy aloqalar
11. Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib bir his bor edi manda.
Chappar urib gullagan bog’im,
O’par edim Vatan tuprog’in. Ushbu she’r muallifini aniqlang.
A)Abdulla Oripov B)Muhammad Yusuf C)Erkin Vohidov D)Hamid Olimjon
12. Har yili kuzda xazonrezgi paytida daraxtzorlarni aylanib yuraman. Bugun ham shunday bo’ldi, uyimiz ro’parasidagi daraxtzorga o’tdim.
Kech kuz bo’lsa ham, havo ochiq edi.Quyosh charaqlab turardi. Birdan tevarak-atrof qorong’ulashdi, osmonni parcha-parcha qora bulutlar qoplay boshladi.
Ushbu xotiralar qaysi adibga tegishli?
A)O’lmas Umarbekov B)Abdulla Qodiriy C)Abdulla Qahhor D)O’tkir Hoshimov
13. Bajaruvchisi no’malum bo’lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe’l shakli nima deyiladi?
A)harakat nomi B)aniq nisbat C)majhul nisbat D)orttirma nisbat.
14. Majhul nisbatda berilgan yig’iq gapni toping.
A)Biz partalarga ikkitadan o’tirdik
B)Bolalar gullarga suv quydilar.
C) Suv chiqarildi
D) Terimchilar tomonidan paxtalar terildi
15. Qadim zamonlarda odamlar meva sharbatiga muz, qor aralshtirib iste’mol qilishgan, Bu ichimlikni Iskandar Zulqarnayn ham yaxshi ko’rgan. Unga tog’ cho’qqilaridan maxsus muz keltirishgan. XIII asrda sayyoh Marko Polo Sharq mamlakatlaridan uni tayyorlashni o’rganib ketgan.
Ushbu matnda gap nima haqida ketmoqda.
A) sharbat B)muzqaymoq C) yaxna choy D )kokteyl
16. “O’zbekiston” she’ri muallifi qaysi qatorda berilgan?

A) Qudrat Hikmat B) Abdulla Oripov C) Po'lat Mo'min D)Hamid Olimjon


17. Quyida berilgan qaysi javobda nuqtalar o’rniga -dir, - tir orrtirma nisbat qo’shimchalari qo’yilmaydi?


A) Bola ariqda oqayotgan suvda kemachasini oq...di.
B) O‘qituvchi doskada qoidaga mos misollarni yoz...di
C) Ukam dadamga futbol koptogi ol...di.
D) Olgan bilimlarimizni sinash uchun qo‘shni sinflar bilan musobaqa uyush...dik
18. Qaysi qatorda maqol berilgan?
A) Haydovchi mashinani sekin haydashi kerak
B) Mehnat qilib topganing, qand-u asal totganing.
C) Non eng to‘yimli, foydali taomdir
D) Tandirdan chiqqan issiq nonning hididan ishtaha ochiladi

19. Orttirma nisbatning -ir, -iz qo‘shimchalari qanday so’zlarga qo’shiladi?


A) jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga
B) jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga
C) bir bo‘g‘inli so‘zlarga

D) ko’p bo’g’inli so’zlarga



20. Qaysi qatorda orrtirma nisbatdagi so’zlar berilmagan?
A) ishlatmoq, kiydirmoq, o‘stirmoq
B) yurgizmoq, tekkizmoq, o'tqizmoq
C) yurg‘izmoq, o'tkazmoq, oshirmoq
D) tarandi, ajraldi, yuvindi, qoqildi


SAVOL

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

JAVOB

C

B

A

C

A

B

D

C

B

B

D

A

C

C

B

D

A

B

C

D

Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling