8-9-Mavzu: Populyasiya haqida ta’limot. Turning ekologik sistema ekanligi. Turning strukturasi. Populyatsiya generatsiyalari. Turli generatsiyalarning o’zaro o’xshashligi va farqlari


Download 213.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana09.02.2023
Hajmi213.15 Kb.
#1181303
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 м Word-1

Jinsiy guruhlar. Bir turga mansub bo’lgan urg’ochi va erkak jinslar o’zaro 
o’xshash bo’lmagan ekologik xususiyatlarga ega bo’ladi. Ushbu o’ziga xoslik 
birinchi navbatda ularning turlicha oziqlanish xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Masalan, voyaga yetgan iksod kanalarining erkaklari, urg’ochilardan farqli 
ravishda oziqlanmaydi, yoki voyaga yetgan chivinlarning urg’ochilari qon 
so’rishga moslashgan bo’lsa, erkaklari faqat o’simliklarning shirin shirasi bilan 
kun kechiradi. Jamoa bo’lib yashovchi hasharotlarning turli individlari (urg’ochi 
(ona), erkak va ishchi asalari) ning oziqa rejimi har xil bo’ladi. Ishchi asalarilar 
jinsiy bezlarining rivojlanmaganligi, ularning lichinkalik bosqichida yetarlicha 
oziqlanmaganligi bilan ifodalanadi. 
Kaspiy dengizida yashovchi osyotr balig’ining erkagi har xil turdagi 
baliqlarni tutib yeydi, uning urg’ochisi esa dengiz buqachasi deb ataluvchi 
baliqlar bilan oziqlanadi. Ushbu baliqlarning oziqasi tarkibida ayrim umumiylik 
mavjud, ya’ni erkak baliqning oziqasini 19,7% ini gammarida oilasidagi 
qisqichbaqalar tashkil etsa, urg’ochisinikida esa shu qisqichbaqalar 8,9% ni 
tashkil etdi. 
Populyatsiyalar polimorfizmi. Har xil generatsiyalar orasida farqlarning 
bo’lishi tur individlari sonining dinamikasi uchun katta ahamiyatga ega. 
Generatsiyaning tug’ilishi va rivojlanishi sharoitiga binoan ular son jihatdan 
kuchli yoki kuchsiz, shuningdek, yashovchanlik qobiliyati bilan o’zaro farq qiladi. 
Bunday xususiyat, ayniqsa, hayot siklida qisqa rivojlanish davriga ega bo’lgan va 
monosiklik ko’payuvchi turlar uchun katta ahamiyatga ega. Populyatsiyada bir 
vaqtning o’zida bir necha avlod individlari mavjud bo’lsa, u juda kuchli 
ko’rsatgich hisoblanadi va amalda baliq va boshqa hayvonlarni ovlashda bunday 
ma’lumot (axborot) dan foydalaniladi. 
Rivojlanish sikli ikki va undan ko’proq yil davom etadigan monosiklik 
turlarda kuchli avlodning paydo bo’lishi, populyatsiyaning kuchli bo’lishini 
ta’minlaydi. Masalan, har ikki yilda bir generatsiya beruvchi sibir ipak qurtining 
generasiyalari o’zaro bir-biridan farq qiladi, ya’ni toq sondagi generatsiyalar 


kuchliligi bilan juft sondagi generatsiyalardan ajralib turadi. Ushbu qoidani tinch 
okean losos baliqlariga ham qo’llash mumkin. 
Umuman olganda, tur nafaqat turli muhitli hududlarda (arealda) yashovchi 
guruhlardan tashkil topgan murakkab sistema hisoblanadi, balki u turli biologik 
shakllardan iborat bo’lgan murakkab sistema hamdir. Turning ushbu 
polimorfizmi, uning tashqi muhit bilan bo’lgan murakkab bog’lanishini 
mustahkamlaydi hamda undan (ya’ni muhitdan) foydalanishning yanada keng 
imkoniyatlarini yaratadi. Turning strukturasini turli-tuman bo’lishi, uning turlicha 
irqlar, jinsiy guruhlar, turli yoshli guruhlardan iborat bo’lib yashashi va turlicha 
ekologik joylarni (nisha) egallashi, uning geografik tabaqalanishi kabilar 
divergatsiya yo’llari hisoblanadi. Divergatsiya jarayonida shakllangan yangi 
populyatsiyalar atrof-muhit bilan bog’lanishda yangicha munosabatlarni paydo 
qilsa, bu o’z navbatida yangi turlarning shakllanishiga asos bo’ladi. 

Download 213.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling