8-amaliy mashg‘ulot. Internet tarmog‘i ilovalarini dasturlash. Ftp protokoli


Download 201 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2023
Hajmi201 Kb.
#1124867
  1   2
Bog'liq
8-amaliy (1)


8-amaliy mashg‘ulot.
Internet tarmog‘i ilovalarini dasturlash. FTP protokoli.


8.1. Amaliy mashg‘ulotning maqsadi va mazmuni

Ba’zi internet tarmog‘i protokollari asosida internet tarmog‘i ilovalarini dasturlash, ilovalarni dasturlash tamoyillarini protokollarga asoslangan holda tuzish, xususan, FTP protokoli, uni vazifasi, tuzilishi, internet tarmog‘ida FTP protokolini qo‘llashning funksional imkoniyatlari, FTP klient hamda FTP server dasturlarini yaratishning sodda strukturasini o‘rganish.




8.2. Amaliy mashg‘ulotga topshiriq

Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha talabalarga mavzu yuzasidan nazariy bilimlarni egallash talab etiladi.


Talabalar amaliy mashg‘ulot bo‘yicha umumiy topshiriqlarni oladilar. Bu topshiriq FTP protokli asosida klient dasturini yaratish, klient so‘rovlari, so‘rovlarga javoblar, FTP buyruqlari, vazifalari, uning klasslaridan foydalanib klient, server dasturini mustaqil yaratishni o‘rganish talab etiladi. Barcha talabalar uchun umumiy bo‘lgan FTP protokoli asosida klient-server munosabatlari dasturini yaratish vazifasi beriladi.


8.3. Nazariy qism

FTP protokoli tahlili. FTP (File Transfer Protocol yoki Fayllarni uzatish protokoli) – Internetda ancha vaqtdan foydalanilayotgan protokol bo‘lib, uning standartlari turkumiga kiradi. FTP da ma’lumotlar almashinuvi TCP-kanal orqali amalga oshiriladi. "Klient-server" texnologiyasi bo‘yicha almashinuv tashkil qilingan.


FTP bir xostdan ikkinchisiga fayllar nusxasini ko‘chirib olish uchun TCP/IP tomonidan ta’minlanadigan standart mexanizm hisoblanadi. Ushbu protokol xostlar o‘rtasida ikki xil aloqa o‘rnatilishini amalga oshiradi: buyruqlar (21/TCP) va ma’lumotlarni (20/TCP) uzatish.
FTP klient asosan 3 ta komponentdan tashkil topadi: foydalanuvchi interfeysi, klient boshqaruvi va klient ma’lumot uzatish jarayoni. FTP server esa 2 ta komponent: server boshqaruvi va server ma’lumot uzatish jarayoni.

8.1-rasm. Protokol modeli
FTP protokoli:

  • uzoqlashtirilgan xostlardagi fayllarga kirishni taqsimlash vazifalarini echish;

  • uzoqlashtirilgan kompyuterlardagi resurslardan bevosita yoki bilvosita foydalanish;

  • klientning uzoqlashtirilgan xostlardagi fayl tizimlaridan mustaqilligini ta’minlash;

  • ma’lumotlarni samarali va ishonchli uzatishni ta’minlashga mo‘ljallangan.


8.2-rasm. FTP protokolining asosiy modeli

FTP protokolida bog‘lanishni boshqarish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:



  1. Serverning 21 porti har doim passiv holda ochiq bo‘lib, klient so‘rovni eshitib turadi.

  2. Klient vaqtinchalik portdan foydalanganida 21 port faol holatga o‘zgartiriladi.


8.3-rasm. FTP protokolida bog‘lanishni boshqarish jarayoni

FTP protokolida ma’lumot uzatish uchun bog‘lanishni boshqarish jarayonidan farq qiladi va 3 bosqichda amalga oshiriladi:



  1. Klient vaqtinchalik portdan foydalanib, passiv holatda turadi.

  2. Port uchun ajratilgan buyruqlardan foydalanib serverga port nomeri jo‘natiladi.

  3. Server port nomerini qabul qiladi va 20 port nomeri faol holatga o‘zgartiriladi.


8.4-rasm. FTP protokolida ma’lumot uzatish uchun bog‘lanish jarayoni

FTP protokoli asosida tarmoqda fayllarni uzatish umumiy ish tamoyili quyidagi dastur orqali boshlanadi:


$ telnet example.ru 21


Trying 192.168.0.1...
Connected to example.ru.
Escape character is '^]'.
220-Welcome to Pure-FTPd
You are user number 5 of 100 allowed.
Local time is now 17:41. Server port: 21.
220 You will be disconnected after 15 minutes of inactivity.
USER afiskon
331 User afiskon OK. Password required
PASS lamepassword
230-User afiskon has group access to: coders
230 OK. Current restricted directory is/

Ba’zi bir FTP buyruqlarini ishlatish masadga muvofiq:


MKD ftp_test


257 "ftp_test" : The directory was successfully created
CWD ftp_test
250 OK. Current directory is /ftp_test
CWD ..
250 OK. Current directory is /
RMD ftp_test
250 The directory was successfully removed

FTP klient dasturi quyidagi kodga asoslanadi:


int code;


char* dir;
// ...
if(code = rawcmd(250, "RMD %s\r\n", dir))
printf("Error: %d\n", code);
else
printf("All done!\n");



Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling