8-amaliy mashg‘ulot mavzu: 3-4-sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish. Rejalashtirishga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish
Download 403.67 Kb.
|
1 2
Bog'liq8-amaliy
8-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: 3-4-sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish. Rejalashtirishga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish Mavzu rejasi: Husnixat darslsrini rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar. 3-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish. 4-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish. Maqsad: 3-4- sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish, darslarga qo’yiladigan talablar. Uchinchi va to’rtinchi sinflarda husnixat malakalarini takomillashtirish. Uchinchi sinf dasturida o’quvchilar husnixatini takomillashtirish uchun quyidagi talab va tavsiyalar berilgan: Yozuvga oid malakalarni mustahkamlash; Bolalarni bir chiziqli daftarda yozishni mashq qildirish (harflarni balandlik va kenglik o’lchamini o’zlashtirish): O’quvchi uchun qiyin bo’lgan ayrim bosh va kichik harflarni, harflar birikmasini yozishga, shuningdek, harflarni to’g’ri ulanishiga rioya qilish. Shu tavsiyalarga tayangan holda uchinchi sinfda husnixat darslari tashkil etiladi. Bu sinfda o’quvchilarning yozuv malakalarini mustahkamlash uchun ularga ko’proq ko’chirib yozish mashqlarini berish va yozuv tezligini hisobga olib boorish lozim. Tez yozish malakasini hosil qilish uchun qo’l va barmoq muskullari harakatini o’stiruvchi mashqlarni bajarish; ayrim kichik va bosh harflarning yozilish metodlarini ko’rsatish kerak bo’ladi. Bunday mashqlar o’quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o’stirishga, harflarni bir-biriga tez bog’lab yozishga o’rgatishga katta yordam beradi. Oquvchilar tayyorgarlik mashqlarini bajarib bo’lganlaridan so’ng asta-sekin yozuv tezligi oshib, tez yozish malakasi hosil bo’la boradi. Bu davrda yozuvga o’rgatish uchun qo’yidagi malakalar hosil qilinishi zarur: Harflarni qo’l harakatini uzmasdan tez bir-biriga bog’lab yozish. Bosh va kichik harflarni bir-biriga bog’lab yozish. Matnga qarab ko’chirib yozish. To’rtinchi sinfda ham chiroyli yozuvga o’rgatishni ona tili darsi bilan bog’liq holda olib boriladi. Bu sinfda bir chiziqli daftarga kichik harflarni 3 mm balandlikda, bosh harflarni esa 7 mm balandlikda yozish malakasi hosil qilinadi. Bu sinfda o’qituvchi, harflarni yozilishini va o’lchamlarini tushuntirish bilan bir qatorda, quyidagi talablarni eslatib turishi lozim: Download 403.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling