8-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari. Pluglarni turlari vazifasi, tuzilishi va texnologik ish jarayonlari


Download 263.47 Kb.
bet2/4
Sana14.07.2023
Hajmi263.47 Kb.
#1660325
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY MASHG`ULOTLAR ISHLANMASI

Plug korpuslarini turlari. Er xaydash sifati plug korpusining konstruksiyasi, uning geometrik shakli va ish yuzasining egat devori hamda uning tubiga nisbatan joylashishiga bog‘liq.
Konstruksiyasiga ko‘ra korpuslar ag‘dargichli, ag‘dargichsiz, kesik, tuproqni chukurlatuvchi, chiqarilgan iskanali, diskli, kombinatsiyalashgan ko‘rinishda bo‘ladi.
Plug korpusini tanlashda kuyidagi ko‘rsatkichlari: kamrash kengligi, xaydash chuqurligi, egat tubi va egat devoriga nisbatan lemexni o‘rnatish burchagi hamda ish sirtining (yuzasining) shakliga qarab aniqlanadi.
Dala taxtasi yordamida plugning korpusi ariqning tubi va devorchasiga tayannib xarakatlanadi.
Pichoq tuproqni kesish va unda uchragan o‘simliklar qoldig‘i, ildizlari, qatlamlarni ajratish va tekis egat olish uchun xizmat qiladi. Pichoqlar diskli va qalamchasimon bo‘lib, ular chimqirqar lemexining oldiga o‘rnatiladi. Qalamchasimon pichoqlar o‘rmon buta-botqoqli va plantajli pluglarda ishlatiladi.
CHimkirkar o‘simlik qoldiqlariga boy bo‘lgan tuproqning yuqori qatlamni egat tubiga ag‘darib tashlash uchun xizmat qiladi. CHimqirqarning ishchi shakli plugning asosiy korpusiga o‘xshaydi, ammo undan kichikroq o‘lchamda bo‘ladi. Ramada chimqirqar plug korpusidan 30-35 sm oldinga o‘rnatiladi. Bundan maqsad - tuproqningq qatlami ularning orasidan oson o‘tkazishidadir. CHimqirqar qatlamning yuqorigi qismini 6-12 sm chuqurlikda kesadi va erni haydashda uni egatning tubiga tashlaydi.
Plugning ishlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: plug oldinga xarakatlanganda, pichoq 3 tuproqni 10-12 sm chuqurlikda kesib ketadi. Unga izma-iz kelayotgan chimqarqar 2 tuproqning yuqori qatlamini 6-12 sm chuqurlikda va 15-20 sm kenglikda kesib oladi, uni maydalaydi va oldingi korpus ochib ketgan egatning ostiga tashlaydi.
So‘ngra asosiy korpus 4 ning lemexi 6 tuproq qatlamining asosiy qismini kesadi va ag‘dargich 5 ga ko‘tarib beradi, ag‘dargich uni maydalaydi hamda bir vaqtning o‘zida egatning tubiga chimqirqar tashlagan tuproqni ustidan yopadi. Lemex va ag‘dargichning yuzasi yaxlit holda korpusning umumiy ishchi yuzasini tashkil etadi.

Download 263.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling