8-amaliy mashg’ulot


Download 1.37 Mb.
bet3/5
Sana02.12.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1780397
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-AMALIY MASHG’ULOT

Bu Markazlar respublikamizdagi barcha o‘lchash va sinash asboblarini o‘zining aniq asboblari bilan solishtirib (taqqoslab, qiyoslab) ko’rib ularni to’g‘riligi, sinovga va o‘lchashlarga yaroqli ekanligini aniqlab shu to’g‘risida sertifikat beradilar.

  • Bu Markazlar respublikamizdagi barcha o‘lchash va sinash asboblarini o‘zining aniq asboblari bilan solishtirib (taqqoslab, qiyoslab) ko’rib ularni to’g‘riligi, sinovga va o‘lchashlarga yaroqli ekanligini aniqlab shu to’g‘risida sertifikat beradilar.
  • Markazlarni va unga o’xshash boshqa tashkilotlarning aniq (namunaviy) o‘lchash asboblarini to’g‘ri ishlashini tekshirib turish O’zbekiston Respublikasining Milliy etalonlar Markazi (O’z MEM)ga yuklatilgan. Etalonlar markazi bu ishni o’zining, yanada aniqroq bo‘lgan o’lchash asboblari, ya’ni etalonlari yordamida amalga oshiradi.

Etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 09.02.96 yildagi «O’zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini shakllantirish va metrologik ta’minotni takomillashtirish tug‘risida» gi 53-son Qarori asosida tashkil qilingan. Markaz 2001 yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi.

Hozirgi kunda Etalonlar markazida


Chastota va vaqt
Massa
Elektr toki kuchlanishi
Bosim,
Elektr sig‘imi
Suv miqdori va sarfi
Induktivlik
Ammiak
Sinil kislotasi
Azot dioksidi
Oltingugirt dioksidi
Xlorning havodagi massaviy ulushi birliklari

Kupchilikga ma’lumki etalonlar bu juda aniq o’lchovchi qurilmalar. Shuning uchun ham ular tashqi muhitga, ya’ni laboratoriyadagi haroratni, havo namligini, atmosfera bosimini o’zgarishiga, har xil tulqinlarga, vibratsiyaga, elektrik, magnit va elektromagnit maydonlariga va shunga o’xshash ta’sir etuvchi omillarga sezgir. Shu sababdan tashqi muhitni etalonlarga ta’sirini iloji boricha kamaytirish maqsadida Etalon markazining binosi o’ziga xos uslubda qurilgan maxsus xonalarga ega.

  • Kupchilikga ma’lumki etalonlar bu juda aniq o’lchovchi qurilmalar. Shuning uchun ham ular tashqi muhitga, ya’ni laboratoriyadagi haroratni, havo namligini, atmosfera bosimini o’zgarishiga, har xil tulqinlarga, vibratsiyaga, elektrik, magnit va elektromagnit maydonlariga va shunga o’xshash ta’sir etuvchi omillarga sezgir. Shu sababdan tashqi muhitni etalonlarga ta’sirini iloji boricha kamaytirish maqsadida Etalon markazining binosi o’ziga xos uslubda qurilgan maxsus xonalarga ega.
  • Jumladan etalonlar joylashgan laboratoriyalardagi havo haroratini o’zgarishi 0,1-0,05 gradus (…oS) dan oshmasligini ta’minlash uchun laboratoriya xonalari antiqa usulda termoizolyatsiyalangan. Buning uchun etalon saqlanadigan xona xuddi shu shakldagi, faqat o’lchami kattaroq xona ichiga joylashtirilgan. Bundan tashqari xonalarga quyosh nuri tushib haroratni o’zgarishiga sabab bulmasligi uchun laboratoriya xonalari derazasiz qurilgan. Xona va karidor harorati konditsioner yordamida 20 gradusda ushlab turiladi.

O’lchash asboblaridan keng tarqalganlaridan biri bu – tarozi va uning toshlari. Etalonlar markazida 1 milligramm (mg) dan 30 kilogramm (kg) gacha bulgan etalon tarozi toshlari va etalon tarozi-komparatorlar mavjud. Etalon tarozilarimiz aniqligi 0,1 mikrogramm (mkg) dan 5 mg gacha. Masalan 1kg gacha o’lchovchi etalon tarozimiz atigi 1mikrogrammga xato qiladi-ya’ni etalon tarozida o’lchash bajarilayotganida etalon toshga biror dona chang g‘uborlari tushsa uni etalon tarozi sezadi va ko’rsatishi o’zgaradi. Shuning uchun ham etalon tarozilar va tarozilar toshlarini saqlash sharoitiga, yuqorida aytib o’tilgandek, juda qattiq talablar qo’yiladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling