Etalonlar markazining hozirga kundagi asosiy yo‘nalishlari:
etalon bazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash;
etalonlarini saqlash;
etalonlarini qo’llash (etalonlardan foydalanib o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrovkalashni bajarish);
eng yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarini yaratish bo’yicha ilmiy-tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlarini bajarish;
yuqori va eng yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarining yagona nusxalarini tayyorlash;
etalonlarning mintaqaviydavlatlararo va halqaro solishtirilishini tashkil qilish va o’tkazish;
kattaliklar birliklarining o’lchamlarini qayta tiklash, saqlash va uzatish sohasida halqaro xamkorlik bo’yicha ishlar bajarish;
• - • Etalonlar markazi respublikamizdagi yirik korxonalardan hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari, «Uztransgaz», OAO Navoiazot, «AGMK», «NGMK» va shunga o’xshash 30 dan ortiq korxonalar bilan uzluksiz aloqada bo‘lib, o’larning namunaviy o’lchash asboblarini o’zini etalonlariga taqqoslab, foydalanishga yaroqliligini tekshirib kelmoqda. Bundan tashqari yuqorida aytganimizdek «O‘zstandart» agentligi tarkibidagi «Metrologiya xizmatlari kursatish markazi», Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning tarkibiga kiruvchi har bir viloyatning Sinov va Sertifikatlashtirish Markazlarining o’lchash vositalarini qiyoslab bermoqda. Bu tashkilotlar o’z navbatida o’zlarining aniq va namunaviy o’lchash vositalari yordamida tegishli tashkilotlar va korxonalarning o’lchash asboblari yaroqliligini tekshiradilar. Demak respublikamizda biror-bir o’lchashda foydalaniladigan o’lchash asboblari yuq-ki bevosita yo bilvosita O’zbekiston Milliy boshlang‘ich etalonlari yordamida tekshirib turilmasa.
- Markazdagi etalonlarning o’z navbatida metrologik jihatdan yaroqliligini tasdiqlab turish va ular yordamida bajarilgan sinov o‘lchashlari natijasida beriladigan metrologik attestatlash yoki kalibrovka sertifikatlari boshqa davlatlar uchun ham yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun, etalonlarimiz doimiy ravishda (ko‘pincha yilda bir marta) metrologiya bo‘yicha mintaqaviy tashkilotlar tamonidan tashkil qilinadigan milliy etalonlarni o‘zaro taqqoslashlarda qatnashishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |