8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

13-BOB. IS-LM MODELI 
 
Reja: 
13.1. IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan 
bog‘liqligi. 
13.2. Modelning asosiy tenglamalari. 
13.3. IS - egri chizig‘i va uning tenglamasi 
13.4. LM - egri chizig‘i va uning tenglamasi 
13.5. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat 
13.1. 
 
13.2. 
13.1. IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan 
bog‘liqligi 
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va 
makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini 
umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS - 
LM modeli birinchi marta 1037-yilda J.Xiks tomonidan keynsning 
makroiqtisodiy konsepsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 
1949-yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli 
kitobi nashr qilinganidan so‘ng keng yoyildi. Shu sababli bu model 
Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi. 
IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul 
bozorida 
birgalikda 
muvozanat 
o‘rnatilishi 
mexanizmini 
xarakterlaydi.
80
Bunda tovarlar bozori deganda ham iste’mol ham 
investitsion tovarlar bozori tushuniladi. Garchand iste’mol va 
investitsion tovarlarga talab turli omillar bilan belgilansa-da IS - LM 
modelida ular bir butun deb qaraladi. Pul bozori deganda xazina 
veksellari va tijorat qog‘ozlari ko‘rinishidagi qisqa muddatli kredit 
vositalarini 
oldi 
sotdi 
mexanizmi 
tushuniladi. 
Bu 
bozorni 
obligatsiyalar bozoridan farqlash zarur. Pulning obligatsiyalarda 
ifodalangan nisbiy bahosi obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasidir. 
“IS - LM modeli (investitsiyalar-jamg‘armalar, likvidlilikni afzal 
ko‘rish – pul) – yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni 
aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanatim modeli”
81
. AD-
AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e’tiborga olingan edi. 
Ya’ni tovarlar va xizmatlar baholarining ko‘tarilishi pulga bo‘lgan 
talabni oshirishi bu esa o‘z navbatida foiz stavkasining ko‘tarilishiga 


159 
olib kelishi, oqibatda investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar 
kamayishi AD-AS modelida ko‘zda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS 
modelini qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va bu modelda har ikkala 
bozor yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon 
bo‘ladi. 
Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bog‘liq tarzda foiz 
stavkasi R bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini 
belgilaydi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling