8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir senariysi


Download 23.32 Kb.
Sana25.12.2022
Hajmi23.32 Kb.
#1065273
Bog'liq
Konstitutsiya oxirgi variant


8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir
senariysi


Tadbir o‘tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Chor atrofga Konstitutsiyamizga bag‘ishlangan shiorlar. Shuningdek, siyosiy adabiyotlar, talabalarning qomusimiz haqida yozgan she’rlari, ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan.
1–Boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar, hurmatli mehmonlar!


2- Boshlovchi: Konstitutsiyamizningning 30-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan madaniy-siyosiy tadbirimizga xush kelibsiz.


1-MADHIYA


1–Boshlovchi
Sening bitik yo‘ling kurashdir yiroq.
Bir bobing to‘maris ko`targan chiroq,
Yozdi bir bobingni qon bilan shiroq.
Ey, mening o`zligim g`urur nomusim
Konstitutsiyam oliy qomusim


2-Boshlovchi:
Sening manzilingni ko`zlagan karvon
G`aznaviy, temuriy, boburiy, davron,
U karvon boshida Navoiy sarbon
Ey, mening o`zligim g`urur nomusim
Konstitutsiyam oliy qomusim


1-boshlovchi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z xalqining huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g‘urur bilan “Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz.

2-boshlovchi:
2-Azizlar bugungi bayram tantanasini ochib berish uchun so‘z Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori O‘zbekiston fan arbobi, professor Muhamedov G‘ofurjon Isroilovichga beriladi marhamat.


1-boshlovchi
3-Endigi so‘z navbatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, .Rizayev Navruz Ibodullayevich, Xolmatova Shaxnoza Baxtiyor qizi ga beramiz marhamat.


2 –boshlovchi Darvoqe, bundan 30 yil muqaddam xalqimiz irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniytini o`zida to`la aks ettirgan, muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonda yangi, istiqboli porloq mustaqil davlat dunyoga keldi.


1 – boshlovchi: Buning o`ziga xos isboti sifatida 1992-yil 8-dekabr oliy Kengashning 11-sessiyasida bosh qomusimiz qabul qilindi. Konstitutsiyamiz keng muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat etib belgilandi.


2-boshlovchi
Adolatning qo‘yib tamal toshini
Yo‘lboshchi ko‘tardi xalqning boshini
U tinim bilmasdan ishladi shoyon
Konstitutsiyaga fido qildi jon
Birinchi o‘ringa qo‘yib insonni
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.


1 – boshlovchi Demak navbatni konstitutsiyaga bag‘ishlangan moddalarga beramiz marhamat.


4-MODDA


2–boshlovchi endigi navbatni maktab o`quvchilari tomonidan tayyorlangan raqsga beramiz.


7-RAQS


1 – boshlovchi
Jahonda eng baxtlilarning biriman
Men elimning qomusini kuylayman
Go`zal yurtim, iftixorim vatanim
Baxt iqbolin, saodatin kuylayman


2 –boshlovchi
Hur elimning dovrug`i bor tillarda,
O`zbekiston madhiyasi dillarda
Ozod bayroq hilpiraydi qo`llarda,
Doston bo`lgan baxtimizni kuylayman.

Demak navbatni konstitutsiyaga bag`ishlangan she`rlarga beramiz marhamat.




8-She’r


1 – boshlovchi Konstitutsiya jahon andozalari asasoda yozilgan, ilg`or va takomillashgan Qomusdir. U huquqiy-demokratik davlatning eng asosiy qonuni hisoblanadi. Konstitutsiyamiz qanchalar mukammal ishlab chiqilishi, mamlakatda amal qilinishi,


2 –boshlovchi Ayniqsa yurt manfaatlariga xizmat qilayotganligi, yurtdoshlarimizning ertangi kuni porloqligidan dalolat beradi. U mustaqillik, ozodlik ba xalqparvarlik g`oyalari bilan sug`orilib, kelajakda O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishini ta`minlashga qodirdir.
Keling shu o`rinda sahnamizga 9-Temurbeklar maktabi o`quvchilari tomonidan tayyorlangan saxnako`rinishiga beramiz.
Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling