8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi


Download 80.71 Kb.
Sana12.02.2020
Hajmi80.71 Kb.

8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

7-dekabr kuni “O’zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, siyosiy-huquqiy o’zgarishlar haqida ma’ruza qildi. Davlatimiz rahbari Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan ko’ra samarali vosita yo’qligini ta’kidladi



Ushbu bayram tadbirida ko’plab blogerlar ham ishtirok etdi. Va o’z navbatida Shavkat Mirziyoyev ham bir necha bor jurnalist va blogerlarning jamiyatda tutgan o’rni hamda ahamiyati haqida so’zladi. O’z navbatida shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda davlatimizda olib borilayotgan ochiqlik siyosatida OAV hodimlari, jurnalistlar va blogerlarning ahamiyati kata. Zero, aynan ular xalqning dardini, tashvishini va istaklarini yoritib, uni keng jamoatchlikka targ’ib qilishadi.

Suhbat davomida davlatimiz rahbari tomonidan dolzarb mavzular haqida fikr yuritilib, ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Bayram tadbirida davlat va jamoat arboblari, ilm-fan va san'at namoyandalari, xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tantana katta konsert dasturi bilan davom etdi.

Maqolani S.Abrorjonov

tayyorladi.

Hisobot


T.A.T.K.H.K. 33-1

guruh ishlab chiqarish

amaliyoti ustasi M.Tohirovga

S.Abrorjonovdan ishlab

chiqarish amaliyoti bo’yicha

HISOBOT

Men 10.04.2019 dan 8.06.2019 gacha bo’lgan muddatda Shayxontohur TB 247-EATSda ishlab chiqarish amaliyotini o’tadim. Ushbu amaliyotdan maqsad mutaxassislik bo’yicha o’rganilgan nazaroy bilim va ko’nikmalarimni amalda qo’llashdan iborat edi. Men u yerda elektromontyor bilan birgalikda ishladim. ATS xizmat ko’rsatuvchi hudud elektromontyorlarga teng taqsimlab berilgan. Ular kelib tushgan chaqiruvlar bo’yicha abonentlar uylariga kirib, profilaktika ishlarini olib borishadi. Bu jarayonlarda men ham ko’p bora ishtirok etdim. Men ATSning strukturaviy tuzilishi, bo’limlari va ishlash prinsiplari bilan tanishib, o’rganib chiqdim. Men telefon liniyasidagi 4 xil nosozlikni toppish va bartaraf etishni ham puxta o’zlashtirdim. Undan tashqari internet sozlamalarini bajarish, modem routerlarni o’rnatishni ham bilib oldim.



10.06.2019 Abrorjonov S.

Imzo:____
Download 80.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling