8-laboratoriya ishi


Download 255.28 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi255.28 Kb.
#1591168
  1   2
Bog'liq
Laboratoriya 8

8-laboratoriya ishi




Mavzu: Transport vositalarining oniy tezligini mavjud ko‘cha sharoitida aniqlash va tahlil qilish.


Ishning maqsadi. Mavjud ko‘chaning to‘g’ri qismida transport vositalarining oniy harakat tezligini o‘lchash.


Topshiriq. Jami 120 tadan kam bo‘lmagan miqdorda engil avtomobillarning oniy tezligini aniqlash va statistik usuli yordamida tahlil qilish.


Ishning bajarish joyi. Laboratoriya ishi, institut yaqinida joylashgan Farg’ona ko‘chasida o‘tkaziladi.


Ishlatiladigan asbob uskunalar. Sekundomer va uzunlik o‘lchovchi tasma.


Uslubiy ko‘rsatmalar


Transport vositalarining harakat tezligini sekundomer bilan o‘lchash uchun yo‘lning chorraha va to‘g’ri qismlarida ma’lum bir masofa belgilab olinadi. Asosan o‘lchov masofasining uzunligi 50 m.dan (harakat tezligi kichik bo‘lgan joylarda) -


150 metrgacha (harakat tezligi yuqori bo‘lgan joylarda) belgilanadi. Transport vositalarining kirish va chiqish vaqtini aniq belgilash uchun yo‘l yoqasiga oq-qora rangli bo‘yoq bilan bo‘yalgan ishora tayog’i o‘rnatiladi yoki yo‘lning qatnov qismiga ko‘ndalang belgi chiziqlari tushiriladi. Kuzatuvchilar (talabalar) harakat tezligini o‘lchash uchun real ko‘cha sharoitida o‘tayotgan transport vositalarini yoki maxsus o‘rnatilgan kamera yordamida televizor ekraniga uzatilayotgan, shuningdek avvaldan olib qo‘yilgan videolavhalardagi transport vositalarining tezligini sekundomer yordamida aniqlaydilar. Kuzatuv natijalarini oldindan tayyorlangan jadvalga yozib boradi. Kuzatuvchi transport vositasining oldi bamperi o‘lchov chizig’iga kirganda daqiqa o‘lchagichni ishga tushiradi va o‘lchov masofasidan chiqishda uni to‘xtatadi.
Tezlikni o‘lchashdan olingan qiymatlar 3-jadvalga yoziladi. Harakat tezligi to‘g’risidagi natijalar matematik statistika usuli yordamida qayta ishlanadi. Olingan natijalarni statistik qayta ishlash misoli 4-jadvalda ko‘rsatilgan. Statistik tahlilning birinchi bosqichi bir-biriga eng yaqin qiymatlarni turkumlarga birlashtirishdan iborat. 4-jadval qiymatlaridan foydalanib taqsimot egriligi va jamlangan taqsimot egrilik grafiklari quriladi.

    1. jadval

Avtomobillarning harakat tezligini aniqlash.

O‘lchash kuni Ko‘chaning nomi Yo‘l qatnov qismining kengligi m, Qoplamaning turi Ob-havo sharoitlari O‘lchash masofasi







Download 255.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling