№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
-Mavzu: Vatanni sevmoq iymondandur
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
16-Mavzu: Vatanni sevmoq iymondandur
(14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga bagishlanadi.) Vatan (arabcha «vatan» - ona yurt) kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tugilib osgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati.17 Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, otmishi, buguni va kelajagi mujassam bolgan tushunchadir. Vatan ostonadan, ozi tugilib osgan goshadan boshlanadi. Shuning uchun u yashab, nafas olib turgan xonadonga, ulgayib voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bolgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqat abadiy bolmogi zarur. Har bir insonning vatanga bolgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. Oz ota-onasi, avlod-ajdodlari, ularning ananalari, urf-odatlari, kasbkorini sevmaydigan farzand ozgalarni ham sevmaydi. Shuningdek, millati, xalqi adabiyoti, sanati, dini va madaniyatidan gururlanib, ozi osgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprogi qadrini anglab yetmaydi. Bu esa manqurtlikdan ozga narsa emas. Zero, hech bir inson vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. Oz yurtida obro-etibori bolmagan inson ozga yurtda ham qadrlanmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda «Ozga yurtda sulton bolguncha, oz yurtingda chopon bol», «Ozga yurtda shoh bolgandan, oz yurtingda gado bolgan afzal», «Olsang ol, Vataningda bol!» kabi naqllar bejiz aytilmagan. Har kimning oz xonadoni, uy-joyi, oz ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini ozga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Furqat va boshqa bobokalonlarimizning ozi tugilib osgan vatanlaridan uzoqda kuchli vatan soginchi bilan yashaganlari, ona yurt tuprogini, unda mevalarni kozlariga totiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari, haqiqiy vatanparvar kishining holatidir. Haqiqiy vatanparvar u qayerda yashamasin, vatanning yaxshi kunida ham, yomon kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga boladi. Insondagi eng oliy tuygu - Vatan tuygusidir. Ozi tugilib - osgan ona yurtini jon qadar sevadigan, ozga yurt tabiatidan oz yurti tabiatichalik zavq ololmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan butun aql zakovati, qalb qori, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat gozalligi, rivojiga baxshida etaolgan insondagina bu tuygu namoyon boladi. Vatan ham, vatanga muhabbat tuygusi ham ilohiy nemat bolib, butun qon tomirlarida shu tuygu josh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga hiyonatdek jirkanch vahshiylikka moyillik hech qachon bolmaydi. Shoir «Ozga yurtning boglari-yu bogchasi, oz yurtingning yantogicha korinmas» deb bejiz aytmagan. «Vatan tuygusi bu vatanni himoya qilib, vatan deya fido bolgan Tomaris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Solihbek dodxoh, mulla Aliqul dodxoh singari yuzlab sheryuraklarni eslashdir. Tomirida oxirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Abdumalik Tora, Qurbonjon dodxoh, Madaminbek, Namozbotir singari boysunmas bahodirlarning, ogir kunlarda qardoshlarga yelkadosh bolay deb, harbiy vazirlik lavozimidan istefoga chiqib, ota yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bolgan Anvar podshoning, qullikdan olimni afzal bilgan Oqmasjid, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Zirabuloq himoyachilarining nomini yodga olishdir. Vatan tuygusi bu mustamlaka tuzumiga qarshi bosh kotargan Toshkent, Jizzax, Andijon qozgolonchilari, Dukchi Eshon. Vatanni asrash, har bir qarich yerini qoriqlash, bu muqaddas burch bolib, ozod va mustaqil vatanga ega bolish hech qachon osonlikcha qolga kiritilmagan. Mustaqillikni saqlash va himoya qilish milliy davlatchiligimizning dastlabki dolzarb masalasi edi. Ozbekiston Respublikasi hukumati, Respublika mustaqilligi elon qilinganidan keyin dastlabki oylardanoq Qurolli kuchlar tashkil etish togrisida tadbirlarni amalga oshira boshladi. 1992 yil 14 yanvarda Ozbekiston Oliy Kengashining qarori qabul qilindi. Bu qarorga muvofiq sobiq Sovet Armiyasining Turkiston Harbiy okrugiga qarashli Ozbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha harbiy qismlari, qoshilmalari, alohida batalionlar, harbiy oquv yurtlari Ozbekiston Respublikasi qonuniy boshqaruviga otkazildi. Ushbu hujjat Ozbekiston uchun oz armiyasining tuzilishiga asos bolib xizmat qildi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling