№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
-Mavzu: Kitob tarixi. Kitob tanlash va mutolaa qilish
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1445 yil Iogann Guttenberg kitob bosish dastgohini kashf etdi.
17-Mavzu: Kitob tarixi. Kitob tanlash va mutolaa qilish.
Kitob sozini eshitganimizda va bu sozni talaffuz qilganimizda beixtiyor odamzotga ziyo tarqatuvchi uning buyuk ixtirolaridan biri koz oldimizda paydo boladi. Birinchi kitob aslida qanday bolgan, u bosmaxonada terilganmi yoki qolda yozilganmi? Odamlar oqish va yozishni bilmagan, harflar, qogoz, siyoh va qalamlar bolmagan zamonlarda qadimgi rivoyatlar, xalq ogzaki ijodi namunalari va boshqa manbalar kitob tokchalarida emas, odamlarning xotirasida saqlangan. Ertakchi va baxshilar davralar, toy - bazmlarda hamisha qadrli mehmon hisoblangan. Aytishlaricha, bir vaqtlar Rimda Itsell degan savdogar yashagan ekan. U juda badavlat bolib, mehmonlarning konglini ovlash yolini topibdi. Ozining ish yurutuvchisiga eng layoqatli va aqlli qullarni tanlab olish va ularning har qaysisi biror kitobni yoddan bilishini shart qilib qoyibdi. Oradan vaqt otishi bilan Odissiya, Illiada va Eneida rivoyatlarini bemalol aytib bera oladigan qullar paydo bolibdi. Itsel murodiga yetibdi, Rimdagi jonli kutubxona esa ancha vaqtgacha maqtalgan ekan.18 Taxminan besh ming yil muqaddam ayrim xalqlar xat yozish uchun belgilar ixtiro qilganlar. Savodli kishilar ozlari yashab turgan yoki borib korgan mamlakatlari haqida bilganlarini, korganlarini hikoya qilganlar, xojalikka doir va boshqa yozuvlarni olib borganlar. Ularni daraxtlarning postlogiga, toshga, hayvonlarning ishlov berilgan terisiga va boshqa buyumlarga yozganlar. Qadimgi davrdayoq qolda yozilgan kitoblar bolgan. Kitoblar loy taxtacha shaklida ham bolgan, ularda asosan diniy duolar bitilgan. Loy taxtachalar kutubxonalari Misopatamiyadan (Iroq) topilgan. Odamlar ularni ehtiyotlik bilan saqlashgan. Shu tufayli kitoblarning bir qismi saqlanib qolingan. Ulardagi rivoyatlar bizgacha yetib kelgan. Biz bu yozuvlardan qadimgi dunyo haqida malumotga ega bolamiz. Ilk orta asrlarda madaniyat, bilimga bolgan etibor oshib boradi. Yevropaning yirik shaharlarida XI asrdan boshlab oliy maktablar Universitetlar ochila boshlandi. Universitet (lotincha soz, Majmua manosini anglatadi.) umumiylik manosini berib, unda turli sohalar birlashtirilgani tufayli shunday atalgan. Oliy maktablar XIII asrda: Boloniya, Monpele, Palermo, Parij, Oksford, Salerno va boshqa shaharlarda tashkil topdi. XV asrga qadar Yevropa mamlakatlarida 60 ga yaqin universitet ochilgan. Maktab va univeratetitlarning kopayishi kitobga bolgan talabni kochaytirdi. Ilk orta asrlarda kitob qimmatbaho buyum bolib, uni pergamenga buzoq terisidan tayyorlangan maxsus varaqlarga hattotlar yozishgan. XII asrdan kitobatda alohida ustaxonalar ochilishi ularning birmuncha arzonlashuviga olib keldi. XIV asrdan qogozning keng qollanishi esa, uni yana ham koproq chiqarilishiga yordam berdi. Qogoz Xitoydan, musulmon davlatlari, jumladan: Samarqand orqali Yevropaga kirib keldi. Ispaniyada dastlabki qogoz ustaxonalari XII asrdan ishga tushgan. Kiyeinchalik, Italiyada XIV asrdan qogoz ishlab chiqarish sohasi keng rivojlangan. Yevropadagi dastlabki ustaxonalar qogozni eski lattalardan qilishgan. Germaniyada 1445 yil Iogann Guttenberg kitob bosish dastgohini kashf etdi. Uning kashfiyoti kitobni ommaviy tarqalishiga imkoniyat yaratdi. Kitob ishlab chiqarish arzonlashgandan song kitobning narxi arzonlashdi. Ozbekiston hududida Xorazmshohlarning Tuproqqaladagi qasrlariga taluqli inshootlarning qazib olingan namunalari, kop sonli uy anjomlari va sanat ashyolari bilan bir qatorda saroy arxivi hujjatlarida eramizning III asriga tegishli mamuriy - xojalik mazmunidagi 80 ga yaqin matn borligi aniqlandi. Bu hujjatlar teri va yogochga tush bilan chiroyli husnixatda bitilgan. Orta Osiyoda kitob ishlab chiqarishda hattotlar xizmatidan keng foydalanilgan. Kitoblar qolda kochirilgan. Qolda kochirilgan kitoblar nafaqat mazmunan, balki tashqi korinishi va bezagi jihatdan ham kitobxonlarning talab ehtiyojlari va didiga javob berishi, odamlarda manaviy va estetik dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilishi lozim edi. Shu boisdan ham hattotlik buyuk sanat darajasiga kotarilgan. Bu nafis kitob yaratish jarayoning misilsiz darajada murakkab va ogirligi turli xil kasb hunar egalari mehnatining malum bir dasta singari jamlanishi bilan belgilanadi. Chunki, kitob yaratish jarayonida qogoz kesuvchi hattot, musavvir, lavvoh (lavha chizuvchi), sahhof (muqovachi) ishtirok etadi. Ota bobolarimiz tomonidan nafis kitob yaratishda ishlatilgan Samarqand, Buxoro qogozlarining dovrugi doston bolgan. Kitoblarni yaratishda unga turli xil suyuqlik moddalar va ranglar ishlatilgan. Kitobdan yoqimli va xushboy hid kelib turishi uchun juda sifatli gulob yoki anbar siyohga qoshilib yozilgan. Musavvirlar ishlatadigan boyoqlarda oltin va kumush eritmalari aralashtirilgan, muqavaning gozal bolishi uchun charimlardan ustalik bilan foydalanilgan. Ogir va mashaqqatli mehnatlar evaziga yaratilgan har bir kitobning ozi shubhasiz katta bir sanat asari edi. Bunday kitoblar asosan shohlar, amirlar, xonu sultonlar buyurtmalari asosida yaratilgan va maxsus kutubxonalarda ezozlab saqlangan. XIV XVI asrlarda nafis kitob va hattotlik sanatining buyuk namoyandalari osib yetishadi. Bular Mir Ali Tabriziy, Abdurahmon Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqalam, Sulton Ali Xandon, Halvoiy, Rafiqiy, Mirak Naqqosh, Behzod, Shoh Muzaffar va boshqalardirlar. 1871 yili Turkistonda ozbek tilida chop etilgan ilk bosma kitob Taqvim deb atalgan. Bu bir talay nasihatlar va maslahatlar kiritilgan kalendar bolib, uni Sh. Ibrohimov tuzgan. Turkiston olkasida bosma adabiyotning asosiy qismi litografiya (Toshbosma ) usulida chop etilgan. Dastlabki litografiya 1874 yil Xivada ozbek matbaachisi Otajon Abdalov tomonidan ochilgan va 1910 yilga qadar faoliyat korsatgan. Ana shu korxonada 40 ta asar nashr etilgan. Ular orasida ozbek va sharq adabiyoti asarlari va tarixiy asarlar mavjud. 1883 yil boshqa bir ozbek matbaachisi Esonboy Husanboyev Toshkentda litografiya tashkil qildi. Bu korxonada ilk martaba Alisher Navoiy Hamsasi, 1893 yilda esa ulug shoirning Devon mumtoz janirdagi sherlari toplami litografiya usulida chop etildi. 1880 yillarda tijorat maqsadlarini kozlagan xususiy litografiyalar paydo bola boshladi. Litografiyalarda asosan madrasalar va maktablar uchun zarur bolgan darsliklar va boshqa adabiyotlar chop etilgan. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling