№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy tashkilotlarga Ozbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bolgan partiyalar tuzish, respulikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bolim yoki filiallarini ochish man etiladi.
Fundamentalizm malum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yol bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yonalishi. Diniy fundamentalizm aqidaning ozgarmasligini himoya qiladigan, vahy va mojizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, sozma - soz talqinga asoslangan etiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qoyadigan, muayyan diniy etiqod shakllanishining boshlangich davrida belgilangan barcha yol yoriqlarni qatiy va ogishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qollaniladigan istilohdir.
Fanatizm oz aqidasining shak shubhasiz togriligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab ularga qarshi urush ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. Diniy tashkilotlarga Ozbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bolgan partiyalar tuzish, respulikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bolim yoki filiallarini ochish man etiladi. Dindan davlatga va konstitusiyaga qarshi targibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uygotish, axloqiy negizlarni va fuqoraviy totuvlikni buzishda, bohton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi ortasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa hatti harakatlarda foydalanishga yol qoyilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka komaklashadigan, shuningdek, boshqa garazli maqsadlarni kozlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi.21 Vohhobiylik Vohhobiylik XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan diniy siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al Vahhob 1703 yili Arabiston yarim oroli Najd olkasining al Uyayna degan joyida tavallud topgan. Bu davrda uning otasi Abd al Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni oz otasi rahbarligida organa boshladi. U ananaga kora, Quronni yod oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya, Qurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bolib kopincha ulamolar suhbatida ozining janjalkashligi va mutaasibligi bilan ajralib turgan. U oz targibotchilik faoliyatini 1730 yillarda boshlab birinchi maqsadi oziga munosib homiy topish boldi. 1745 yili Muhammad ibn Abd al Vahhob ad Diriyya vodiysiga uning amiri Muhammad ibn Saud taklifiga binoan kochib otdi. Muhammad ibn Abd al Vahhob 1792 yili vafot etdi. Ibn Saud va uning sulolasi vahhobiylik bayrogi ostida olib borgan urushlari 1932 yilda Saudiya Arabistoni davlatining tuzilishi bilan yakunlandi. Oz vaqtida tilla taqinchoq taqish, shoyi libos kiyish, hashamga berilish bidat, deb dunyoni buzgan va islomni asl holiga keltiramiz, deb dini bir, iymoni bir mominlarni qirgin qilgan Abd al Vahhob va Muhammad ibn Saud keyinchalik oz hayotlarini shu qadar hashamatli tashkil etadiki, bu dabdaba xorijiy tarixchilarni, hatto Fransiyaning Halabdagi konsuli L. Koransezni ham hayratga soladi. Bunday oqimlarning barchasi ham odamlarni insofga va kamtarona yashashga undab oz faoliyatlarini boshlaydi va rahnamoning shohona hayotga erishishi bilan uni yakunlaydi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling