№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
-Mavzu: Ona tilim - joni dilim
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
6-Mavzu: Ona tilim - joni dilim.
(21 oktabr Ozbek tili davlat tili maqomini olgan kunga bagishlanadi.) Deyarli barcha maxluqotda til bor. U issiq -sovuqni, tam-mazani biluvchi, ovqatlanishda ishtirok etuvchi azo. Odamda esa bulardan tashqari nutq tovushlarini hosil qiladi, yani insonning sozlash qobiliyati til orqali amalga oshadi. Yer yuzida qancha millat, xalq, elat, qabila bolsa, shuncha til bor. Tilsiz xalq yoq. Xalqsiz esa til ham bolmaydi. Bular egizak tushunchalardir, biridan birini ayirib bolmaydi, ularni ayirib qoyilsa, ikkisi ham ozligini yoqotadi.4 Davlat tili belgilanishi haqida gapiradigan bolsak, davlat tili odatda uch yol bilan belgilanadi: a) tarixiy anana asosida ushbu davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha xalqlar mavjud tillardan birini umum til deb tan oladilar; bunday til kopincha, shu davlatdagi eng yirik yoki hukmron millatning tili boladi; b) hukumat, prezident, parlament yoki rahbar organlar tomonidan davlatning rasmiy tili deb elon qilingan xalqaro yoki jahon tillaridan biri; davlat organlarida, hukumat idoralarida va rasmiy tashkilotlarda, korsatmaga binoan, yozishmalar faqat shu tilda qabul qilinadi yoki jonatiladi, barcha uchrashuv, muhokama, muboxasa, majlis va shu kabilar ana shu rasmiy tilda otkaziladi; v) davlatning qonun chiqaruvchi organi tomonidan yoki mamlakat prezidenti tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalarida qollanilishi kerak deb elon qilingan til. Shvetsiya, Norvegiya, Angliya, Kanada, Yaponiya, Xitoy, AQSh kabi kopchilik mamlakatlarda hech qaysi til davlat tili deb elon qilinmagan. Lekin qadimdan ularda mamlakat aholisini kopchiligini tashkil qiluvchilarning tili davlat tili, rasmiy til deb tan olinadi. Ikkinchi guruhga («B» guruhga) kiruvchi davlatlar asosan otmishdagi mustamlakalardir (masalan, Gvineya, Gana, Kongo kabilar). Chunki ularning har birida onlab qabilalar mavjud bolib, birinchidan, qabilalardan birining tilini davlat tiliga aylantirish ichki tortishuv va ozaro garazga sababchi bolishi mumkin, ikkinchidan esa, qabila tillari hozirgi zamon talablariga lugat va terminologik jihatidan javob bermaydilar. Bu davlatlar davlat tili sifatida sobiq mustamlakachilarining tilini, masalan, ingliz yoki fransuz tilini qabul qilganlar.5 Til asrlar davomida shakllanadi, rivojlanadi, sayqallanadi. Har bir millatni avvalo uning tili orqali song milliy libosi, urf-odatiga qarab farqlashimiz mumkin. Rus yozuvchisi A. N. Tolstoy: Til millionlarcha avlodlar tomonidan yaratilgan tirik jondir deb tilga haqli tarif bergan. Har bir millat yoki elatning milliy tili ularning fikr almashish va muloqot vositasi, muhim rivojlanish omili. Milliy til millat yoki elatning tarixan tashkil topish jarayonida shakllanadi. Milliy til millat yoki elat bilan birgalikda osib, ozgarib boradi va malum vaqt otgandan song, yangi avlodlarga bir necha asr avvalgi milliy til tushunarli bolmay qoladi. Ana shu boisdan har bir milliy tillarda eng qadimiy, va yangi zamon shakllari mavjud. Milliy til, vaziyatga kora, millatlararo til, hatto jahon tili yoki xalqaro til vazifasini ham bajarishi mumkin. Masalan, ozbek tili Ozbekistonda istiqomat qiluvchi turkiyzabon fuqarolar uchun millatlararo til bolib xizmat qilmoqda.6 Ozbek tili turkiy tillar oilasiga kiradi va sozlashuvchilar soni jihatdan turk tili va ozorbayjon tilidan song uchinchi orinda turadi. Ozbek tili eng qadimiy turkiy yozma tillardan biridir. Hozircha organilgan manbalarga kora, u deyarli bir yarim ming yillik tarixga ega.7 Hozirgi zamon ozbek tili asosan uch korinishga ega bolib, birinchidan, shevalardan, ikkinchidan, umummilliy adabiy tildan va, uchinchidan, ularning qorishmasi bolmish kundalik jonli muloqot tilidan tashkil topgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, XX asrning 30 - yillarigacha ozbek tili yangi zamon ozbek millatining tili sifatida shakllandi, oz taraqqiyot yollarini aniqlab, rivojlana boshladi. Afsuski, SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP (b) MKning 1938 yil 13 fevraldagi «Rus tilini milliy respublikalarda majburan oqitish togrisida» qarori chiqqandan song sobiq shoro mamlakatida keng miqyosda ruslashtirish siyosati amalga oshirildi, ozbek tili hayotning asosiy sohalaridan asta sekin siqib chiqarila boshlandi.8 Sovet ittifoqi davrida ozbek tiliga nisbatan hurmatsizlik bilan qaralib, u «xonadon tili» darajasiga tushib qolgan edi. Sovet kishisini tarbiyalashda ozbek tili milliy urf-odatlar bilan birgalikda eskilik omili deb chetga surildi. Rus yozuvchisi A. N. Tolstoyning til togrisidagi yana bir hikmati yodimga tushdi: Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling