8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik B. A. Sulaymonovning tabrigi qadrli opa-singillar, dilbar talaba qizlar!


Download 3.02 Mb.
Pdf просмотр
Sana15.12.2019
Hajmi3.02 Mb.

 

 

 

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent 



davlat agrar universiteti rektori, akademik B.A.Sulaymonovning 

tabrigi 


 

QADRLI OPA-SINGILLAR, DILBAR TALABA QIZLAR! 

 

Barchamiz orziqib kutadigan, tabiat chiroy ochib borayotgan mana shu ilk bahor kunlarida, ayni shu 

shukuhli ayyomda siz, aziz pedagoglarni, sizlarning timsolingizda butun universitet xotin-qizlarini 8-mart 

bayrami bilan samimiy muborakbod etish menga katta quvonch bag‘ishlaydi. 

Hech kimga sir emas, ayol zoti haqida, uning qanday tengsiz latofat va nafosat sohibasi ekani, ezgulik va 

fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtasi ekani haqida tariximizda ne-ne ulug‘ mutafakkirlar, shoir 

va allomalar qancha-qancha dil so‘zlarini bayon etganlar. 

Mana shu bayram kunlarida har qaysi oila, har qaysi xonadonda qadrli opa-singillarimizni e’zozlash, ularni 

ulug‘lash uchun eng go‘zal va olijanob ta’riflarni keltirishga intilamiz. Shu o‘rinda men ayollarimiz shunga 

ishonishlarini istardimki, ayni mana shu 8-mart bayrami kelishi bilan biz hammamiz shoir bo‘lib ketishga 

tayyormiz. Albatta, shoirga aylanish juda qiyin, lekin men yurtimizning barcha mard o‘g‘lonlari nomidan avvalo 

siz, azizlarga yuksak hurmat va ehtirom bildirib, qalblaringizda neki ezgu niyatlar, orzu-intilishlar bo‘lsa, 

ularning barcha-barchasi albatta ijobat bo‘lishini, ro‘yobga chiqishini chin yurakdan tilayman. 

 

Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin! 



 

Toshkent davlat agrar universiteti xalqimizni Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. 

O‘zaro mehr-oqibat va saxovat bayrami xonadonlarimizga qut-baraka, sihat-salomatlik va farovonlik olib kelsin. 

Jonajon vatanimiz ravnaqi yo‘lida boshlagan ezgu ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz! 



 

 

Toshkent davlat agrar universiteti ma’naviyat bo’limi 

 3 (789) MART 2019 YIL 



 

 

 

 

 

Toshkent davlat agrar universiteti “MISS AGRAR” ko‘rik-tanlovning malikalari aniqlandi

 

 



 

 

Toshkent davlat agrar universiteti va filallari o‘rtasida o‘tkazilgan “MISS AGRAR” ko‘rik-tanlovning Super final 



bosqichida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha Agrar malikalari aniqlandi: 

“Eng shijoatli malika” - Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali malikasi - Abdullayava Umidaxon. 

“Eng iqtidorli malika” - Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali malikasi - Ibrohimova Marhaboxon

“Eng latofatli malika” - Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali malikasi - Palimbetova Gulira’noxon

“Eng nazokatli malika” - Toshkent davlat agrar universiteti malikasi -Anvarbekova Charosxon. 

“Eng zakovatli malika” - Toshkent davlat agrar universiteti Abdullayeva Fazilatxon 

Sezganingizdek ushbu tanlovda mutloq g‘oliblikni - universitetimiz va filiallar o‘rtasidagi DO‘STLIK  va 



BIRODARLIK qo‘lga kiritdi. Qizlarimiz esa rektor sovg‘asi 1 000 000 so‘m pul mukofoti va Artel televizorlari hamda 

Yoshlar ittifoqi tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uchun 50% lik chegirma kartochkalari bilan taqdirlandilar. 

O‘zbek ayolining ibosi, sabru qanoati va irodasini mahv etuvchi sahna ko‘rinishi bilan, hakamlar hay’ati a’zolari va 

muhlislar ko‘nglidan joy olgan - Toshkent davlat agrar universiteti malikasi Abdullayeva Fazilatxon Samarqand-



Buxoro-Xiva yo‘nalishlarida O‘zbekiston bo‘ylab bepul sayohat qilish imkoniyatini beruvchi mahsus sertifikat bilan 

taqdirlandi. 

Tadbir  so‘ngida,  bugungi “MISS AGRAR” ko‘rik-tanlovi tashkilotchilari bo‘lmish,  filiallar  va  universitetimiz 

Xotin-qizlar  qo‘mitalari raislari ham rektorimiz akdemik B.A.Sulaymonov tomonidan  tashakkurnoma  va  esdalik 

sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

 

 



KO‘RIK-TANLOV 

3 (789) 

 

MART 2019-yil   

 

 

 

 

 

“USAID” tashkiloti “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish”  

AVS loyihasi rahbari janob Brayn Kayger  

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga tashrif buyurdi. 

 

Joriy yilning 2 mart kuni Amerika Qo‘shma 



Shtatlarining “USAID” tashkiloti “Qishloq xo‘jaligida 

qiymat zanjirini rivojlantirish” AVS loyihasi rahbari 

janob Brayn Kayger Toshkent davlat agrar universiteti 

Andijon filialiga tashrif buyurdi. 

Bo‘lib  o‘tgan  muzokaralarda  filial  direktori 

A.Abduvasiqov va USAID ning “Qishloq xo‘jaligida 

qiymat zanjirini rivojlantirish” AVS loyihasi rahbari 

B.Kayger  ishtirokida  Toshkent  davlat  agrar 

universiteti Andijon filialida loyiha doirasida amalga 

oshirib kelinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalarni 

yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Shundan  so‘ng  mehmonlar  loyiha  doirasida 

tashkil etilgan “AgroLeaders” to‘garagi a’zolari bilan 

uchrashib, filial fakultetlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan 

“Bilimlar  tanlovi”  intelektual o‘yini  bellashuvida 

qatnashdilar. 

 

  

 



 

Bellashuv qiziqarli va bahs munozaralarga boy 

bo‘ldi. Brayn Kayger o‘z so‘zida filial talabalarini 

shijoati, zukkoligi va bilimdonligini ta’kidlab to‘garak 

a’zolariga noutbuk hamda printer sovg‘a qildi. Filial 

direktori A.Abduvasiqov mehmonga filial jamoasi 

nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etdi.

 

 



 

 

 



3 (789) 

 

MART 2019-yil  

 

TASHRIF 


 

 

 

 

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA JANUBIY KOREYA 



MUTAXASSISLARI BILAN HAMKORLIKDA DONO FERMER (SMART 

FARMERS) O‘QUV MARKAZI TASHKIL ETILADI

 

Hozirgi kunda Respublikamizda barcha sohalar kabi agar oliy ta’lim tizimi ham jadal rivojlanmoqda. Ushbu 



jarayonni sifatli amalga oshirishda chet el tajribalarini o‘rganish va ular bilan tajriba almashinish muhim 

omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro hamkorlikni juda 

samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlarining 70 dan ziyod OTM va ITIlari bilan faol 

hamkorlik qilmoqda. 

O‘rnatilgan hamkorlik doirasida 22 mart kuni Toshkent davlat agrar universitetiga Janubiy Koreyaning 

“KCOOPS AGRO” Halqaro tashkilotining bir guruh rahbar xodimlari tashrif buyurdi. 

 

 

 

Tashrif davomida mexmonlar Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati bilan tanishdi hamda tashrif 



yakunida universitetda Dono fermer (Smart Farmers) o‘quv markazi tashkil etilishi bo‘yicha kelishildi va ikki 

tomonlama shartnoma imzolandi. 

O‘quv markazda Respublikamiz fermerlari Janubiy Koreyaning 

ilg‘or innovatsion texnologiyalari asosida meva va sabzavotlarni 

yetishtirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qiydilar. Bu 

o‘z navbvtida O‘zbekistonda yuqori sifatli meva va sabzavotlarni 

yetishitirish va ularni eksport qilish saloxyatini oshirishga imkoniyat 

yaratadi. Shu bilan birga universitet o‘quv - tajriba stantsiyasida 0,3 

ga maydonda kulupnay yetishtirish uchun mo‘ljallangan innovatsion 

issiqxona qurish bo‘yicha kelishib olindi. 



 

 

 

ToshDAU Yoshlar ittifoqi 

 

MULOQOT

 

3 (789) 

 

 

MART 2019-yil  

 


 

 

 



 

IMKONIYATLARDAN TO’LAQONLI FOYDALANAYLIK 

 

Bugungi kunda dunyo bo’yicha qishloq xo’jaligi tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Yurtimizni qayeriga qaramang 



bunyodkorlik , ishlab chiqarish , yangi qurilishlarga ko’zingiz tushadi. Bular albatta Prizdentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 

oqilona siyosati tufaylidir. Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining tashabbusi va e’tibori tufayli qishloq xo’jaligi sohasida ham 

e’tirof etishga arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Bularga misol tariqasi joriy yilda mamlakatimizda 8 million 377 ming 

tonna g’alla , 2 million 930 tonnadan ziyod paxta , 12 ming 450 tonna pilla , 318 ming tonna sholi , 23 million tonna 

meva-sabzavot , 13 million tonna go’sht va sut mahsulotlari yetishtirildi. Bu yutuqlarimizdan tashqari yurtimizning barcha 

joylarida qishloq xo’jaligi rivojlanib bormoqda. Shular qatorida Xorazim viloyatida endilikda ham bir tumanda Ipakchilik 

yo’lga qo’yilmoqda , Sirdaryo viloyatida esa baliqchilik rivojlanmoqda. Bu ishlab chiqarish keng suratlarda oshishiga va 

biz yoshlarning o’z yurtida munosib ish bilan ta’minlashga turtki bo’ladi.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O’zbekiston 

Respublikasi QX hodimlari kuni etib belgilangani hamda  yurtimiz bo’ylab bu bayram keng ko’lamda nishonlanyotgani va  

ushbu sana ‘’Hosil bayrami,, bilan uyg’unlashuv holida o’tayotgani axamiyatlidir. Shunday ekan biz talaba yoshlar  

hozirgi keng imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz va yurtimiz rivojiga munosib xissa qo’sha oladigan mutaxasis 

bo’lib yetishishimiz zamon talabidir. 

S.U.ISROILOV 

Ipakchilik va tutchilik fakulteti yetakchisi. 

E.XASANOV  

Ipakchilik va tutchilik 1-81-guruh yetakchisi. 

 

FAOL VA IQTIDORLI TALABALAR TAQDIRLANDI 

 

Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik fakulteti Yoshlar ittifoqi xonasida fakultet dekani 



U.M.Kuchchiev  tashabbusi bilan fakultetning bir qator faol va iqtidorli talabalarini taqdirlash tadbiri bo'lib 

o'tdi. Tadbirni o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini N.O.Rajabov olib bordi. N.O.Rajabov barcha stipendiya 

soxib va soxiblarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi xususan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi 

"Ma'naviyat  va  ma'rifat"  markazi  tomonidan 

tashkillangan "Yil talabasi" Respublika ko'rik tanlovida 

fakultetimiz  Ipakchilik  yo'nalishi  4-bosqich talabasi 

Yoshlar ittifoqi faol a'zosi Jo'rayeva Moxinur "Yilning 

eng faol targ'ibotchi talabasi " nomintsiyasida birinchi 

o'rinni qo'lga kiritgani barchamizni xursand qilganini 

takidlab o'tdi. Qolaversa Ipakchilik yo'nalishi 4-bosqich 

talabasi Jumayeva Farida "Islom Karimov" nomidagi 

davlat  stipendiyasi  sohibasi  bo'lgani,  Veterinariya 

yo'nalishi 3-bosqich talabasi Sobirov Akrom "Beruniy " 

davlat stipendiyasi soxibi bo'lgani Fakultetni yoshlar 

yetakchisi Isroilov Sardorbek, yoshlar ittifoqi faollari 

Haydaraliyev Javoxir  va Sattorov Qudratlar nomdor 

universitet ichki stipendiyalarini olganlari maqtovga arzigulik natija bo'lganini tadbirda qatnashgan qishloq 

xo'jaligi fanlari nomzodi Navruzov Sobir takidlab o'tdi. Fakultet yoshlar yetakchisi S.U.Isroilov universitetimiz 

va fakultetimizdagi keng imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligini va foydalanib bir qator natijalarga 

erishyotganlarni barchasini  zamirida aziz ustozlarimizni ulkan xissalari borligini takidlab o'tdi. Tadbirda 

Jo'rayeva Mohinur Universitetimiz rektori boshchiligidagi barcha raxbarlarga va fakultetimiz raxbariyatiga 

chuqur minnatdorchilik bildirgan holda yanada yuqoriroq marralani egallashga va'da beramiz degani barchani 

birdek quvontirdi. Tadbir so'ngida faol talabalar ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. 

S.U.Isroilov  

Ipakchilik va tutchilik fakulteti  

Yoshlar ittifoqi yetakchisi  

YANGILIKLAR 

3 (789) 

 

MART 2019-yil  

 


 

 

YARMARKA 

 

 

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA «KARERA KUNI»  

 

Joriy


 

yilning 29  mart kuni Toshkent davlat agrar 

universitetida   150 dan ortiq korxona, tashkilot, muassasa 

va fermer xo‘jaliklarining mas'ul xodimlari ishtirokida 

“Karera kuni” yarmarkasi o‘tkazildi. 

Universitetda  2018-2019  o‘quv  yilida  17  ta 

bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1333 nafar23 ta 

magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 135 nafar, jami 1468 



nafar bitiruvchilar o‘qishni tamomlaydi. 

Mazkur  yarmarkadan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad 

bitiruvchilarning  o‘z  mutaxassisliklari bo‘yicha  ishga 

joylashtirish hamda iqtidorli va  qobiliyatli bitiruvchi 

yoshlarni kasbiy va ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb 

etish, ularning o‘z ijodiy va  intellektual salohiyatini 

ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit  yaratish, 

yuqori malakali mutaxassis va ilmiy-pedagog xodimlar 

bo‘lib yetishishlarida amaliy yordam berishdan iborat. 

 

Tadbir mobaynida bitiruvchilarni bugungi kun talabiga javob beradigan raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlashda 



keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi, ularni sifatli ta'lim olishlari uchun mamlakatimizda yaratilayotgan shart-

sharoitlar,  malakaviy amaliyotlarni samarali tashkil  etish 

mexanizmini tubdan takomillashtirilayotganligi, amaliyotlarni 

o‘tagan  korxona  va  tashkilotlarga  ishga  joylashishlari 

shuningdek, kelajakda ish joylariga tez ko‘nikishlariga amaliy 

yordam berishi, yosh mutaxassislarning kasbiy bilim va tajriba 

to‘plashlarida  sohaning  yetuk  mutaxassislari  bilan 

hamkorlikda ishlab ustoz-shogird tizimini keng yo‘lga qo‘yish 

zarurligi ta'kidlab o‘tildi. 

Natijada  ish beruvchilar  bilan bitiruvchilar  o‘rtasida 

dastlabki natijalarga ko‘ra 90,2% “Yosh mutaxassisni ish bilan 

ta'minlashga  ko‘maklashish  to‘g‘risida”  uch  tomonlama 

shartnomalar imzolanib, har bir bitiruvchi o‘z mutaxassisligi 

bo‘yicha ish o‘rniga ega bo‘ldi. 

 

www.tdau.uz saytidan olindi.

 

3 (789) 

 

MART 2019-yil  

 


 

 

 



 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi - 



Yusupov Axmadbek Tadjiyevich ToshDAU va filiallar doktorantlari ishtirokida vebinar-uchrashuv 

tashkil etildi 

 

Joriy yilning 14 mart kuni Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktorantlari o‘zlarini qiynayotgan 



muammo va soha bo‘yicha takliflari yuzasidan, ToshDAU Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlarni qabul 

qilish xonasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi - 

Yusupov Axmadbek Tadjiyevich bilan tashkil etilgan “Sayyor qabul” kuni munosabati bilan murojaat etishga 

muvaffaq bo‘ldilar. 

Sayyor  uchrashuv doirasida  Toshkent  davlat 

agrar universiteti va Andijon, Termiz va Nukus 

filiallari  tayanch  doktorantlari,  mustaqil 

tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

huzuridagi Oliy  attestatsiya  komissiyasi raisi  - 

Yusupov  Axmadbek  Tadjiyevich  bilan  vebinar 

uchrashuv tashkil etildi. 

Muloqot  mobaynida  A.T.Yusupov  Oliy 

attestatsiya  komissiyasi tomonidan ilmiy ishlarni 

himoyaga tayyorlash  va himoya  jarayoniga oid 

qonun  xujjatlariga  kiritilayotgan  o‘zgartirishlar 

xaqida  ma’lumotlar  berib  o‘tar  ekan,  ushbu 

o‘zgartirishlar  doktorantlik,  PhD  va  doktorlik 

dissertatsiyalarini himoya qilishda shaffoflik va qulayliklar yaratishini bu esa kelgusida ilmiy ish himoya 

qilingunga qadar o‘z aktualligini yo‘qotmagan holda, qisqa muddatlarda ishlab chiqarishda qo‘llash 

imkoniyatini berishiga umid bildirdi. 

O‘z o‘rnida tadbir ishtirokchilari, Toshkent davlat agrar universiteti filiallari doktorantlari, mustaqil 

tadqiqotchilari tomonidan ham sohada bo‘layotgan yangiliklar va qonun xujjatlaridagi o‘zgartirishlarni 

amaliyotda qo‘llash tartibi va dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik vaqtdagi muammolar yuzasidan savol va 

takliflariga A.T.Yusupov tomonidan yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi hamda mana shunday tashrif va 

imkoniyat uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. 



 

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI TERMIZ FILIALIDA 

SEMINAR  

 

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida 



O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasining 

akademigi 



Saidahror  Gulyamov  professor-

o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida 2019 yil - 

Faol investitsiyalar  va  ijtimoiy rivojlanish  yili 

munosabati bilan  “Ijtimoiy rivojlanishda oilalarda 



investitsiyalar  samaradorligini  oshirish  yo‘llari” 

mavzusida seminar o‘tkazdi. Akademik, oila jamiyatni 

va iqtisodni asosiy bo‘g‘ini ekanligi, ko‘p oilalarda 

daromadlarni o‘sishiga katta urg‘u berilishi, ayniqsa 

topilgan daromadlar o‘rtacha faol umrni uzayishiga, 

aqlli  bolalarni  tarbiyalashga,  innovatorlik  va 

tadbirkorlikka  sarflanmasligi  haqida  to‘xtalib,  bu 

borada oilalarda samaradorlikka erishish yo‘nalishlari 

bo‘yicha fikr yuritdi. Seminar savol-javob, bahs-

munozaralarga boy bo‘ldi. 

 

www.tdau.uz saytidan olindi.

 

 



VEBINAR 

 

3 (788) 

 

MART 2019-yil  



 

 

 

 

                                                                                                               



 

«O‘ZBEKISTON AYOLLARINING  

100 TA ENG YAXSHI INNOVATSION 

 LOYIHASI»  

 

«O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovinining yakuniy 

bosqichida, ishtirokchilarning hujjatlari va innovatsion loyihalari Respublika Ekspertlar Kengashi tomonidan 

ko‘rib chiqildi hamda ularning taqdimotlari eshitilib, keng muhokama qilindi. 

Loyihalar ichidan 100 ta eng munosib loyihalar va ularning mualliflari-tanlovning g‘olibalari sifatida tanlab 

olindi. 


Tanlovning respublika bosqichi g‘olibalarini taqdirlash marosimida turli nominatsiyalar  bo‘yicha 

sovrindorlar  O‘zbekiston  Xotin-qizlar 

Qo‘mitasining diplom hamda esdalik sovg‘alari 

bilan tantanali ravishda taqdirlandi. 

Toshkent  davlat  agrar  universiteti 

doktoranti Nigora Sohibova - “Omadli start “ 

(o‘z  kichik  korxonalarida  innovatsion 

mahsulotlarni  joriy  qilmoqchi  bo‘layotgan 

tadbirkor  xotin-qizlar  uchun)  nominatsiya 

bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

 

 

-  Bu tanlov o‘z ijod namunalarimizni 



ko‘pchilik  nazaridan  o‘tkazish  imkonini 

bergani  bilan  ahamiyatli  bo‘ldi,  -  deydi 

doktorant Nigora Sohibova.  

- Pillachilikka oid ilmiy ishlanmam bilan 

tanlovda qatnashdim. U ko‘chma qurtxonalarni 

tutzorlar qoshida tashkil etish va yetishtirilgan 

pillalarni klaster tizimi asosida qayta ishlashni 

yo‘lga  qo‘yishni  ko‘zda  tutadi.  Tanlov 

jarayonida  boshqa  ixtirochi  ayollarning 

ishlanmalari, biznes g‘oyalari, ijod namunalari 

bilan tanishdik. Ular bilan hamsuhbat bo‘ldik. Mazkur tanlovda g‘oliblik emas, qatnashishning o‘zi biz uchun 

sharafdir. 

 

Tanlovdan so‘ng g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 100 ta innovatsion loyiha mualliflari bilan loyihalarni 



amaliyotga joriy etish bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshiriladi. 

 

 

 

 

 

 

 



 

Gazeta Toshkent viloyati 

Matbuot va axborot 

boshqarmasi tomonidan  

19.10.2010 y.  

03-068 raqam  

bilan ro’yxatga olingan. 

 

Muharrir:                             Musahhix: 



    D.I.ALIMKULOV           F.ABDURAXIMOVA 

 

Tahrir hay’ati: 



M.M.ADILOV, F.ASHUROVA, 

Z.MUHIDOVA, M.MIRSULTONOV.

 

Bosishga  



topshirilgan vaqt 

30-mart 2019-yil. 

 

ISSN raqami 2181-7782. 

TANLOV 

 

 



«AGRONOM» 

MUASSIS: 

Toshkent Davlat 

agrar 

universiteti. 

 

O‘zbekiston yoshlar 

ittifoqi Universitet 

Kengashi.

 

 

agronom_gazetasi@umail.uz 

Tahririyat manzili: Toshkent vil. 

Qibray t. Universitet ko’chasi, 2 uy 

Gazeta TDAU Tahririyat-nashriyot bolimida 500 

nusxada chop etildi. 

 

 



3 (789) 

 

  



MART 2019-yil  

     

Document Outline

  • 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik B.A.Sulaymonovning tabrigi
    • 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik B.A.Sulaymonovning tabrigi
      • 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik B.A.Sulaymonovning tabrigi
        • 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik B.A.Sulaymonovning tabrigi
        • Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!
        • “USAID” tashkiloti “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish”
        • AVS loyihasi rahbari janob Brayn Kayger
        • Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga tashrif buyurdi.
        • TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA «KARERA KUNI»
        • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi - Yusupov Axmadbek Tadjiyevich ToshDAU va filiallar doktorantlari ishtirokida vebinar-uchrashuv tashkil etildi
        • TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI TERMIZ FILIALIDA SEMINAR
        • «O‘ZBEKISTON AYOLLARINING
        • 100 TA ENG YAXSHI INNOVATSION
        • LOYIHASI»

Каталог: filesarchive
filesarchive -> O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
filesarchive -> B u X o r o o z I q o V q a t V a y e n g I l s a n o a t t e X n o L o g I y a s I i n s t I t u t I r. A. X a I t o V, V. E. R a d j a b o V a
filesarchive -> Ipak qurti seleksiyasi.pdf [Aeratsiya stansiyalari]
filesarchive -> Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi.pdf [Aerologik asboblar]
filesarchive -> T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r sit e t I s. Avezba y ev, T. Karabayeva
filesarchive -> Osimliklarni biologik himoya qilish vositalari.pdf [Agrotexnik himoya usuli]
filesarchive -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va à b t 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
filesarchive -> 10-168 Tuproqshunoslik.pdf [Agrotuproq rayonlashtirish]
filesarchive -> Qishloq xojaligi asoslari.pdf [Almashlab ekish rotatsiyasi]
filesarchive -> Umumiy va qishloq xojaligi fitopatologiyasi.pdf [Aralash ekinlar]


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling