8-mart xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan ayol manaviyati jamiyat saodati ayolini ezozlagan yurt
Download 18.49 Kb.
|
8-MART XALQARO XOTIN QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN AYOL MANAVIYATI JAMIYAT SAODATI AYOLINI EZOZLAGAN YURT
8-MART XALQARO XOTIN QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN AYOL MANAVIYATI JAMIYAT SAODATI AYOLINI EZOZLAGAN YURT Dunyoda ko’plab maxsus kunlar mavjud. Har bir maxsus kunning qabul qilinishiga biron voqea sabab bo’lishi mumkin. 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayramining qutlanishiga sabab bo’lgan voqea esa, afsuski fojiadan iborat. 1857 yilning 8 mart kuni Amerikaning Nyu York shahrida 40 ming to’quv ishchisi mexnat sharoitining yaxshilanishini talab qilgan holda tekstil fabrikasida ish tashlash e’lon qiladi. Fabrika boshqaruvchilari afsuski, bunga zolimlarcha qarshilik ko’rsatadilar. Buning boshqa fabrikalarga ham ta’sir ko’rsatishini oldini olish uchun ish tashlash e’lon qilgan ayollarni fabrika binosiga qamab qo’yadilar. Lekin, o’sha payt noma’lum sabablarga ko’ra, fabrika binosida yong’in sodir bo’ladi. Afsuski, ayol ishchilardan juda ozchiligi bu fojiadan tirik qolishga muvaffaq bo’ladi. Fabrikadagi yong’indan qocha olmagan 129 ishchi ayol esa, jon beradi. Bu voqea nafaqat mamlakatda balki, butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo’ladi. İshchi ayollarning janoza marosimiga 100 mingdan ziyod aholi qatnashadi. Oradan ko’p vaqt o’tishiga qaramasdan, bu voqea aslo unutilmaydi. 1910 yili Daniyada o’tkazilgan ayollar yig’ilishida masala takror o’rtaga tashlanadi. 1857 yilning 8 mart kuni fabrika yong’inida hayotdan ko’z yumgan ishchi ayollar hotirasi uchun 8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida hotirlanishi haqidagi taklif bir ovozdan qabul qilinadi. 1- va 2-Jahon urushi yillarida ba’zi davlatlarda xotin-qizlar kunining nishonlanishi man qilingan. Bu fojia o’z mamlakatida sodir bo’lishiga qaramasdan, Amerika ham ushbu kunni 1960 yil ohirlarida xotin-qizlar kuni deb qabul qilgan. BMT Umumiy kengashi 1977 yilning 16 dekabr kungi yig’ilishida 8 martning Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida qutlanishini qabul qilgan. Bu esa, xotin-qizlar kuniga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi. 1- va 2-Jahon urushi yillarida ba’zi davlatlarda xatto tilga olinishi man qilingan Xalqaro xotin-qizlar kuni Turkiyada dastlab 1921 yili majlis ochilishidan 1 yil o’tgach, hali respublika e’lon qilinmasdan turib “Mexnatkash ayollar kuni” sifatida qutlana boshlagan. Ayollar jamiyatni tashkil qilgan eng muhim halqalardan biridir. Jamiyatda ayolning ro’li bor ekan, u jamiyatda madaniyat bor demakdir. U jamiyat ilg’or demakdir, unumdor demakdir. Ayol huquqini inson huquqidan ajratish mumkin emas. Ayollarning talablari natijasida boshlangan kurashda butun dunyoda, qolaversa Turkiyada ayollarning huquqini ta’minlash va sharoitlarini yaxshilash uchun katta masofa bosib o’tildi. Lekin, bu yetarli emas. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda har 3 ayoldan biri hayotida oila ichi zo’ravonlik va haqoratlarga duch kelmoqda. Ayollarga nisbatan kuch ishlatish dunyoda keng tarqalgan, lekin ularga berilgan jazolar qoniqarli emas. Butun dunyoda 15 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan ayollar turli kasalliklar va avtohalokatlar natijasida emas, balki erkaklar tomonidan qo’llangan zo’ravonlik natijasida nobud bo’lmoqda yoki majruh bo’lib qolmoqda. BMT tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko’ra, dunyodagi mexnatning 66%i ayollar tomonidan amalga oshiriladi. Bunga qaramasdan ayollar dunyodagi jami daromadning faqatgina 10%iga ega xolos. Dunyodagi butun mol-mulkning faqatgina 1%i ayollarga tegishli. Dunyoda sodir bo’layotgan urushlarning eng katta jabrlanuvchisi ham ayollardir. Vatangado bo’lib, boshpanasiz, ko’chishga majburlanib, nomusidan havotir olib, ham ona ham ota vazifasini zimmasiga olib, qo’rquv va qiyinchilikda yashashga majbur bo’lmoqdalar. 8-Mart xalqaro xotin-qizlar kuni butun dunyoda ayollarning muammolariga takror razm solish va ularga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish jihatidan muhim kun hisoblanadi. Ushbu kun munosabati bilan butun dunyodagi mo’tabar onaxonlarni, opa-singillarni va butun ayollarni 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Download 18.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling