8-Martga bag’ishlangan "Tamanno" nomli tadbir-bellashuvining ishlanmasi


Download 26.5 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1368901
Bog'liq
8 Mart

8-Martga bag’ishlangan "Tamanno" nomli tadbir-bellashuvining ishlanmasi.


1-bosh: Assalom davraning qariyu yoshi,
Davranig mehmoni hamda yo’ldoshi.
Aziz ustozlarga ta’zim va kalom ,
Tengdoshlarim sizga salom assalom.
2-bosh: Assalom ustozlar ! Mehri go’yolar,
Yuragi quyosh-u , qolbi daryolar.
Sizga ham mehmonlar dilda ehtirom,
Qo’llar ko’ksimizda deymiz assalom.
1-bosh: Assalomu alaykum muhtarama ustozlar , hurmatli mehmonlar , mehribon ota-onalar , munis opa-singillar hamda maktabimizning aziz o’quvchilari.
2-bosh: Bugun maktabimizni o’quvchilarining 8- Mart bag’ishlangan “Tamanno” mavzuidagi tadbir-bellashuvi-
mizga xush kelibsiz!
1-bosh: Bugungi “Tamanno” nomli bellashuvda 2 guruh qizlari ishtirok etadi. 1-guruh “Binafsha”
2-guruh “Boychechak”
Endi omad tilagan holda guruhlarni davraga taklif qilamiz.
Marhamat kutib oling!
2-bosh:Bellashuvimiz 6 shartdan iborat :
1-Salomlashuv
2- Diktant
3- Damino
4- Bahru-bayt
5- Epchil va chaqqonlar
6- Raqs
1-bosh:Hakamlar hay’ati a’zolari bilan tanishing:
X.A. Xodjaxanov
G.G. Umarova
M.K. Davletjanova
D.N.Madrahimova va boshqalar.
1-bosh : Assalom so’zimning
Kirish qismidan
Assalom so’zimning
Qalb to’rida
Demak, 1-shart”Salomlashuv” marhamat.
Har bir shartdan keyin so’z hakamlar hayatiga berilib, qo’yilgan ballar sharhlab boriladi.
2-shart”Diktant” marhamat.
2-bosh : Misol yoki ifoda,
Derlar meni erkalab.
Topmoq istab qiymatim
Qolmang yana ko’p o’ylab.
3-shart “Domino”marhamat.(Qizlar berilgan dominodagi misollarni yechgandan keyin hakamlar hayati bu misollarni o’girganda maqol mazmunan to’liq terilgan bo’lishi kerak.)
1-bosh : Osmondagi oftobday
Muncha issiq mehringiz,
Onajonim she’r aytay
Oqlay bergan sutingiz.
4-shart “Bahru-bayt” marhamat.
2-bosh :Bolajonlar bolajonlar
Yalla, navo nazmini
Epchil-u va chaqqonlar,
Topag’onlar bazmini.
5-shart “Epchillar va chaqqonlar” marhamat.(No’xat,loviya va moshni ajratish.Pazzl o’yinini yeg’ish.)
1-bosh : Bahor keldi, gul ochildi
Nur sochildi borliqqa…
Oh, qandayin o’yin kulgu
Yurak to’ldi shodlikka.
6-shart “Raqs” marhamat.
1-bosh. Bahor keldi gul bilan,
Shohida bulbul bilan.
Biz sizni tabriklaymiz,
Qo’limizda gul bilan.
Marhamat so’z ha’kamlar hayatiga. Ha’kamlar hayati ballarni hisoblagunicha sinfimiz o’quvchilari oyijonlarini o’z qo’llari bilan yasagan sovg’alarini taqdim etadilar.
1-bosh. Hayotdagi bor go’zallik ayollarga , onaga yarashadi.negaki olloh uni go’zal qilib yaratgan. Quyoshdan mehr , oydan nur, yerdan sadoqat, yulduzlardan chiroy olib, unga hadya etgan.
1-bosh. Baxtimizga hamisha omon bo’ling, sizlar borki hayot bor, baxtu-quvonch bor. Barchamizga olam-olam quvonch ayollik baxti, bekalik taxti, onalik saltanati yor bo’lsin.
2-Bosh. Bisyor agar bo’lsa bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
U yorug’ olamda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda ona degan nom.
1-bosh. Aziz onaxonlar , kechamizning qatnashchilari! Bugun kechamizni yakunlar ekanmiz, farzandlar kamolini ko’rishdek shirin baxt sizlarga nasib etishini yaratgandan tilab qolamiz.
2-bosh. Ezgu niyatlaringiz ijobat bo’lsin. Labingizdan kulgu, yuzingizdan tabassum arimasin!
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling