8-ma`ruza. Hajm va uning o`lchov birliklarini o`rgatish metodikasi Reja
Download 388.47 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq13-ma`ruza. Hajm va uning o`lchov birliklarini o`rgatish metodikasi
8-ma`ruza. Hajm va uning o`lchov birliklarini o`rgatish metodikasi Reja: 1. Hajm tushunchasining kiritilishi 2. Sig`im va hajm o`lchov birliklari orasidagi munosabatlar 3. Hajm o`lchov birliklarini topishga doir masalalar Sig`im birligi litr mavzusi bilan o`quvchilar 1-sinfda tanishadilar. Litr esa hajm tushunchasi bilan bog`lanadi ya`ni 1 litr bu 1 kub dm. 4-sinfda esa hajm o‟lchov birligining sodda ko‟rinishlari bilan tanishadilar. O‟qituvchi stolida suv to‟ldirilgan ikki xil idish turibdi. Har ikkovida suv bir xil to‟ldirilgan bo‟lsa ham idishlardan biri ingichka, ikkinchisi esa yo‟g‟on va ikki xil hajda ikkita stakan (ularni 1 va 2 deb belgilaymiz) va suvni quyish uchun ishlatiladigan yana boshqa uchinchi idish bor. O‟qituvchi birinchi stakan bilan har ikkala idishdagi suvlar hajmini o‟lchashni topshiradi. O‟quvchilar katta idishda o‟n stakan, kichik idishda 5 stakan suv borligini aniqlaydilar. Bundan tegishli xulosa chiqariladi. Keyin ikkinchi stakan bilan har ikki idishdagi suv o‟lchanadi. Bu holatda katta idishdagi suv 4 stakan, kichik stakandagi suv ikki stakan chiqadi. Ya‟ni xulosa qilinadi. Endi o‟qituvchi katta idishdagi suvni ikkinchi stakan bilan, kichik idishdagi suvni birinchi stakan bilan o‟lchashni topshiradi. Yakunlarni muhokama qilish o‟quvchilarni shunday xulosalarga olib keladiki, idishlardagi suv hajmini o‟lchash va taqqoslash uchun bitta o‟lchov birligidan bitta stakandan foydalanish zarur ekan. Bu holatda uzunlikni santimetr bilan, massani esa kilogramlar o‟lchashni misol keltirib, hajmni o‟lchash uchun litrdan o‟lchov birligi sifatida foydalanishni tushuntiradi1. 2. Suvli ikki idishdan biri kengroq ikkinchisi uzunchoq bo‟lib, ikkinchisidagi suvning balandligi birinchisiga nisbatan yuqoriroq. O‟qituvchi savol beradi: «Bu idishlarning qaysi birida suv ko‟proq?». Javoblar turlicha bo‟ladi. Qaysi idishda suv ko‟proq ekanligini hal etish kerak. O‟quvchilarning o‟zlari idishlardagi suvni o‟lchash uchun uchinchi idishdan foydalanishni taklif etadi. Bolalar suvni o‟lchash jarayonida har ikkala idishda ham bir xil hajmdagi bir xil suv bor degan fikrlarga kelishlari ham mumkin. O‟qituvchi o‟lchovlar yakuni bo‟yicha qo‟yidagicha xulosaga keladi: turli hajmli idishlarda turli miqdorda suv bo‟lishi mumkin va ularni yuzaki chamalash mumkin emasligini, o‟lchov yo‟li bilan aniq natijaga erishish mumkinligini tushuntiradi. Hajmning o‟lchov birligi kiritilganidan so‟ng turli amaliy mashqlar bajariladi. Masalan: «Bir idishda 5 l suv bor, ikkinchisida 3 l suv bor. Har ikkala idishdagi suvlar hajmi teng bo‟lishi uchun nima qilishi kerak?». (Birinchi idishdan ikkinchisiga suv quyilsa unda ikkala idishda 4 litrdan suv bo‟ladi, yoki birinchi idishdagi 2 l suv to‟kib tashlansa, har ikkala idishdagi suvning hajmi teng bo‟ladi). «Bir idishda 3 l. suv bor. Ikkinchisida esa 2 l. 1 1 Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G.Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi. -Т.: «Fan va texnologiya» 2005, 169-б ko‟proq. Nima qilsak, ikkinchi idishda birinchi idishga nisbatan 1 l suv ko‟proq bo‟ladi?». Birinchi masala kabi, bu ham bolalarda fikrlash haqiqiy javobni topish davomida aqliy harakatni yuzaga keltiradi. Masalan, bolalar, birinchi idishga 1 l suv qo‟shimcha quyishni, yoki birinchisiga 2 l, ikkinchisiga 1 l suv yana quyishni taklif etishlari mumkin. Bu takliflarning hammasi amalda bajarilib ko‟rilishi kerak, ya‟ni, hajmni o‟lchash bo‟yicha mashqlarga aylanishi kerak. Yuqorida keltirilgan vazifalar bolalarda oddiy holat – idishdagi suvni stakan bilan o‟lchashga nisbatan ko‟proq qiziqish uyg‟otish mumkin. Hajmlarni o„lchash uchun millimetr kub (mm 3 ), detsimetr kub (dm 3 ), metr kub (m 3 ), kilometr kub (km 3 ) kabi o„lchov birliklaridan foydalaniladi. Suyuqliklar bilan ish ko„rilganda 1 dm 3 ni boshqacha litr (l) deb ham atashadi. 1 litr = 1 dm 3 Endi hajm o„lchov birliklari orasidagi ba‟zi munosabatlarni aniqlaylik. Ma‟lumki, 1 m = 10 dm. Unda 1 m 3 qirrasi 1 m (yoki 10 dm) bo„lgan kub hajmiga teng bo„ladi. Bu kub hajmini dm3 da ifodalaylik: 1 m 3 = 1 m * 1 m * 1 m = 10 dm * 10 dm * 10 dm = 1000 dm 3 Demak, 1 m 3 = 1000 dm 3 . Xuddi shunga o„xshash, 1 dm 3 = 1000 sm 3 , 1 m 3 = 1 000 000 sm 3 , 1 km 3 = 1 000 000 000 m 3 ekanligini ham aniqlash mumkin. 1) To„g„ri burchakli parallelepipedda: a) a = 12 sm, b = 15 sm, c = 8 sm; b) a = 18 dm, b = 9 dm, c = 12 dm. Uning hajmini hisoblang. 2) 1 m 3 havoning massasi 1290 g . O„lchamlari 8 m, 6 m va 3 m bo„lgan sinfxona havosining massasini toping. 3) Asosining yuzi va balandligi bo„yicha to„g„ri burchakli parallelepipedning hajmini toping: a) S = 15 sm 2 , H = 4 sm; b) S = 36 dm 2 , H = 2 dm. Download 388.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling