8-Ma’ruza. Inson mehnat faoliyatyining gigienik me`yorlari, me’oridan ortiq ish faoliyatning inson organizmiga salbiy ta`siri. Ishlab chiqarish ustaxonalari
Download 76 Kb.
|
8-ma\'ruza
8-Ma’ruza. Inson mehnat faoliyatyining gigienik me`yorlari, me’oridan ortiq ish faoliyatning inson organizmiga salbiy ta`siri. Ishlab chiqarish ustaxonalari, bio va kimyoviy labaratoriyalarda ishlash jarayonlarida sanitariyasi va gigienasi qoidalari. Reja: 1. Mehnat gigiyenasi, kasb gigiyenasi 2. Mehnat jarayonida inson ishlash qobiliyatining pasayishi va zo'riqishi 3. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarining faoliyati 4. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarining jihozlari Mehnat gigiyenasi, kasb gigiyenasi — gigiyenaning bir boʻlimi. Mehnat jarayonlari va ishlab chiqarish muhitining odam organizmiga taʼsirini oʻrganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena meʼyorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi. Har qanday joydagi mehnat sharoitlari ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasiga va ish oʻrinlarida yaratiladigan sanitariya gigiyena sharoitlariga bogʻliq. Jismoniy mehnat jarayonida, asosan, odam muskullariga, akliy mehnatda esa asabiy ruhiy tomondan zoʻr keladi. Texnika rivojlanib, ishlab chiqarish jarayonlari mukammalashgan sari jismoniy mehnat oʻrnini aqliy mehnat egalladi va aqliy mehnat jarayonlarini koʻproq oʻrganishga ehtiyoj tugʻildi. Mehnat gigiyenasining sanitariya gigiyena sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, chang, shovqin, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlar, shuningdek, havo harorati, namligi, harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorganizmlar koʻp-kamligi va boshqa tushuniladi. Kishini muhofaza qilinadigan tegishli choralar koʻrilmasa, mana shu omillarning har biri yoki bir nechtasi birga salomatlikka ziyon yetkazadi. M.g. fanining asosiy vazifasi ham ana shu nojoʻya taʼsirlar oldini olishdan iborat. Mehnat sharoitlarini yaxshilash OʻzRda umumdavlat vazifasi hisoblanadi. "Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisidagi nizom"ga muvofiq, M.g. sohasida davlat sanitariya nazoratining bajaradigan asosiy vazifasi sanitariya qonunlariga rioya qilinishini kuzatib borishdir (qarang Davlat sanitariya nazorati). M.g.da nazorat olib borish uchun turli usullardan foydalaniladi. Shulardan asosiysi sanitariya gigiyena tekshiruvlaridir. Ob-havoga tegishli omillar; havoning ifloslanish darajasi, vibratsiya, shovqin, radioaktiv nurlarni oʻlchash va boshqa ishlarda shu metod qoʻllanadi. Bundan tashqari, fiziologik, statistik hamda eksperimental tekshiruv usullari ham bor. M.g. ishlab chiqarishda odam organizmining fiziologik va biologik talablariga hammadan koʻra koʻproq muvofiq keladigan gigiyena normativlarini belgilab olish maqsadida organizm bilan ishlab chiqarish muhiti oʻrtasida boʻlib turadigan oʻzaro taʼsir qonuniyatlarini ham oʻrganadi. Mamlakatda joriy etilgan tartib-qoidaga muvofiq, ishlab chiqarish omillarining birontasi ham yoʻl qoʻyiladigan normadan yoki eng katta konsentratsiyadan ortiq boʻlmasligi, ishlovchilar ularga cheksiz uzoq vaqt davomida yaqin yurganida omillar oʻsha odamlarga muayyan kasallik yoki sezilarli biror oʻzgarish paydo qilmasligi kerak. M.g. OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan maxsus davlat normativlari, yoʻriqnoma va koʻrsatmalariga amal qilgan holda olib boriladi.[1] Mehnat jarayonida inson ishlash qobiliyatining pasayishi va zo'riqishi Pasayish - bu mehnat qilish mobaynida va bajarilgan ishdan so'ng organizm ishlash qobiliyatining susayishiga olib keladigan fiziologik holatdir. Uning obyektiv belgisi - mehnat jarayonining pasayishi, subyektiv belgisi esa - toliqishni xarakterlaydi, ya'ni ishni davom ettirishni xohlamaslik va hattoki, ishlashni umuman to'xtatishni xohlaydi. Ish jarayonida inson yetarli darajada dam olmasligi ishning uzoq va og'ir kechishi - zo'riqishning asos.ini tashkil etadi. Bundan tashqari, ishning noqulayligi va ovqatlanish tartibining buzilishi ham zo'riqishning kuchayishiga olib keladi (masalan: bajarolmaydigan ishlarni bajarishga qilingan harakatlar.) Zo'riqishning belgilari: asab tizimining buzilishi, xotiraning susayishi va boshqa belgilar. Su kabi zo'riqishlarning ortishi oqibatida insonda bosh og'rig'i, uyqusizlik, ishtahaning pasayishi va asabiylashish jarayonlari kuzatiladi. Mehnat jarayonlaridagi doimiy (surunkali) zo'riqish organizmning kuchsizlanishiga, tashqi ta'sir omillariga ko'rsatadigan qarshilikning kamayishiga olib kelib, oqibatda turli xil jarohatlar va kasalliklar yuzaga keladi. Masalan: og'ir yuk ortadigan yoki tushiradigan ishchilar mehnati. Bunda ko'proq asab kasalliklari avj oladi. Statistik ma' iumotiarga qaraganda ishlab chiqarish jarayonlaridagi gigiyenik sharoitlarning yetarli darajada bo'lmasligi ishchilar orasida asab kasalliklarining ko'payishiga sabab bo'lmoqda. Pasayish profilaktikasi. Insonning mehnat qilish faoliyatida xavfsiz mehnat sharoitini yaratish va mehnat hordig'ini chiqarish tadbirlarining to'g'ri tashkil qilinganligi pasayish profilaktikasining asosini tashkil etadi. Sunday mehnat qilish sharoitlari katta jismoniy kuch talab qilinadigan hamda zararli va xavfli ish sharoitlarida ishlaydiganlar uchun bu muhim ahanliyat kasb etadi. Jumladan, kimyo, neftni qayta ishlash, sement ishlab chiqrish, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlaridagi mehnat faoliyatlarini aytish mumkin. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarining faoliyati 1. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalaridagi amaliy mashg‘ulot (ishlab chiqarish ta’limi) O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida olib boriladi. 2. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida ishlab chiqarish mashg‘ulotlari va ishlab chiqarish faoliyati O‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi Markazi tomonidan tasdiqlangan kasb-hunar kollejlarida o‘quv ishlab chiqarishni rejalashtirish, O‘quv ishlab chiqarish vaqtini baholash haqidagi nizom asosida tuziladi. 3. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar amaldagi qoidaga asoslanib hamda shartnomalar va buyurtmachilarning takliflariga binoan jo‘natiladi (tarqatiladi). 4. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarini saqlash uchun sarf-harajat rejalari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. 5. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida ishlab chiqarilgan hamma mahsulotlar, moddiy texnika vositalari, moliya-xo‘jalik ishlari, byudjet tashkilotlari hisobxonalarida hisobga olish haqidagi ko‘rsatmalarga asosan olib boriladi. 6. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarining faoliyatlarini kasb-hunar kolleji direktorlari, o‘quv ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va yuqori tashkilotlar nazorat qiladilar. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarining jihozlari O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarining jihozlari 1. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarining maydonlarining yuzasi dastgohlarning soni, shu yo‘nalishdagi korxonalarning o‘qish maqsadida ishlatiladigan texnologik loyiha meyorlariga to‘g‘ri kelishi kerak. 2. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari mehnat xavfsizligi qoidalariga javob beradigan zamonaviy jihozlar, moslamalar va asboblar bilan ta’minlanishi kerak. 3. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida o‘rganilayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha bo‘yicha har bir o‘quvchi (o‘quvchilar (o‘quvchilar soniga qarab) va amaliyot o‘qituvchisi uchun ish joyi bilan ta’minlanadi. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida umumiy foydalanish uchun ishlab chiqarish dasturlari talablariga ko‘ra parmalash va charxlash dastgohlari, mexanizmlashgan asboblar bilan ishlash stoli o‘rnatiladi. 4. Amaliyot o‘qituvchisining ish joyi ish stoli, ko‘rgazma qurollarini saqlash uchun javonlar, namoyish qurilmalari, sinf taxtasi, texnika vositalari bilan jihozlangan o‘quv-metodik qo‘llanma, adabiyotlar, o‘quv ko‘rgazma qurollari, asbob va moslamalar bilan jihozlanadi. 5.O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida bajariladigan ishlar na’munasi, sxemalar, jadvallar, mehnat xavfsizligi va texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari, yo‘riqnomalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ustaxonalarda bajariladigan ishlar mehnat xavfsizligi nizomiga asoslanib o‘tkazilishi kerak. 6. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarini zamonaviy o‘quv qurollari, jihozlar, mashinalar, asboblar va materiallar bilan ta’minlash kasb-hunar kollejlari Nizomi va tayyorlanayotgan kasblar asosida amalga oshiriladi. 7. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalaridagi jihozlarni o‘rnatish, sanitariya-gigiena me’yorlariga rioya qilingan, mashina mashina va piyodalar o‘tishi o‘tishi uchun joy qoldirilgan, texnik estetika qoidalariga rioya qilingan, o‘quvchilarni ommaviy va yakkamayakka o‘qitishga shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi. 8. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarining jihozlari o‘quv muassasasi hisobida bo‘ladi. 9. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalaridagi jihozlariga texnik qarov va ta’mirlash o‘quv muassasasi xizmatchilari yoki shartnoma asosida biron tashkilot (korxona) yordamida amalga oshiriladi. Download 76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling