2. Ma’lumotlar bazasini qayta ishlash.
C++ Builderda ma’lumotlar bazasi (MB) bilan ishlaganda dastlab Alias hosil qilinadi Alias ma’lum bir guruhga tegishli bo’lgan jadvallarni qaysi toifaga tegishliligini (jadvallar hosil qilinadigan drayverni), jadvallar yo’lini o’zida saqlaydi. C++ Builderda Alias hosil qilishning bir necha usullari mavjud.
1. Menyuning DataBase bo’limidan SQL Explorer tanlanadi.
2. Object -»New ... [CTRL+N] tanlanadi; (yoki SQL Explorer darchasining o’ng qismida sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va New tanlanadi)
3. Yuqoridagi darchadan drayver nomi tanlanadi; Standart holatda Paradox tanlanadi
4. Path bo’limiga jadvallar saqlanadigan katalog ko’rsatiladi.
5. Hosil qilingan Alias ni saqlash uchun sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va Apply [CTRL+A] tanlanadi.
Jadval hosil qilish uchun quyidagi amallar ketma ketligi bajariladi.
1. C++ Builder menyusining Tools bo’limidan Database Desktop tanlanadi;
2. Database Desktop dan File—>New—>Table tanlanadi;
3. Jadval toifasi tanlanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |