8-Ma'ruza. Issiqlik elektr stansiyalarining (ies) strukturaviy sxemalari. Reja


Download 85.96 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.10.2023
Hajmi85.96 Kb.
#1695674
Bog'liq
8. Issiqlik elektr stansiyalarining (IES) strukturaviy sxemalari.



8-Ma'ruza

Issiqlik elektr stansiyalarining (IES) strukturaviy sxemalari. 
Reja: 
1.Issiqlik elektrostansiyalarda elektr energiya ishlab chiqarish qonuni. 
2.Renkin sikli bo‘yicha ishlovchi IESning prinsipial texnologik sxemasi 
Energiyaning saqlanish qonuni XIX asrning o‘rtalarida kashf etilgan. Unga 
asosan mavjud energiya hech qachon yo‘qolmaydi, balki bir turdan boshqa bir turga 
o‘tishi mumkin.
Energiyaning saqlanish qonuni jismlarda issiqlik almashinuvini o‘rganishda 
termodinamikaning birinchi qonuni nomini olgan. Uning ma’nosi bilan issiqlikni 
mexanik energiyaga aylantiruvchi sistema misolida tanishamiz. Faraz qilaylik
sistema harorati uning barcha nuqtalarida bir xil. Bu sistemaga issiqlik berilganda 
harorati ortadi. Agar sistemaga ta’sir faqat unga issiqlik berishdan iborat bo‘lsa, uning 
energiyasi ga ortadi. Sistema o‘z energiyasining kamayishi va haroratining pasayishi 
hisobiga ish bajarishi mumkin. Agar sistemaga issiqlik berish va u tomonidan ish 
bajarilishi bir vaqtda yuz bersa, u holda sistema energiyasi ga o‘zgaradi. Agar 
sistemaning energiyasi o‘zgarmasa, u holda bo‘ladi. 
Bu tenglama miqdoriy jihatdan termodinamikaning birinchi qonunini 
ifodalaydi, ya’ni energiyani o‘zgartirmasdan turib ish bajarish uchun sistemaga 
issiqlik berish lozimligini ko‘rsatadi. Shu sababli issiqlik olmasdan turib ish 
bajaruvchi motorni, ya’ni birinchi tur doimiy motorni yaratish mumkin emas. 
Zamonaviy issiqlik elektr stansiyalarida (IES) issiqlikni ishga aylantirish ishchi 
massa sifatida suvdan foydalanuvchi sikllarda amalga oshiriladi. 
Suv bug‘i yordamida issiqlikni ishga aylantiruvchi sikl XIX asr o‘rtalarida 
Shotlandiyalik muhandis U.Renkin tomonidan kashf etilgan. Renkin sikli bo‘yicha 
ishlovchi IESning prinsipial texnologik sxemasi (2.1-rasm) bug‘ generatori 1, turbina 
2, elektr generatori 3, kondensator 4 va nasos 5 dan tashkil topgan. Bug‘ generatorida 
yoqilg‘i yoqilib, paydo bo‘luvchi issiqlik yordamida suv qizdiriladi va bug‘ga 
aylantiriladi. Bu jarayonga Renkin sikli diagrammasidagi (2.2-rasm) o‘zgarmas 
bosimda hajm ortuvchi AV oraliq mos keladi. Bug‘ generatorida paydo bo‘luvchi 
bug‘ turbinaga yo‘naltiriladi. Bu yerda bug‘ kengayib, uning ichki energiyasi mexanik 
energiyaga aylanadi, ya’ni turbinada foydali ish bajariladi. Turbinada bug‘ning ideal 
Renkin sikliga muvofiq kengayish jarayoni VC adiabata bo‘yicha yuz beradi. 
Turbinadan chiqqan bug‘ kondensatorda kondensatsiyalanadi va sovituvchi suv bilan 
chiqarib yuboriladi. Bug‘ning kondensatsiyalanishiga CD oraliq mos keladi. 


Kondensat ta’minlovchi nasos yordamida bug‘ generatoriga uzatiladi. Bu jarayonga 
DA oraliq mos kelib, u suv bosimining hajm o‘zgarmagan holda ortishi bilan bir 
vaqtda amalga oshadi (nasos ta’sirida). Chunki, siqilganda suvning hajmi 
o‘zgarmaydi. 
Ideal Renkin siklining foydali ish koeffitsienti (FIK), har qanday issiqlik 
mashinasidagi kabi, ish bajarish uchun sarf bo‘lgan issiqlikning isitkichda olingan 
butun issiqlik miqdoriga nisbati bilan belgilanadi: 
bu yerda - bug‘ generatorida ishchi massaga uzatilgan issiqlik miqdori; - 
kondensatordagi sovituvchi suv orqali chiqarib yuborilgan issiqlik miqdori. 

Download 85.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling