2.31-chizma. Kengaytirilgan xizmatlar tо„plamiga ega bо„lgan 802.11
tarmog„i.
Ega bо„lish nuqtasi taqsimlangan tizim bilan taqsimlangan tizim
xizmatini (Distribution System Service, DSS) quvvatlaydilar. DSS vazifasi
stansiyalar о„rtasida paketlarni uzatishdan iborat, ular qandaydir sabablarga kо„ra
о„zaro bevosita muloqatda bо„lishni eplay olmaydilar yoki amalga oshira
olmaydilar. DSS ishlatilishining aniq sababi stansiyalarning turli BSS
tarmoqlariga tegishli ekanligidadir. Bu xolda ular kadrni о„zlarining ega bо„lish
nuqtalariga uzatadilar, u DS orqali kadr borishi kerak bо„lgan BSS tarmoq
stansiyasiga xizmat kо„rsatuvchi ega bо„lish nuqtasiga jо„natadi.
YESS tarmog„i stansiyalarga mobillikni beradi – ular bir BSS tarmog„idan
boshqasiga о„tishi mumkun. Undan tashqari, YESS shuningdek simli maxalliy
tarmoq bilan xam muloqatda bо„lishi mumkun.
802.11 standartining simsiz tarmoqlarida taqsimlanuvchi muxitga ega
bо„lishning ikki ish tartibi quvvatlanadi:
taqsimlangan ish tartibi;
markazlashtirilgan ish tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: