Topologiya tushunchasining kо‘p ma’noliligi. Tarmoq topologiyasi kompyuterlarni faqat jismoniy о‘rnini emas, bundan ham muhimroq kompyuterlar orasidagi ulanish turlari va tarmoqli signallarni tarqatish xususiyatini belgilaydi. Aynan kompyuterlarning ulanish turi tarmoqning buzilishiga barqarorlik darajasini, tarmoq qurilmalarini murakkablik darajasini, axborot almashish usullarini qaysi biri mos tushishini, foydalanilishi mumkin bо‘gan axborot uzatish vositalari (aloqa yо‘li), tarmoqni ruxsat etilgan о‘lchami (abonentlar soni va aloqa yо‘lining uzunligi), elektr energiyasini moslash va kо‘p boshqa masalalarni aniqlab beradi.
Tarmoq tarkibiga kirgan kompyuterlarni jismoniy о‘rni tarmoq topologiyasini tanlashga umuman olganda kam ta’sir kо‘rsatadi, har qanday kompyuterlarni joylashish holatidan qa’tiy nazar oldindan tanlangan topologiya bо‘yicha xohlagan vaqtda ulash mumkin (8.10-rasm). Agarda ulanayotgan kompyuterlarning jismoniy joylashgan о‘rni doirasimon bо‘lsa ham ularni bemalol yulduz yoki shina topologiyalari bо‘yicha ulash mumkin. Aksincha, kompyuterlar qandaydir markaz atrofiga joylashgan bо‘lsa, ularni о‘zaro shina yoki halqa topologiya kо‘rinishida ulash mumkin. Nihoyatda kompyuterlar bir chiziq bо‘ylab joylashgan taqdirda ham, ularni о‘zaro yulduz yoki halqasimon ulash mumkin. Kabellarni jami uzunligi necha metrni tashkil qilishi esa boshqa masaladir.
Adabiyotlarda tarmoq topologiyasi haqida gap yuritilganda tо‘rtta bir- biridan farqli tushunchalarni nazarda tutiladi, bu tushunchalar tarmoq arxitekturasining turli bosqichlariga tegishlidir:
Jismoniy topologiya – ya’ni kompyuterlarni о‘zaro joylashishi va kabellarni о‘tkazish sxemasi. Bu ma’noda, masalan, passiv yulduz faol yulduz topologiyasidan farq qilmaydi, shuning uchun kо‘p hollarda faqat “Yulduz” deb yuritiladi.
Mantiqiy topologiya – ya’ni kompyuterlar о‘zaro aloqa strukturasi va signalning tarmoqda tarqalish belgilaridir. Bunday ta’rif topologiyaning ancha tо‘g‘ri tarifidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |