8-ma`ruza. Maxsus muhofazaga olingan hududlar. Tabiatni muhofaza qilishning tarbiyabiy asoslari reja


O`zbekiston qo`riqxonalari va buyurtmaxonalari


Download 148 Kb.
bet2/8
Sana09.01.2022
Hajmi148 Kb.
#264881
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-maruza ekologiya

2. O`zbekiston qo`riqxonalari va buyurtmaxonalari

Davlat qo`riqxonalari. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat qo’riqxonalari hududlari qat’iy muhofaza rejimi ostida bo’lib, unda yil davomida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish borasida kuzatuvlar olib boriladi. Qo’riqxonalarning asosiy maqsadi qimmatli tabiiy ob’yektlar, landshaftlar, noyob va qimmatli o’simliklar hamda hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdir. Bugungi kunda qo’riqxonalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar aholi o’rtasida muhofaza etiladigan yovvoyi tabiat boyliklarining muhimligini anglash, Yer yuzidagi hayotni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o’rni bilan bog’liq keng targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishga da’vat etilgan.

2011 yilning 26 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 243-sonli Qarori bilan 68717, 8 ga maydonga ega Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati tashkil etildi. Mazkur rezervat "Baday-to’qay" davlat qo’riqxonasi bazasida tashkil etildi. Qo’riqlash hududi 11568, 3 ga bo’lib, qat’iy muhofaza rejimi ostidagi hudud hisoblanadi.

Biosfera rezervati qo’riqxona va buyurtmaxona vazifalarini bajaruvchi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga kiradi. U o’z faoliyatida biologik xilma-xillik hamda biologik resurslardan fuqarolar va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar manfaatlari yo’lida ulardan barqaror foydalanishdek faoliyatni o’zida mujassam etadi.

Biosfera rezervatlari nafaqat u joylashgan hududda istiqomat qiluvchi aholining tabiat bilan uyg’un holatda rivojlanish imkonini beradi, balki jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv O’zbekiston Respublikasining biologik xilma-xilligini muhofaza qilish bo’yicha Milliy strategiyasi va chora-tadbirlar rejasida o’z aksini topgan.

Hayvonlarning noyob turlarini ko’paytirish bo’yicha respublika markazi ("Jayron" ekomarkazi) maydonining kengaytirilishi mazkur yo’nalishda olib borilayotgan siyosatning yorqin misolidir. 2009 yilning 2 fevral kuni Buxoro viloyati hokimining 80-sonli qarori bilan 9369 ga maydon ekomarkaz balansiga o’tkazildi. Bugungi kunda ekomarkaz jayron, qulon, Prjeval otlari, buxoro tog’ qo’yi kabi jonivorlarning noyob turlarini ko’paytirish bilan shug’ullanadi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo’yicha asosiy me’yoriy-huquqiy hujjat bu - O’zbekiston Respublikasining 2004 yil dekabrda qabul qilingan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida" gi Qonuni hisoblanadi.

Mazkur Qonunga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi: Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Davlat geologiya qo’mitasi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur Qonun shuningdek, "Biologik xilma-xillik to’g’risida", "Yovvoyi hayvonlarning ko’chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to’g’risida" hamda "Xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan suv-botqoqli hududlar to’g’risida" gi va boshqa Konvensiyalar yuzasidan olingan xalqaro majburiyatlarning amalga oshirilishini ham ta’minlab berdi.

Flora va faunaning noyob turlarini tiklash hamda ko’paytirish bo’yicha har yili muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hududlar qator yirik tadqiqot, izlanish va kuzatishlar uchun tabiiy baza bo’lib xizmat qilmoqda. Qo’riqlash hududlari mutaxassislarining ilmiy izlanishlari «Trudy zapovednikov Uzbekistana» ilmiy monografiyasiga jamlangan. Dastlabki nashrning chop etilganidan buyon 15 yil vaqt o’tdi (1996). Mazkur yillar mobaynida uning 7 ta nashri chop etilib, tabiat shaydolari va ilmiy guruhlarning sevimli ommabop kitobiga aylandi.

Bugungi kunda O’zbekistonda bioxilma-xillikni saqlash hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish sohasida qator xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda: "Qo’riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi barqarorligini ta’minlash", "O’zbekiston neft va gaz tarmog’iga bioxilma-xillikni saqlash tamoyillarini joriy qilish" va boshqalar.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi tadbirlar sababli mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyatlari respublikaning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarining yagona o’zarobog’liqlik tizimini tashkil etishi lozim.


Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling